Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги тошкент ахборот технологиялари университети “ахборот технологиялари” факультети



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/81
Sana31.12.2021
Hajmi1,6 Mb.
#256523
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81
Bog'liq
6OIK7nngJPR3g0p2PhwnDCu5NGKIk38phO7YuNKG

Munozara. Ko'pchilik o'quv predmetlari va ularning mavzulari ta'lim standaritlari. 
o'qitish  dasturlari,  o'quv  rejasi  va  ta'lim  muassasasining  o'ziga  xosligiga  bog'liq 
ravish  da  hamda  tinglovchilar  (bilim  oluvchilar)  kontingenti  bilan  aloqadoriikda 
munozara  tarzidagi  o'quv  mashg'ulotlarini  taqozo  etadi.  Birinchilan,  tinglovchilar 
faolligi  ta  niinlanadi.  Ikkinchidan,  shubhali  vaziyatlarga  o'rin  qoldirilmaydi. 
Uchinchidan, bilim oluvchilarning istak-xohishlari to'la qondirila-di. Eng muhimi, 
bunday  sharoitda  o'quv  materiali  to'la-to'kis  o'zlashtiriladi.  Asoslar,  xulosalar, 
hukmlar  va  tasawurlar  mukam-mal  ko'rinish  va  mazmunda  bo'ladi.  Ko'rsatma  va 
ta'kidlarning ishonchliligi yuqori darajada bo'ladi. Munozara ikki turli bo'ladi: 
bosh qari lad igan; 
erkin munozara. 
Boshqariladigan  munozarada  o'qituvchining  ishtiroki  sezilarli  darajada  bo'ladi, 
lekin  bu  ishtirok  uning  o'quv  jarayonidagi  ha-kamlik  mavqeidan  oshib  ketmasligi 
lozim.  Erkin  munozara  esa  bilim  beruvchi  va  oluvchilarning  demokratik  tarzdagi 
ishtiroki bilan o'tkaziladi. Bu har ikki turdagi munozaralarda o'quv haqiqati birin-
chi o'rinda turadi. llmiy bilimlar jonli mushohada, abstrakt tafak-kur orqali nisbiy 
va absolut haqiqat yo'li bilan qo'lga kiritilishini hisobga olinsa, bilish jarayonining 
taraqqiyotini  belgilovchi  tu-shuncha.  katcgoriya,  faraz,  xulosa,  qoida,  nazariya, 
qonun va qo-nuniyatlar munozara davomida mazmunan buzilinasligi muhimdir. 
Munozaraning  natijasini  o'qituvchi  oldindan  loyihalashi  lozim.  Bunda  oraliq 
jarayonlar ikkinchi pozitsiyada turadi. Yakuniy xulosalar ilniiy bilish nazariyasiga 
zid kelmasligi o'qituvchining kasbiy salohiyati bilan ta'minlanadi. 
Erkin  munozarani  anarxiyaga  aylantirmaslik-eng  muhim  pedagogik  vazifadir. 
Uning o'quv qimmatini boshqariladigan mu-nozaradan kamroq baholab bo'lmaydi. 


Munozara mashg'ulotlari uchun quyidagi shartlarning bajari-lishi muhimdir: 
reglamentga rioya qilish
boshlashdan oldin chuqur fikriy tahlil qilish
ishtirokchilarning maksimal miqdordagi sonini qo'lga kiritish; 
o'qituvchining o'quvchilariga nisbatan hukmron bo'lmasligi. Passiv o'quvchilarning 
ishtirokini ta'minlash-aksariyat o'qituv- 
chilar uchun amalda bajarib bo'lmaydigan jarayondir. Ularni jon-lantirish uchun: 
savollar beriladi
har bir shaxsning xususiy fikri so'raladi; 
to'g'ri javoblar rag'batlantiriladi; 
noto'g'ri  javoblar  va  xatolar  to'g'rilanadi  va  to'ldiriladi.  Munozaraning 
muvaffaqiyati o'quvchilarning qiziqishi, bilimi, 
ahilligi,  hur  fikrliligi  va  jamoadagi  sog'lom  pedagogik-psixologik  muhitga  ko'p 
jihatdan bog'liq bo'ladi. 
GuruMy  ish.  Bu  so'nggi  yillarda  Evropa  mamlakatlarida  keng  ommaviyliktnsini 
olgan  o'qitish  metodidir.  Masalan,  Daniyadabirorta  ham  ma'lumot  yoki  kasb 
guruhiy  ishsiz  egallanmaydi.  Kam  sonli  (4-6  nafar)  o'quvchilarning  qandaydir 
muhim  o'quv  tadbirida  ishtirok  etishi  va  ularning  hamkorlikdagi  faoliyati  bunday 
mashg'ulotning  samarasini  belgilaydi.  Bajarilish  darajasi  va  uning  sifatini 
o'qituvchi  nazorat  qiladi.  Guruhlarga  berilgan  vazifalar  bosqichma-bosqich 
navbatlanishi ya'ni galma-gallanishi lozim. Gunihlarbirjinsli (o'g'il bolalar, erkaklar 
yoki  qiz  bolalar,  ayollar)  va  ikki  jinsli  (har  ikki  jins  vakillaridan  iborat)  bo'lishi 
mumkin. Ta'lim yo'nalishi va pedagogik maqsad hamda vazifalardan kelib chiqqan 
holda bunday gu-ruhlar xususiy holat uchun shakllantiriladi. 
Guruhiy  ish  kengroq  joy  va  siljitiladigan  o'quv  mebellarini  ta-lab  qiladi. 
O'qituvchining  nazorati  barcha  guruh  uchun  baravar  bo'lishi  lozimligi  ham 
qiyinchilik tug'diradi. 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish