Yonilg’i va moylarning olinishi haqida tushuncha.
Neftni qayta ishlashning fizik va kimyoviy usullari mavjud. Neftni
birlamchi qayta ishlash usuli (haydash usuli) fizik usul bo’lib, neft tarkibidagi
uglevodorodlar qaynash haroratiga qarab ajratiladi. Unda neft pechda 300-500
0
S
haroratda qizdirilib, ajratgich kolonkasidan o’tkaziladi. Natijada uning tarkibidagi
uglevodorodlar qaynash haroratiga qarab fraktsiyalarga ajratiladi. Fraktsiya deb,
neftni ma’lum harorat oralig’ida qaynaydigan bo’lagiga aytiladi.
Neftni
qayta
ishlash(haydash)da
murakkab
qurilmadan(3
rasm)
foydaliniladi. Qurilma ikkita asosiy apparatdan - neft qizdiriladigan naysimon
pech va rektifikatsiyalash kolonkasidan iborat, bu kolonkada neft fraktsiyalarga
ajraladi.
13
3-rasm. Neftni qayta ishlash qurilmasining sxemasi.
1-trubali pech; 2-bug’latish kolonnasi; 3-rektifikatsiya kolonnasi; 4-yordamchi kolonna;
5-nasos; 6-sovutgich; 7-suv va ifloslarni ushlab qolgich; 8-nasos; 9-sovutgich.
Naysimon pechning ichida ilon izi shaklidagi uzun truboprovod joylashgan.
Pech mazut yoki gaz yordamida qizdiriladi. Truboprovoddan neft to’xtovsiz o’tib
turadi va 320-350
0
S gacha qizdirilib bug’ va suyuqlik aralashmasi holida
rektifikatsiyalash kolonnasiga tushadi. Rektifikatsiyalash kolonnasi balandligi 40
m bo’lib, uning ichida bir necha qator gorizontal joylashgan teshikli to’siqlar -
tarelkalari bo’ladi. Neft bug’lari kolonnaga tarelka teshiklaridan o’tib yuqoriga
ko’riladi. Ular yuqoriga ko’tarilgan sari asta-sekin sovib, qaynash haroratiga qarab
tarelkalarning birortasida suyuqlikka aylanadi.
Neftni bug’lanmay qolgan qismi qoldiq deyiladi. Neftni 360
0
S dan ortiq
qizdirib bo’lmaydi, chunki uning tarkibidagi uglevodorodlar parchalana boshlaydi.
Mazutni moy olish uchun qayta ishlash uni truba pechda vakuum ostida
qizdirishdan iborat. Vakuum uglevodorodning parchalanmasligi uchun zarur.
Mazut bug’lari vakuum kolonkasiga tushadi, bu erda ular distillyatlarga ajraladi.
Bu distillyatlar turli surkov moylari (transformator, sepatator, industrial, motor,
kompressor moylar) olish uchun ishlatiladi.
Haydash usulida juda kam miqdorda (20-30%), sifati past(oktan soni 40-
50) bo’lgan benzin olinadi. Neftni haydab olingan benzin miqdori xalq
xo’jaligining o’sib borayotgan èxtiyojlarini qondira olmaydi. Benzin miqdori va
sifatini oshirish maqsadida xozirgi vaqtda qayta ishlashning 2 nchi kimyoviy usuli
qo’llaniladi. Kimyoviy usul 2 xil yo’nalishdan iborat:
1) Kreking (parchalanish).
2) Reforming.
14
Kreking - neftning yirik molekulali uglevodorodlarini onson qaynaydigan
maydaroq molekulali uglevodorodlarga parchalashdan iboratdir. Krekinglash
jarayoni 2 xil bo’ladi.
- ulevodorodlarning 2-7 MPa bosim ostida va yuqori haroratda(470-
540
0
S) parchalashga termik kreking deyiladi;
- ulevodorodlarning yuqori harorat(450-500
0
S), past bosim(0,06-0,14 Mpa)
ostida va katalizator yordamida parchalanishiga Katalitik kreking deyiladi.
