Malakaviy bitiruv ishining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Maktab adabiy ta‘limi jarayonida ma‘navi-ma‘rifiy ishlar uzluksizligini
tashkil etish, o‘quvchilar adabiy bilim saviyasining ko‘tarilishiga olib keladi.
Mavzuga oid, yangi pedagogik tafakkur asosida tayyorlangan dars ishlanmalari
adabiyot o‘qituvchilari faoliyatining samaradorligi hamda o`quvchilar
ma‘naviyatining takomillashishini ta‘minlaydi.
Tadqiqotda taklif etilgan usullardan foydalanib mashg‘ulotlar o‘tilganda,
sinov-tajriba sinflarida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari oshganligi
aniqlandi. O‘quvchilarning nutq boyligi, mustaqil fikrlash darajasi, kitobxonligi,
eng muhimi, o‘quvchilarning ma‘naviyati yuksalgani, axloqi takomillashgani ayon
bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |