O'qitishning mazniuni. O'qitish jarayoni, usullari va tashkiliy
tartibi hamda amalga oshirilishi uning tarkibi bilan ifodalanadi.
O'qitishning obyekti. Masofaviy o'qitishda ta'lim xizmatlaridan foydalanuvchilar
ushbu usulda ta'lim oluvchilar uning obyekti bo'ladi.
O'qitish subyektlari. Masofaviy o'qitish subyekti o'qituvchi (pedagog) lar
hisoblanadi. O'qituvchi (pedagog) ta'lim jarayonining yuqori samarasini
ta'minlashda asosiy bo'g'indir. Masofaviy o'qitish o'qituvchi (pedagog)
faoliyatining muhim ahamiyatini uning masla-hatchilik funksiyasida hamda
informatika va telekommunikatsiyalar asoslarini bilishida ta'kidlaydi.