Mavzu №9: Axborot tizimlarining axborot xavfsizligidagi eng zaif joylar.
Reja:
1.Inson omiliga bog‗liq zaif joylarning sabablari va ularni yopish yo‗llari.
2.Diletantlar
3.Axborot xavfsizligi boyicha
mutaxassis
Tayanch so‗zlar: pirat nusxasi, diletantlar, axborot xavfsizligi boyicha
mutaxassis
Odatda axborotlar passiv, ya‘ni, harakatsiz, o‗ziga qilingan ta‘sirga javob bera
olmaydigan bo‗ladi. Axborot tizimlari esa mana shu axborotlar ustida ishlab,
foydali ish bajarish uchun zarur xulosalar chiqaradi va ular asosida buyruqlar
beradi. Ko‗pincha axborot tizimlarida himoya elementlari ham ko‗zda tutiladi.
Lekin axborot tizimining asosiy vazifasi biror jarayonni avtomatlashtirilgan tarzda
boshqarish ekanini hisobga olgan holda undagi himoyaga keragidan ortiqcha
ahamiyat berilmaydi. Axborotga nisbatan xujum ko‗proq ma‘lumotlar omborlariga
qilinsa, axborot tizimlariga qilinadigan xujumlar odatda ularni to‗xtatish yoki ish
samarasini kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Xujum qilish uchun esa
axborot tizimlarining zaif joylari mo‗ljalga olinadi. Shuning uchun quyida biz
axborot tizimlari va ularning himoyasidagi zaif joylarni ko‗rib chiqamiz.
Axborot tizimlarining eng zaif joyi ular bilan ishlaydigan xodim va
xizmatchilarning tizim haqida to‗liq tasavvurga ega bo‗lmasligi, tizimning
xususiyatlarini bilmasligidir. Odatda kompyuter tizimida ishlaydiganlarni to‗rtta
toifaga kiritish mumkin:
- diletantlar (ya‘ni, biror narsa yoki holat haqida yuzakigina tasavvurga ega
shaxslar) – tizimning vazifasi haqida eshitgan bo‗lsa-da, tizim imkoniyatlari,
ishlash algoritmi va xususiyatlari, tizim elementlari va ulardan har birining
vazifalari haqida tasavvurga ega bo‗lmagan tajribasiz iste‘molchi. Bilimi yo‗qligi
sababli axborot tizimidan yoki juda katta talablar qo‗yishi, yoki tizim
imkoniyatlarining arzimas qismidangina foydalanishi orqasida katta yo‗qotishlar
bo‗lishi mumkin;
– kompyuter tarmoqlari, operatsion tizimlar va ba‘zan axborot tizimlari
haqida ham anchagina chuqur bilimlarga ega, lekin aynan o‗zi foydalanayotgan
joriy tizim, uning elementlari va o‗ziga xos xususiyatlari haqida yetarlicha bilimga
ega bo‗lmaganligi sababli va ba‘zan «peshonasini urish (ya‘ni, joriy vaziyatda
tajriba sifatida turlicha xatti-harakatlarni amalga oshirib, urinishlar va xatolar
evaziga kerakli natijani izlash)» usuli yordamida tizimdan qo‗shimcha
imkoniyatlar talab etish, bor imkoniyatlardan esa foydalana olmaslik hollari ro‗y
berishi mumkin;