Katalitik krekingda yordamida og’ir neft maxsulotlari, gazoyildan tortib
mazutgacha 8-15% miqdorida benzin olish mumkin:
Masalan,
C
2n
H
4n+2
C
n
H
2n+2
+ C
n
H
2n
C
16
H
34
C
8
H
18
+ C
8
H
16
geksadekan oktan okten
Termik kreking benzin tarkibida to’yinmagan uglevodorodlar borligi bilan
to’g’ri xaydalgan benzindan farq qiladi, oktan soni 30-40% (68-70)ga yuqoriroq
bo’ladi, lekin bu benzinni uzoq vaqt saqlab bo’lmaydi, chunki vaqt o’tishi bilan
undagi to’yinmagan uglevodorodlar oksidlanib smolalar hosil qiladi. Katalitik
krekingda yuqori sifatli (oktan soni motor usulida 72-82) benzin olish imkoniyatini
beradi. Katalitik krekingda parchalanish reaktsiyalari bilan birga izomerlanish
reaktsiyalari, ya’ni normal tuzilgan zanjirli uglevodorodlarning tarmoqlangan
uglevodorodlarga aylanish ham kamroq hosil bo’ladi. Shu afzalliklari uchun
xozirgi vaqtda asosan katalitik krekingda foydalaniladi.
Benzin sifatini yaxshilash uchun Reforming usulidan foydalaniladi. Bu
jarayon xam 2 xil yo’nalishda bo’ladi:
- termik reforming;
- katalitik reforming.
Termik reformingda vodorod ishtirokida (480
0
S-520
0
S haroratda va 3Mpa
bosim ostida) to’yinmagan uglevodorodlar to’yingan holga o’tishi bilan benzin
sifati yaxshilanadi.
Katalitik reformingda katalizator sifatida platinadan foydalaniladi. Bundan
tashqari uglevodorodlarni aromatizatsiyalash ham yuqori oktanli benzin olish
imkonini beradi. Bunda to’yinmagan uglevodorodlar yoki ŝikloparafinlar aromatik
uglevodorodlarga aylanadi. Masalan, geptan va siklogeksanni benzolga aylanishi.
Neft maxsulotlarni tozalash.
Olingan distillyatlar tayyor maxsulot hisoblanmaydi, chunki ularda
uglevodorodlardan tashqari, smolali asfalt moddalari, oltingugurtli birikmalar,
organik kislotalar va boshqa kerakmas moddalar bo’ladi. Maxsulotlar sifatini faqat
zararli aralashmalargina emas, balki ba’zi uglevodorodlar(to’yinmagan politsiklik)
ham yomonlashtiradi.
Oltingugurtli birikmalar va kislotalar detallarning korroziyalanishini
oshiradi, smolali-asfalt moddalari issiq detallarda qurum va lak paydo bo’lishini
15
ko’paytiradi, to’yinmagan birikmalar ximiyoviy barqarorlikni(saklash jarayonida
tarkibining o’zgarmasligini) yomonlashtiradi. Èrigan kattiq parafinlar qotish
haroratini
oshiradi,
politsiklik
uglevodorodlar
qovushqoqlik
xossalarini
yomonlashtiradi.
Yonilg’i va moylarning tozalashning xozirgi zamon usullari bor. Sulfat
kislota bilan tozalash iqtisodiy jixatdan foydalanish imkoniyati bo’lmagan eng èski
usuldir. Dizel distillyatlarini tozalashda gidrotozalash, moyli distillyatlarni
tozalashda esa selektiv tozalash usullari texnologik jixatdan muhim ahamiyatga
ega bo’lganligidan ularning moxiyati qisqacha ko’rib chiqamiz.
1. G i d r o t o z a l a sh (yonilg’ilarni tozalashda). Bu usul yuqori harorat
va bosimda katalizator ishtirokida, vodorod vositasida vodorod sulfid N
2
ga birikib,
ulardan tozalanadi. Bu usulda asosan dizel yonilg’ilari tozalanadi.
Masalan, tarkibida 1,0-1,3% oltingugurt bo’lgan dizel distillyatlari
tozalangandan so’ng, tayyor maxsulotdagi oltingugurt miqdori 0,02-0,06% dan
oshmaydi va 97-98% kimyoviy barqaror yonilg’i olinadi.
Moyli distillyatlarni tozalashda selektiv tozalash usulidan foydalaniladi.
Uning 2 xil yo’nalishi mavjud:
1) moy tarkibida har xil kerakmas aralashmalar erituvchilar bilan
reaktsiyaga kirishib tozalanadi;
2) moyning asosiy qismi ajralib chiqadi, uning sifatini yomonlashtiruvchi
aralashmalar esa qoladi.
Olingan qatlamlar ajratilgach, erituvchi haydaladi va qaytadan ishlatiladi.
Birinchi usulda erituvchi aralashmalar, ikkinchi usulda esa uglevodorod moylar
haydaladi. Selektiv erituvchilar sifatida suyuq propan, fenol, furfurol kabi organik
birikmalardan foydalaniladi.
Qotish harorati past bo’lgan qishki sort motor moylarini olish uchun,
maxsulot selektiv tozalangandan so’ng deparafinlanadi, ya’ni suyuqlik harorati-
20
0
S dan yuqori bo’lgan qattik parafinlardan tozalanadi. Deparafinlash uchun
qotish harorati past bo’lgan atseton, dixloretan, suyuq propan kabi organik
birikmalar ishlatiladi. Moy erituvchi bilan birgalikda kerakli haroratgacha
sovitiladi va filtrlanadi. Parafinlar filtrda qoladi, erituvchi esa moyda haydaladi.
Selektiv tozalashda olingan maxsulotlarning xossalari va miqdori ko’p
jixatdan xom ashyoning tarkibiga, erituvchining miqdoriga, hamda sarfiga,
haroratga va ishlov berishning davom etish vaqtiga bog’liq.
Nazorat uchun savollar.
1. Neft maxsulotlarining kimyoviy tarkibi.
2. Neft tarkibida uglevodorodlarning qanday turdagi bor?
3. Yonilg’i va moylar qanday olinadi?
4. Yonilg’i va moylarning kimyoviy tarkibi ularning xossalariga qanday ta’sir
ko’rsatadi?
5. Benzin qaysi turdagi uglevodorodlardan tashkil topgan?
6. Zamonaviy yozgi va qishki dizel yonilg’isi qanday kimyoviy tarkibga ega?
7. Kreking va reforming nima?
16
2-MAVZU. NEFTDAN OLINADIGAN MOYLAR
Reja:
1. Moylarni tozalash jarayonida tanlovchi erituvchilardan foydalanish
2. Moylarni deasfaltlash
3. Moylarni fenol va furfurol bilan tozalash
4. Moylarni fenol bilan selektiv tozalash
5. Moylarni juft erituvchilar bilan tozalash
Neftdan olinadigan har-xil sohalarda ishlatiladigan moylar atmosfera bosimi
ostida xaydab olingan neft qoldig’i mazutdan olinadi. Moylarni ishlab chiqarish
jarayoni 3 bosqichdan iboratdir:
1. Boshlang’ich xom ashyoni tayyorlash - moy frakstiyalarini olish.
2. Olingan moy frakstiyalaridan komponentlar olish.
3. Komponentlarni aralashtirish (kompaundirlash) ularga qo’ndirma
qo’shish va tovar mahsulot olish.
Boshlang’ich xom ash’yoni tayyorlashda mazutni vakuum ostida haydab
frakstiyalarga ajratiladi. Moylarni olishda ishlatiladigan usulga qarab ular ikki
gruppaga bo’linadi.
1. Distillyat gruppasi – bunga vakuum ostida 300-400
0
S, 350-420
0
S, 420-
450
0
S va 450-500
0
S da mazutni qizdirib olinadigan frakstiyalar.
2. Mazutni vakuumda haydalgandan keyingi qoldiq-gudrondan (500
0
S dan
yuqori) olinadigan moylar.
Distillyat moy frakstiyalaridan qayta ishlab olingan surkov moylari-
distillyat moylar deyiladi, gudrondan olinganlari-qoldiq moylar deyiladi.
Boshlang’ich moy frakstiyalaridan moy komponentlarini olish murakkab ko’p
bosqichli jarayondir. Xar bir bosqichni vazifasi moylarni ekspluatastiya
xususiyatini
pasaytiradigan
gruppalar
birikmasidan
tozalashdir.
Neft
frakstiyalaridan hamma kislotali xossaga ega bo’lgan birikmalarni, to’yinmagan
uglevodorodlarni, qisman oltingugurtli va smolali birikmalarni, qisqa yon zanjirli
polistiklik aromatik uglevodorodlarni, qattiq parafinlarni chiqarib tashlash kerak.
Boshlang’ich moy frakstiyalaridan moy komponentlarini olish asosida yuqorida
ko’rsatilgan zararli komponentlarni tozalash yotadi. Bu usullar-fizik (erituvchilar
bilan ekstrakstiyalash), eritmadan past haroratda cho’ktirish, fizik-ximik-
adsorbstiya, kimyoviy usul-N
2
SO
4
bilan tozalash va gidrotozalashdir.
Qoldiq moylarini ishlab chiqarish distillyat moylarni ishlab chiqarishga
nisbatan murakkabdir, chunki gudronda asfalten-smolali birikmalar juda ko’p.
Mazutni vakuum ostida haydalgandan keyingi qolgan qoldiqni-gudronni
deasfaltizastiya qilinib undagi bo’lgan smolali-asfaltenlarni chiqarib olinadi.
Deasfaltizat saylab tozalovchi eritmalar-fenol yoki furfurol bilan tozalanadi.
Bundan maqsad-qolgan smola-asfaltenlarni va yonbosh zanjiri qisqa bo’lgan
polistiklik aromatik uglevodorodlarni ajratib olish.
17
Selektiv (saylab) tozalangan rafinatdan erituvchilar asteton, dixloretan
yordamida qattiq parafinlarni cho’ktiriladi. Deparafinlangan mahsulotni
adsorbstiya yoki gidrotozalash yordamida me’yoriga etkaziladi.
Distillyat moy frakstiyalari, odatda, deasfaltizastiya qilinmaydilar.
Distillyat va qoldiq moylarni umumiy texnologik sxemasi shu bilan farq
qiladi. Moy frakstiyalari tozalangandan so’ng moylarni rangi o’zgaradi, ular ancha
rangsizlanadi. Smolali va polistiklik aromatik uglevodorodlardan tozalash
natijasida moylarni kokslanishi va yopishqoqlik indeksi ortadi. Smola va
to’yinmagan uglevodorodlardan tozalash moyni termobarqarorligini oshiradi.
Kislota xususiyatiga ega bo’lgan uglevodorodlardan tozalash esa korroziya
aktivligini pasaytiradi va qattiq uglevodorodlardan tozalash qotish temperturasini
pasaytiradi.
Moylarni tovar xolatiga keltirib tayyorlash komponentlarni aralashtirish
qurilmasida olib boriladi. Yengil, o’rta va og’ir distillyatlar va qoldiq
komponentlar bo’lsa moylarni xoxlagan navini tayyorlash mumkin.
Moylarni tozalash jarayonida saylovchi erituvchilaridan foydalanish. –
Saylovchi yoki selektiv erituvchilar suyuq modda bo’lib ma’lum haroratda
aralashmadan faqat ma’lum komponentlarni (boshqalarini eritmasdan va ularda
o’zi erimasdan) ajratib beradi. Ba’zan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi
eritadilar va keraksiz komponent cho’kmaga tushadi, yengil ajratib olinadi.
Deasfaltlash va deparfinlash ana shunga asoslangan.
Boshqa
jarayonlarda, buni teskarisi bo’lib, erituvchilar keraksiz
komponentlarni eritadi va qimmatbaxo komponentlarni deyarli eritmaydi. Bu
jarayonlarda fenol va furfurol selektiv tozalashda ishlatiladi. Tozalangan mahsulot
va keraksiz komponentlar har bir jarayonda o’z nomiga ega.
Masalan: Deasfaltlashda tozalangan moy frakstiyasi deasfaltizat deyiladi,
smola-asfaltenlarni konstentrastiyasi asfalt deyiladi. Deparafinlashda olingan moy
rafinat, qattiq uglevodorodlarni konstentrati – gach yoki petrolatum deyiladi.
Fenol va furfurol bilan tozalanganda moy - rafinat va smolali, asfaltenli
polistiklik aromatik uglevodorod konstentrati – ekstrakt deyiladi.
2.1. Moylarni tozalash jarayonida tanlovchi erituvchilardan foydalanish
Moy frakstiyalari uglevodorodlarning har-xil sinflari va geterostiklik
birikmalarining aralashmalaridan iboratdir. Uglevodorodlarni fizik xossalari ularni
ma’lum sinflarga mansub ekanligiga va molekulyar massalariga bog’liqdir.
Geterostiklik uglevodorodlarni fizik xossalari boshqalardan farqli bo’lib, ular har-
xil haroratlardan har-xil tezlikda organik erituvchilarda saylanib eriydilar.
Saylovchi (yoki selektiv) erituvchilar deb shunday suyuq moddalarga
aytiladiki, ular ma’lum haroratda neft mahsulotlari aralashmasidan faqat
maqsadda tutilgan komponentlarni ajratib oladigan, bu jarayonda boshqa
uglevodorodlarni eritmasdan va ularda erimasdan qoladigan moddaga aytiladi.
18
Tozalash maqsadlari uchun shunday erituvchilar tanlab olinadiki, ular bir-
biridan keskin farqlanadigan erkin haroratda har-xil moddalarni eritadigan
bo’lsin.
Ba’zan
erituvchilar
uglevodorodlarni
yaxshi
eritadi
va
keraksiz
komponentlar eritmalardan cho’ktirilib, osongina ajratiladi. Shu prinstipga asosan
smola-asfaltenli birikmalar (deasfaltlab) va qattiq uglevodorodlar ajratib
(denarafinlab) olinadi.
Erituvchilarni selektivligi ideal emas, ya’ni erituvchi fazalardan birini to’liq
eritadi va ikkinchisini qisman. Masalan: fenol polistiklik aromatik
uglevodorodlarini yaxshi eritadi, lekin shu bilan birga moyni uglevodorodlarini
ham. Shuning uchun fenolni tanlovchanligi pastdir, lekin umumiy erituvchanlik
qobiliyati yuqoridir. Selektivlikni pastligi natijasida ekstrakt yoki gach bilan
birgalikda moyni qimmatbaxo komponentlarini ham olib chiqib ketiladi,
deasfaltizatga esa smola va asfaltenlar o’tib ketadi.
Birinchi xodisada moyni chiqishi kamayadi, ikkinchisida esa deasfaltizatni
sifati pasayadi.
Erituvchilarga (fenol, furfurol, dixloretan, spirtlar va ketonlar) suv va
benzol, toluol qo’shilsa ularni selektivligini va erituvchanlik qobiliyatini
o’zgartirib yuboradi. Suv qo’shilganda erituvchini selektivligi ortadi lekin umumiy
erituvchanlik qobiliyatini pasaytiradi. Benzol va toluolni qo’shish esa
selektivligini (erituvchini) pasaytiradi va umumiy erituvchanlik qobiliyatini
ortiradi. Erituvchilar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) Erituvchi keng harorat oralig’ida o’zini tanlovchi - erituvchanlik
qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
b) Erituvchi tozalanayotgan mahsulotda o’zi erimasligi kerak.
v) Fazalarni tez ajratib olish uchun erituvchini va moyni zichligidagi farq
katta bo’lishi kerak.
g) Erituvchi kimyoviy barqaror va inert bo’lishi kerak (xom-ashyoga
nisbatan), zaxarli bo’lmasligi va portlashga xavfsiz bo’lishi kerak.
d) Erituvchi yengil va to’liq regenerastiya qilinishi kerak.
e) Erituvchi past parlanish haroratiga ega bo’lishi kerak, chunki buning
natijasida sovutishga berilayotgan suvni sarfi kamayadi va umuman energetik
xarajatlar kamayadi.
j) Erituvchi arzon va defistit bo’lmasligi kerak.
Moylarni tanlovchi erituvchilar bilan tozalash jarayoni uchun quyidagi
faktorlar muximdir:
1. Jarayonni harorati.
2. Moy frakstiyasini erituvchida eruvchanligini kritik harorati.
3. Xom-ashyo va erituvchilarni nisbati.
4. Erituvchini xom-ashyo bilan o’zaro ta’sir usuli.
Bosim suyultirilgan gazlarni erituvchi sifatida ishlatilganda (propan, SO
2
gaz) o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Erituvchini moy eritmasidan va kerak bo’lmagan komponentlar eritmasidan
regenirlash bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
19
a) Erituvchini oldin yuqori yoki atmosfera bosimida xaydab olinadi.
b) Suv pari bilan xaydab olinadi.
v) vakuum ostida xaydaladi.
Tozalangan mahsulotda erituvchini qoldiq miqdori 0,005-0,02% dan ortiq
bo’lmasligi kerak.
Moylarning qimmatbaho uglevodorodlari gach yoki ekstraktga o’tib ketishi
mumkin. Bu asosan erituvchini etarli darajasida selektiv bo’lmaganligi
natijasidadir. Buning natijasida o’zini tuzilishi bilan kimmatbaxo va keraksiz
komponentlar oraligida turgan uglevodorodlar yukotiladi. Bu komponentlarni yana
ichki rafinat deyiladi. Bu komponentlarni yo’qotilishi asosiy mahsulotni chiqishini
pasaytiradi.
1-jadval
Erituvchilarni fizik xususiyatlari.
Ko’rsatkichlar
Fenol
Furfurol Propan
M-
krezol
P-
krezol
MEK
Dixlor
etan
Aste-
ton
Kimyoviy
formulalar
S
6
N
5
ON
S
4
N
3
OSNO
S
3
N
8
SN
3
SONON
SN
3
S
6
N
4
ON
SN
3
SO
2
N
5
S
2
N
4
Sl
2
SN
3
SOSN
3
Molekulyar
massasi
94,1
96,09
44,09
108,06
108,06
72,4
98,96
58,08
Zichlik n
D
20
1,071
1,1614
0,502
0
1,0465
1,0341
0,8050 1,2520
0,7920
Qotish harorati
nergizm,
0,1
Mpa,
0
S
42,0
-38,7
-187,7
11,8
34,6
-86,3
-
-94,7
Qaynash
harorati,
0,1
MPa,
0
S
181,4
161,7
-42,2
201,1
202,3
79,6
83,7
5
Suvdagi
eruvchanligi,
38
0
S,% mass.
33,0
6,5
-
14,5
14,5
9,9
0,14
Azeotrop aralash-
mani suv bilan
qaynash harorati,
0
S
99,6
97,8
-
98,9
98,7
73,45
72
-
Ichki (oraliq) rafinatlarni quyidagi texnologik usullari bilan ajratib olinadi.
1. Ekstrakt eritmasini haroratini pasaytirish bilan.
2. Ekstrakt eritmaga suv qo’shish bilan.
3. Ekstrakt eritmaga yana ekstrakt qo’shish bilan.
4. Yuqori haroratda erituvchini yangi miqdori bilan yuvish.
Buning natijasida birinchi uch usulni qo’llaganda erituvchini selektivligi
ortadi va ekstrakt eritmadan oraliq rafinatni ajratib olinadi. To’rtinchi usulda esa
moy gach va petrolatumdan ajratib olinadi.
20
2.2. Moylarni deasfaltlash
Qoldiq moylarni gudron va yarim gudronlardan ishlab chiqariladi. Bu
frakstiyalarda ayniqsa smolali neftlardan olingan bo’lsa 50% gacha smola va
asfalten bo’ladi. Smola-asfaltenli birikmalarni murakkabligi selektiv erituvchini
qo’llashga yo’l bermaydi. Shuning uchun moyni qimmatbaho uglevodorodlari
uchun erituvchi tanlanadi. Smola-asfaltenli birikmalar erituvchida deyarli
erimasdan cho’kmada qoladi. Erituvchi sifatida suyuq propan ishlatiladi.
2.2.1. Jarayonni ko’rsatkichlari
Moy uglevodorodlarining propandagi eritmasidan smolalar 50-85
0
S
oralig’ida yengil ajraladi.
Haroratni yuqori darajasi propanni kritik harorati bilan (96,8
0
S)
chegaralanadi. Propanni harorati kritik temeraturaga yaqinlashgani sari uni eritish
qobiliyati pasayadi, moyni uglevodorodlari qisman smolalar bilan cho’kib qoladi.
Buning natijasida moyni chiqishi pasayadi. Past haroratda buni teskarisi bo’lib
suyuq propanni eritish qobiliyati ortadi va 40
0
S da smolalar propanda eriydi va
moyni sifati pasayadi.
Jarayon kolonnada olib boriladi. Propan kalonna tagidan beriladi, moylar esa
tepa qismidan, kolonnani tepa qismida harorat 70-75
0
S va pastki qismida 50-60
0
S
bo’ladi. Kalonnani tepa va pastki qismida haroratni har-xil ushlab turish natijasida
moydan smola va asfaltenlarni to’liq ajratib olinadi. Haroratni bu farqiga
deasfaltlash gradienti deyiladi. Propanni suyuq holda ushlab turish uchun jarayonni
4-4,5 Mpa da olib boriladi.
Erituvchini va boshlang’ich mahsulotni nisbatini tajriba yo’li bilan topiladi
va u xom-ashyodagi uglevodorodlar soniga bog’liq. Uglevodorodlar miqdori
qancha ko’p bo’lsa propan bilan boshlang’ich mahsulot nisbati ham shuncha ko’p
bo’ladi.
Propan va boshlang’ich modda 4:1 dan 8:1 gacha bo’lgan nisbatda olinadi.
Propanni miqdorini ma’lum darajagacha oshirish deasfaltizat sifatiga yaxshi
ta’sir ko’rsatadi, smolali-asfaltenlarni cho’ktirish tezlashadi.
Deasfaltdash jarayonini bir bosqichda olib borish mumkin lekin olingan
mahsulotni sifati ikki bosqichli jarayonda ko’ngildagidek bo’ladi. Birinchi
bosqichda olingan asfalt eritmasidan qimmatbaho uglevodorodlarni ajratib olish
uchun ikkinchi bosqichda deasfaltlanadi. Ikki bosqichli sxemada gudrondan moyni
olish 10% ga ortadi. I va II bosqich deasfaltizatlari sifat bo’yicha katta farq qiladi.
II bosqich deasfaltizatidan juda yopishqoq moylar olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |