IJODIY FAOLIYAT
O‘zbek xalq ertaklari g‘arb ertaklaridan nimasi bilan farq qiladi?
Siz ukalaringizga qanday ertaklar aytib bergan bo‘lardingiz?
98
qolishini taklif qilibdi. U esa dunyodagi eng
noyob narsani qidirib yo‘lga chiqqanini ay-
tibdi. Shunda podshoh unga «Oynai jahon»ni
sovg‘a qilibdi. Unga bir qaraganda, dunyoda-
gi barcha voqyea-hodisalarni ko‘rish mumkin
ekan. Shunda katta aka «Men eng noyob nar-
sani topdim», — deb o‘ylab orqasiga qaytibdi.
O‘rtancha o‘g‘il Chin yurtiga boribdi. U yurt-
da bir ajdaho odamlarning tinchini buzayotgan
ekan. U ajdaho bilan uch kecha-yu uch kunduz
olishibdi va nihoyat uni yengibdi. Shu yurtning
podshohi unga ko‘p sovg‘alar beribdi. Ular-
ning orasida "Uchar gilam" ham bor ekan.
O‘rtancha o‘g‘il, podshohning sovg‘alarini
olib, gilamiga o‘tirib uyiga qarab uchibdi.
Endi gapni kenja botirdan eshiting. Ken-
ja botir borgan yurt Xuroson deb atalar ekan.
Xuroson yurtiga bir dev hujum qilib, yurtni
vayron qilayotgan, katta bir vodiyni egallab,
undagi obi-hayot qudug‘ini ko‘mmoqchi bo‘lib
turgan ekan. Kenja botir vaqtni o‘tkazmay, dev
bilan olishuvga chiqibdi. Yetti kecha-yu yetti
kunduz olishibdi. Oqibat devni yengibdi. Vodiy
aholisini devdan qutqaribdi. Odamlar kenja
botirga ham sovg‘alar berishibdi. Uning suv
idishiga obi-hayot suvidan to‘ldirib, «Kimda-
ki, shu suvdan ichsa, kasal bo‘lsa, sog‘ayadi,
o‘layotgan bo‘lsa, tiriladi», deb tayinlashibdi.
Ikki katta aka kenja botirni yo‘l uch-
ga ayriladigan joyda kutishibdi. Lekin, u
hali uzoqroqda ekanligini sehrli oyna orqali
ko‘rib, uchar gilamga o‘tirib, kenja ukala-
rining oldiga uchib borishibdi. Hammalari
sog‘-omon ekanliklaridan xursand bo‘lishibdi.
Ular bir-birlariga qo‘lga kiritgan o‘ljalari-
99
ni ko‘rsatishibdi. Oyna orqali malikaning
holidan xabar olishmoqchi bo‘lishib-
di. Shunda ular malika og‘ir betobligi-
ni, u qattiq uyquga ketgan-u hech kim
uni uyg‘ota olmayotganlini bilishibdi.
Aka-ukalar gilamga o‘tirib, podshohning
saroyiga uchib boribdilar».
– Endi malikani kim o‘padi? deb
so‘rabdi singlisi.
Aziz singlisiga: – malikalarni sen
ko‘rgan multifilmlardagidek o‘pish bu
axloqsizlik, uyat bo‘ladi, – deb fikrini davom ettiribdi.
«Malikaning oldiga begona yigitlarning yaqinlashi-
shi beodoblik hisoblangani uchun aka-ukalar obi-hayot
suvini malikaning yaqinlariga berishibdi. Ular suvdan
malikaning og‘ziga tomchilatib quyishibdi va uning
yuzlarini yuvishibdi. Malika esa bir aksa urib, o‘ziga
kelibdi. Podshoh agar mening uchta qizim bo‘lganida
har biringizni kuyov qilgan bo‘lardim, endi u yog‘ini
o‘zingiz hal qilinglar debdi. Kichik o‘g‘il, «agar oyna
bo‘lmaganida biz malikaning holini bilmas edik, unga
siz uylaning», debdi katta akasiga. Katta o‘g‘il bo‘lsa,
«yo‘q, agar gilam bo‘lmaganida biz bu yerga yetib
kela olmagan bo‘lardik, sen uylanaqol», debdi o‘rtan-
cha ukasiga. O‘rtancha o‘g‘il bo‘lsa, "Agar obi-hayot
bo‘lmaganida oyna ham gilam ham foyda bermas edi.
Agar malika rozi bo‘lsa kenja ukamizga turmushga
chiqsin", deyishibdi. Malika rozi bo‘libdi. Podshoh to‘y
qilib qizini kenja botirga uzatibdi. Ular murod-maq-
sadlariga yetishibdi».
– Aka, yana qachon shunday ertaklardan aytib bera-
siz, — so‘radi singlisi.
– Agar odobli bo‘lsangizlar, har kuni aytib beraman,
— deb javob berdi Aziz.
100
Do'stlaringiz bilan baham: |