Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги


 Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar tasavvuri



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/23
Sana21.02.2022
Hajmi0,66 Mb.
#25343
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
nutqi toliq rivojlanmagan bolalarni maktab talimga tayyorlash

9.4. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar tasavvuri 
Inson ongida ilgari eshitish, ko‗rish, sezish orqali idrok qilingan obektlar 
to‗g‗risidagina emas, balki idrok qilinmagan obektlar (narsalar, voqealar, shaxslar, 
joylar va sh.k.) to‗g‗risida ham tasavvurlar bor. Hayol (tasavvur) boshqa psixik 
jarayonlarning faoliyatini boyitadi. 
Tasavvur qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: borliqni 
tasavvurlarda ko‗rish va turli hayotiy muammolarni yechishda ulardan foydalanish 


imkoniyatini ta‘minlaydi; hissiy munosabatlarni boshqaradi; bilish jarayonlari va 
inson holatini ixtiyoriy boshqaradi; insonni ichki jihatdan shakllantiradi; faoliyatni 
rejalashtiradi va dasturlashtiradi. 
Hozirgi kunda korreksion-logopedik ishni bolalarda bilish jarayonlarining 
rivojlanishidagi kamchiliklarni hisobga olgan holda tashkil etish zarurligi 
defektologiya fanining dolzarb masalalardan bo‗lib qolmoqda. Bu esa nutq 
kamchiliklariga ega bo‗lgan bolalarda turli psixik jarayonlarning o‗ziga xos 
xususiyatlarini maqsadga yo‗naltirilgan holda chuqur o‗rganish masalasining 
muhimligini belgilab beradi. Hozirgacha bunday bolalarda idrok, xotira, tafakkur 
bilan bir qatorda tasavvurning rivojlanishiga tegishli ancha-mungcha ilmiy va 
eksperimental material to‗plandi. 
Meyorda rivojlangan bolalar tasavvurini o‗rganishga bag‗ishlangan 
tadqiqotlarda tasavvur va nutq o‗rtasida yaqin aloqa borligi ta‘kidlanadi. 
―Tasavvurning rivojlanishi ustida olib borilgan kuzatishlar, - deb yozgan edi 
L.S.Vigotskiy, - bu funksiyaning nutq rivojlanishiga bog‗liqligini ko‗rsatdi. Nutq 
rivojlanishidagi kamchiliklar tasavvur rivojlanishiga ham to‗sqinlik qiladi‖. 
Nutqi to‗liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarda tasavvur 
xususiyatlari bir qator metodikalar asosida olib borilgan eksperimental kuzatuvlar 
natijasida tekshirildi va tadqiq etildi. Tadqiqotlarda bolalarning ijodiy tasavvurini 
o‗rganishda ko‗proq ―Berilgan geometrik shakl bo‗yicha rasm yaratish‖, Rorshax 
testi, ―Boshi bor rasmni tugallash‖ metodiklari qo‗llanadi. Bunda eksperiment 
individual va guruhiy shaklda olib borilishi mumkin. Eksperimentning borishida 
bolalarning berilgan vazifani bajargan vaqti, ular faoliyatining sifat jihatdan tahlili 
o‗tkazildi.
Nazorat va eksperimental guruhlar birinchi metodika bo‗yicha tekshirilganda 
shu narsa ayon bo‗ldiki, bajarilgan rasmlarning soni bo‗yicha nutqi to‗liq 
rivojlanmagan bolalar guruhi bilan meyordagi bolalar guruhi o‗rtasida uncha 
sezilarli tafovut kuzatilmadi. Biroq meyordagi bolalar rasmlarida yaratilgan 
obrazlar soni eksperimental guruh bolalarinikidan o‗rta hisobda beshtaga ko‗proq 
ekani ma‘lum bo‗ldi. Nutqi meyorda rivojlangan bolalar figuralarni fazoda 


joylashtirishda ham nutq kamchiliklariga ega bo‗lgan bolalarga qaraganda ancha 
erkin ish tutishi ma‘lum bo‗ldi. 
Shunday qilib, nutqida kamchiligi bor bolalar chizgan rasmlar obrazlarning 
qashshoqligi, fazoviy tasavvurlarning noaniqligi bilan ajralib turadi. 
Ma‘lumki, o‗yin – bolalarning tabiiy holati. Nutqi to‗liq rivojlanmagan bolalar 
turmush mavzusiga oid o‗yinlarni ko‗proq yaxshi ko‗radilar, chunki ular uncha 
keng tasavvurni talab etmaydi va har kuni kuzatiladigan tanish sahnalardan iborat 
bo‗ladi. Biroq ko‗p holda ularning o‗yinlari o‗zining bir xilligi, mazmuni deyarli 
boyitilmasligi bilan xarakterlanadi. O‗ylab qo‗yilgan fikr mustahkam bo‗lmaydi va 
o‗yin ayrim hollarda tugallanmay to‗xtatib qo‗yiladi. Nutqiy nuqsonga ko‗ra 
o‗zaro muloqot imkoniyatlari cheklangan bo‗ladi. Xulosa qilib aytganda, nutqi 
to‗liq rivojlanmagan bolalarda o‗yin faoliyati meyorda nutq rivojlanishiga ega 
tengdoshlariga nisbatan ancha sust bo‗ladi, o‗yin yangi detallar bilan boyitilmaydi. 
Nutqi to‗liq rivojlanmagan bolalar uchun ijodiy topshiriqlarni bajarish 
qiyinchilik tug‗diradi: masalan, pedagog hikoyasini qayta gapirib berish, shaxsiy 
tajribadan olingan hodisalarni gapirib berish. Ular so‗zning ko‗chma ma‘nosini 
metaforalarni yaxshi tushunmaydi. Bu muammolarni bartaraf etish uchun 
rivojlantiruvchi ta‘lim dasturini ishlab chiqish va mashg‗ulotlarda bolalar bilan 
tasavvurni takomillashtirish va bola ijodiy qobiliyatlarini faollashtirishga 
qaratilgan maxsus topshiriq va mashqlardan muntazam foydalanish kerak.
Bu ishni bir qancha yo‗nalishlarda tashkil qilish mumkin. Nutqiy 
rivojlanishda orqada qolayotgan bolaga hayolidagi fikrni o‗yinda yaratish va tadbiq 
qilish qiyin. Shuning uchun ishning birinchi bosqichida pedagog bolalar o‗yinining 
faol ishtirokchisi bo‗lishi kerak. Katta odamning o‗yinga qiziqqanligi, o‗zini tabiiy 
tutishi, samimiyligi muhimdir. 
Bola ijodi yorqin hissiy kechinmalar bilan organik ravishda bog‗liq. Biroq 
nutqi to‗la rivojlanmagan bolalar, masalan, g‗amgin yoki quvnoq ertak, she‘r, nafis 
kuyning mazmunini to‗liq idrok etmaydilar, shuning uchun undan yetarli darajada 
hissiy ta‘sirlanmaydilar. Ularning nutqi uncha ifodali emasligi, harakatlari erkin 
emasligi bilan ajralib turadi, bolalar o‗ziga yetarli darajada ishonmasligi ko‗rinib 


turadi. Mana shu xususiyatlarni e‘tiborga olib, tuzatish ishida artterapiya, 
teatrlashtirishdan foydalanish, ko‗proq musiqa va logoritmikaga murojaat qilish 
kerak. 
Shunday qilib, nutqi to‗liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalar 
o‗zlarining sog‗lom tengdoshlaridan tasavvur darajasining yetishmasligi bilan 
farqlanadilar; nutqi to‗liq rivojlanmagan bolalar uchun bir muncha faoliyatsizlik, 
harakatlarda sustkashlik, hayolot olamining torligi, obrazlarni fazoda joylashtirish 
malakasining yetishmasligi kabi belgilar xos. Shularni e‘tiborga olib, bolalar ijodiy 
qobiliyatlari shakllanishiga ko‗ra ishning birinchi yo‗nalishi – tasavvurni 
rivojlantirish va mazmunli-rolli o‗yinlar vositasida hissiyot olamini boyitishdan 
iborat. 
Ishning ikkinchi yo‗nalishi maxsus topshiriqlardan foydalanishni ko‗zda 
tutadi, ularni bajarish jarayonida tayyor tasavvurlarni qayta hosil qilish va shu 
asosda yangilarini yaratish qobiliyati rivojlantiriladi.
Uchinchi yo‗nalish bolaning faol nutqini rivojlantirishdan iborat. Bolalarda 
ijod qilish, yangilik yaratishga intilish, fikrlash va tasavvur qilish kabi yuqori 
psixik jarayonlari ilk bolalikdan rivojlana boshlaydi. Aynan ularning rivojlanishiga 
5 - 12 yoshgacha bo‗lgan bolalarni tarbiyalashda katta e‘tibor berish zarur. Bu 
davrni olimlar senzitiv, ya‘ni tasavvurni fikrlash va tasavvur qilishni rivojlantirish 
uchun eng ma‘qul davr deb hisoblaydilar.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish