Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги тошкент ахборот технологиялари университети “ахборот технологиялари” факультети



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/81
Sana31.12.2021
Hajmi1,6 Mb.
#256523
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
Bog'liq
6OIK7nngJPR3g0p2PhwnDCu5NGKIk38phO7YuNKG

        Texnologik  yondashuv.  Texnologiya  -  tayyor  mahsulot  olish  uchun  ishlab 
chiqarish jarayonlarida qo'llanadigan usul va metodlar majmui bo'hb, shunday usul 
va  metodlarni  ishlab  chiquvchi  va  takomillashtiruvchi  fan  sifatida  ta'riflanadi. 
Texnologiyaning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o'quv maqsadlariga 
erishishni  kafolatlaydigan  o'quv  jarayoni  loyihalashtiriladi  va  amalga  oshiriladi. 
Texnologik  yondashuv,  eng  avalo,  tasvirlash  emas,  balki  loyihalashtirilgan 
natijalarni  amalga  oshirish  imkonini  beruvchi  amahy  ko'rsatmali  tuzilmada  o'z 
ifodasini topadi. 
        Ta'limga  texnologik  yondashuv  o'quv  jarayonini  o'zaro  uzviy  bog'liq  etaplar 
va  amallarga  ajratishni  va  bo'lishni;  ta'limdan  ko'zlangan  natijaga  erishish  uchun 
bajariladigan 
harakatlarni 
muvofiqlash-tirish, 
bosqichma-bosqich 
amalga 
oshirishni; loyihalashtirilgan ish va amallarning barchasini bir xil tarzda bajarishni 
nazarda tutadi. 
       Qayta  takrorlanish  xususiyati  tufayli  ushbu  tizim  modul  shakliga  ega  bo'lib, 
mazmunlar  bilan  to'ldirilgan  va  umumiy  tarkibga  bog'langan  birliklar,  ya'ni 
ta'limning  umumiy  maqsadi  va  mazmuni,  o'quv  maqsadi,  o'qitish  va  baholash 
jamlamalaridan 
tashkil 
topadi. 
Amalda 
bu 
pedagogning 
qayta-qayta 
takrorlanuvchan  harakaiining  algoritmi  hisoblanadi. Ushbu  algoritmning  yangi  va 
yangi bo'limlarda qo'llanishi o'quv jarayoni ko'lamini qamrab oladi. 
       Ta'lim  jarayonini  pedagogik  texnologiya  asosida  tashkil  etishning 
rejalashtirish  bosqichida,  yetakchi  pedagoglardan  pedagogik  texnologiyaning 
qonun-qoida  va  tamoyillari  asosida  uslubiy  ashyolarni  ishlab  chiqish  paytlarida 
yuqoriroq  malaka  talab  etiladi.  Loyiha  tayyor  bo'lgach,  pedagog  asosan 
tashkilotchi va maslahatchi vazifala-rini bajaradi. 
       Bu  yondashuv  asosan,  reproduktiv  ta'limga  xosdir.  Reproduktiv  ta'lim  tipik 
vaziyatlarda  biror  ish-harakatni  oldin  bilib  olingan  qoidalar  asosida  bajarishdir. 
Reproduktiv  daraja  uchun  pedagogic  texnologiya  usuHda  ta'lim  -  takror  ishlab 
chiqiladigan  konveyerli  jarayon  sifatida  tashkil  etiladi,  undan  kutiladigan  natija 
ham  mufas-sal  tasvirlanib,  aniq  qayd  etiladi.  O'quv  material!  aniq  ifodalangan 


o'quv  maqsadiga  mos  qayta  tuzilib,  ishlab  chiqiladi,  ba'zi  bo'laklari  qismlarga 
ajratilib, har bir bo'lakni o'rganish mustaqil nazorat qili-nib, xato va kamchiliklari 
to'g'rilanib boriladi. 
        O'quv  jarayonining  barcha  bosqichlarida  butun  tizimning  asosiy  texnologik 
jihati  -  o'quv  jarayonining  so'nggi  natijalari  bo'lgan  o'quv  maqsadiga  erishishga 
yo'naltirilganljgmi  ham  kuzatish  mumkin.  Texnologik  yondashuvniqo'llash 
qo'yilgan o'quv maqsadlariga erish-ishni kafolatlaydi. 
      Keng kolamda amalga oshirilayotgan ta'lim islohotlari ta'lim jarayonining ilg'or 
texnologiyalarini  o'rganish  va  ularning  o'quv-tarbiya  jarayoniga  joriy  etilishini 
taqozo  qiladi.  Bu  esa,  o'z  navbati-da,  pedagoglardan  ta'lim  sohasiga  texnologik 
yondashuvni,  pedagogik  texnologiya  usulini  egallashni  va  hududimizning  milliy, 
ma'naviy-madaniy  xususiyatlaiini  va  an'analarini  hisobga  olgan  holda  pedagogik 
amaliyotda qo'llash va ularni rivojlantirishni talab etadi. 
       Texnologik  yondashuv  doirasida  yaratilgan  didaktik  loyihalash  usullariga 
bo'lgan  munosabat  o'quv  jarayonini  samarali  va  ijodiy  rejalashtirish,  yangi  fikrlar 
bilan boyitish, ularning natijalarini baholashga yordam beradi. 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish