TARIXGA NAZAR
Mintaqaviy mojarolar O‘zbekiston milliy xavfsizligiga nisbatan eng
asosiy tahdidlardan biri.
1993-yilda Afg‘oniston siyosiy maydonida «Tolibon» harakatining
paydo bo‘lishi natijasida fuqarolar urushi yangicha tus ola boshladi.
1996-yilga kelib, toliblar mamlakat hududining 90 foizini ishg‘ol etgan
holda, O‘zbekiston chegaralariga yaqin kelib qoldilar. Afg‘onistondagi
harbiy-siyosiy vaziyat tubdan o‘zgardi. «Tolibon» harakati o‘z siyosiy ku-
rashlarining birinchi kunlaridanoq diniy-ekstremistik va terrorchilik g‘oya-
larining tarafdori ekanligini yaqqol namoyon qilib qo‘ydi.
Har bir ishda
ham g‘ofillik
qilma, hushyor
bo‘l, g‘ofil-
larning ishlari
hech qachon
ko‘ngildagidek
bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |