Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va muammolari


Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillari va investitsiya - qurilish



Download 339,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana31.12.2021
Hajmi339,2 Kb.
#256461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

2.2. Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillari va investitsiya - qurilish  

faoliyatida ularni hisobga olish 

 

Bozor  iqtisodiyotining  barpo  etilishi  va  faoliyat  ko‘rsatishi  ma’lum  bir 

tamoyillarga  rioya  qilgan  holda  amalga  oshiriladi.  Ularning  mazmunini  bayon 

qilishdan  avval  aytish  kerakki,  bozor  iqtisodiyotining  tarkibida  faqat  ishlab 

chiqaruvchi (sotuvchi) iste’molchi (haridor) bilan uchrashadigan tovar va xizmatlar 

bozori emas, balki moliyaviy resurslar (kapital) bozori va boshqalar ham amal qiladi. 

Bu bozorlarning barchasi bir-birini to‘ldirib, yagona bozor iqtisodiyoti mexanizmini 

tashkil qiladi. Bu mexanizmning xarakterli belgilar quyidagilardan iborat: 

  mahsulot (yumushlar, xizmatlar) ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar 



o‘rtasida aloqaning erkinligi; 

  hamkorlarni tanlash erkinligi; 



 

bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi raqobat. 



Mashhur  iqtisodchi  olim  Leontevning  fikricha,  bozor  mexanizmi  raqobatga 

asoslanadi,  ammo  davlatning  qat’iy  nazorati  ostida,  milliy  daromadning  katta 

qismini  o‘z  ichiga  oluvchi  ijtimoiy  xizmatlar  tizimlari  bilan  bog‘liqlikda  faoliyat 

ko‘rsatadi. U keskin markazlashgan rejalashtirish o‘rniga indikativ yo‘naltiruvchi 

rejalashtirishni ko‘zda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, bozor  mexanizmini  ham 

boshqa  har  qanday  mexanizm  kabi  tegishli  ravishda  boshqarish  va  tartibga  solib 

turish kerak bo‘ladi. 

O‘zbekiston  iqtisodiyotini  bozor  munosabatlariga  o‘tkazish  faqat  ishlab 

chiqilgan model asosidagina emas, balki jahon fani va amaliyotining yutuqlari va 

tavsiyalarini  hisobga  olgan  holda  amalga  oshirilmoqda.  Davlat  avvalboshdan 

tarmoqlar iqtisodiyotida ham, butun milliy iqtisodiyotda ham bosh islohotchi bo‘ldi. 

Bugungi kunda respublikamizda monopoliyaga qarshi qo‘mita ishlab turibdi, biznes 

va  tadbirkorlik  institutlari  tashkil  qilingan,  ko‘pchilik  vazirlik  va  mahkamalar  - 

eskirgan  asosiy  davlat  boshqaruv  organlari  tugatilgan,  iqtisodiyot  mafkuradan 

ajratilgan,  mulkdorlar  sinfi  shakllanib  bormoqda.  Davlat  iqtisodiy  faoliyat 

erkinligini,  iste’molchining  huquqlari  ustivorligini  ham,  tenglikni  ham,  barcha 

mulkchilik shakllarining muhofaza qilinishini ham kafolatlaydi. Bularning barchasi, 

ya’ni  mamlakatning  bozor  munosabatlariga  yo‘nalganligi,  O‘zbekiston 

Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlangan. 



Bozor  iqtisodiyotining  asosiy  tamoyillariga  kelsak,  O‘zbekistonga  nisbatan 

ular,  birinchidan,  dastlab  mamlakat  prezidenti  I.A.Karimov  tomonidan  ishlab 

chiqilgan,  ikkinchidan,  -  ular  milliy  iqtisodiyotni  bozor  munosabatlariga 

o‘tkazishning o‘z modeli asosiga qo‘yilgan. 

Bu tamoyillar quyidagilardan iborat: 

  iqtisodiyotning siyosatdan ozodligi; 



  qonunlarning  ustivorligi  va  ularning  barcha  boshqaruv  pog‘onlarida 

majburiy bajarilishi; 

  davlat - barcha ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarda bosh islohotchi; 



  mehnatkashlarning,  ayniqsa  kam  ta’minlangan  oilalarning  manfaatlarini 

kuchli ijtimoiy himoyalash; 

  bozorga va bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish. 



Qurilish,  milliy  iqtisodiyotning  o‘zviy  bir  qismi  sifatida  bu  tamoyillardan 

alohida  faoliyat  ko‘rsata  olmaydi.  Bundan  tashqari,  qurilish  bu  tamoyillarga 

moslanishi, ularning asosida hamda tarmoqning xususiyatlarini hisobga olgan holda 

bozor  munosabatlariga  o‘tish  jarayonining  tezlashishiga  imkon  yaratishi  lozim. 

Ularning ichida eng muhimi quyidagilardir: 

1. Narx belgilashning bozor shakllari tamoyillari 

Bugungi  kunda  narx  belgilashning  ikki  shakli  mavjud  bo‘lib,  ular  erkin 

narxlar  va  davlat  tomonidan  boshqariladigan  narxlardir.  Bu  ikkala  narxlar  ham 

mamlakatda amal qilayotgan narx belgilash siyosatiga bo‘ysunadi. Bugungi kunda 

davlatimiz erkin narx belgilash chegaralarini imkon qadar kengroq ochishga, ya’ni 

narxlarni  erkinlashtirishga  intilmoqda,  bu  esa  bozor  iqtisodiyoti  mexanizmiga  zid 

kelmaydi.  Narx  belgilashdagi  “erkinlik  chegaralarining”  asosiy  omillarini 

quyidagicha tasvirlash mumkin: 

2. Tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish 

Bu  tamoyilni  amalga  oshirish  har  qanday  jismoniy  va  huquqiy  shaxsga 

amaldagi  qonunchilikda  man  etilmagan  istalgan  turdagi  faoliyat  turi  bilan 

shug‘ullanishga  imkon  beradi.  O‘zbekistonda  bu  bir  qator  qonunlar,  Prezident 

farmonlari hamda hukumat qarorlari bilan mustahkamlangan. 

Ammo bu tamoyil qurilish sohasida boshqa tarmoqlarga qaraganda hali ancha 

sust  rivojlangan,  chunki  pudrat  ishlarining  amaldagi  bozori  shakllanmagan, 

pudratchi tashkilotlar buyurtmachilarning mablag‘lariga surunkali ravishda bog‘liq, 

shuningdek,  ular  xususiy  aylanma  mablag‘lar  bilan  yetarli  ta’minlanmagan, 

investitsiya jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish 

juda  murakkab,  qurilish  mahsulotining  “sotuvchisi”  va  “haridori”  hali  aniq 

shakllanib ulgurmagan va hokazo. Shuningdek, davlat qurilish kompleksini avvalgi 

vazirliklar asoratidan chiqarishga barcha choralar bilan intilayotganligiga qaramay, 

qurilishda  bu  tamoyilni  rivojlantirishga  xususiy  qurilish  firmalarini  tashkil  qilish 

jarayonining juda sekin ketayotganligi ham halaqit bermoqda. 

3. Turli mulkchilik shakllarining, ko‘proq xususiy mulkning mavjudligi.  

Bu  tamoyil  avvalgi  tamoyillar  bilan  o‘zviy  bog‘liq  bo‘lib,  go‘yoki  ulardan 

kelib  chiqadi.  Bugungi  kunda,  iqtisodiyot  ko‘p  ukladli  rejimda  faoliyat 

ko‘rsatayotgan bir paytda, ushbu tamoyilni amalda ro‘yobga chiqarish uchun barcha 




kerakli  shart-sharoitlar  yuzaga  keltirildi.  Avvalo,  bu  yerda  gap  sobiq  qurilish 

vazirliklari  va  mahkamalarini  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish 

hamda  tugatish  haqida  boradi.  Bu  qurilish  industriyasi  tarkibida  turli  mulkchilik 

shakllaridagi korxona va tashkilotlarni tashkil qilishga imkon beradi. 

Shunga  qaramay,  bu  jarayon  ham  avvalgisi  kabi,  tadbirkorlik  bilan  bog‘liq 

bo‘lib,  nufuzi  hozircha  unchalik  yuqori  bo‘lmaganligi,  qurilish  faoliyatining 

jozibador  emasligi  sababli  hali  faollashmadi.  Shuning  uchun  investorlar  hozircha 

xususiy qurilish firmalardan ko‘ra ko‘proq xususiy do‘konlar, ofis binolari tashkil 

qilishga,  haridorgir  tovarlarning  oldi-sotdisi  bilan  shug‘ullanishga  harakat 

qilmoqdalar.  Shuningdek,  ishga  “eski  odat”  qurilishning  davlat  tomonidan 

boshqarilishini  afzal  ko‘rish  ham  halaqit  bermoqda.  Ammo  bu  tendensiya  bozor 

qonunlari va bozor munosabatlari ta’sirida asta-sekin yo‘qolib bormoqda. 

4. Monopoliyadan chiqarish va ixcham qurilish tuzilmalarini tashkil qilish. 

So‘nggi paytlargacha sanoat, qishloq xo‘jaligi, yo‘l, fuqaro va uy-joy qurilishi 

bilan  shug‘ullanuvchi  qurilish  vazirliklari  monopol  mavqega  ega  edilar. 

Amaliyotdan 

ma’lum 

bo‘lishicha, 

monopolizm 

bozor 


munosabatlari 

rivojlanishining  dastlabki  bosqichlari  uchun  maqbo‘l  bo‘lishi  mumkin,  ammo 

keyinchalik  uning  hukmronligi  turg‘unlikni  vujudga  keltirib,  raqobatga  to‘sqinlik 

qila  boshlaydi.  Shuning  uchun  monopolizm  bilan  bozor  iqtisodiyotining  muhim 

belgisi bo‘lgan raqobat bir joyda mavjud bo‘la olmaydi. 

5. Ichki va tashqi bozorlarning ochiqligi 

Bu tamoyil sanoat korxonalari, savdo sohasi, qishloq xo‘jaligiga ko‘proq xos 

bo‘lib, afsuski, qurilish ishlab chiqarishiga kamroq darajada taalluqlidir. Ammo bu 

qurilish  faqat  ichki  ehtiyojlar  doirasida  qolib  ketib,  tashqi  bozor  uchun  yopiqdir, 

degan  fikrni  bildirmaydi.  Vaholanki,  mamlakatimizning  pudrat  tashkilotlari  chet 

ellardagi  investitsiya-qurilish  jarayonida  kamroq  ishtirok  etadilar,  xorijiy 

tashkilotlar  esa  bizning  qurilish  jarayonimizda  faol  qatnashmoqdalar.  Shuning 

uchun  dunyoning  ko‘pgina  mamlakatlariga  xos  bo‘lgan  bozorning  ochiqligi 

mamlakatimizdagi  qurilish  korxona  va  tashkilotlarini  faqat  ichki  bozorda  emas, 

balki  chet  ellarda  ham  munosib  o‘rin  egallashga  majbur  qilishi  kerak. To‘g‘ri, bu 

anchagina  murakkab,  faqat  yetarli  miqdordagi  resurslarni  emas,  balki  ma’lum 

darajada tashabbuskorlik va hatto vatanparvarlikni, fidoyilikni talab qiluvchi vazifa, 

ammo uni bajarish mumkin.  

6. 

Investitsiya-qurilish 



faoliyati  qatnashchilari  o‘rtasidagi  o‘zaro 

munosabatlarning  shartnomaviy  shakllarini  rivojlantirish  va  ob’ektlarni  asosan 

“qulf-kalit” qilib topshirish shartlariga o‘tish. 

Bu  tamoyil  -  qurilish  majmuasining  bozor  munosabatlariga  o‘tishining 

haqiqiy  asosidir.  Afsuski,  bugungi  kunda  shunday  vaziyat  yuzaga  keldiki, 

ma’muriy-buyruqbozlik  tizimi  o‘tmishda  qoldi,  ammo  o‘zaro  munosabatlarning 

bozor shakli hali to‘liq ro‘yobga chiqmadi. 

Ammo bu vaziyat biror o‘zgarish yuz berishini kutib o‘tirishga sabab bo‘la 

olmaydi. qurilish tashkilotlari “yuqoridan” buyruq kutib o‘tirmay, bozor iqtisodiyoti 

tamoyillarini,  shartnomaviy  munosabatlarni  rivojlantirishlari,  ob’ektlarni  “qulf-

kalit” qilib topshirishga o‘tishlari lozim, bu esa qurilish mahsuloti uchun “sotuvchi” 

va “haridor” tushunchalarini vujudga keltiradi. 




7. Qurilish tashkilotining qurilish-xo‘jalik faoliyatining butun jarayonini mulk 

egasi sifatida tartibga solishdagi mutloq huquqi. 

Bu  tamoyil  to‘liq  amalga  oshishi  uchun  qurilish  tashkilotlari  birinchidan 

buyurtmachilarning  mablag‘lariga  bog‘liq  bo‘lmasliklari  kerak,  ikkinchidan, 

istiqbolli  qurilish  dasturiga  ega  bo‘lishlari  lozim,  uchinchidan  esa,  o‘z  ishlab 

chiqarish imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni o‘rganishlari va ish vaqtining ham, 

moddiy  resurslarning  ham  behuda  isrof  qilinishiga  yo‘l  qo‘ymasliklari  zarur. 

Amaliyotdan  ko‘rinib  turibdiki,  biror  korxona,  shu  jumladan  qurilish  tashkiloti 

resurslardan tejamli foydalansa, kamroq harajatlar bilan ko‘proq natijalarga erishsa, 

faqat shundagina mulkka egalik hissi paydo bo‘ladi. Ya’ni mulk egasi - bu hamma 

joyda va hamma narsada samaradorlikka intiluvchi (jismoniy va huquqiy) shaxsdir. 

Shuning  uchun  ushbu  tamoyilning  amalga  oshirilishi,  ishning  moddiy 

jihatidan tashqari, yana ahloqiy masalalarga, jamiyat oldidagi burch va mas’uliyatini 

to‘g‘ri tushunish hissiyotiga asoslanadi. 

Mulk egasi - bu boshi oqqan tomonga qarab yuradigan, bor-budini isrof qilib 

yuboradigan  kimsa  emas,  balki  mol-mulkini  oqilona  va  samarali  sarflaydigan 

kishidir. Bu gap qurilish industriyasining korxona va tashkilotlariga  ham taalluqli. 

Qurilish  tashkiloti  o‘z  mol-mulkiga  qanchalik  yaxshi  va  mas’uliyat  bilan  qarasa, 

unda mulk egasining huquqlari shu qadar yuqori bo‘ladi. 

Biz yuqorida bozor iqtisodiyoti sharoitida qurilish faoliyatining eng  muhim 

deb topgan yettita tamoyilinigina ko‘rib chiqdik. Ammo qurilish majmuasini bozor 

tizimiga  o‘tkazish uchun boshqa  bozor tamoyillari va shart-sharoitlari  ham  kerak 

bo‘lib, ularsiz moddiy ishlab chiqarish tarmog‘i sifatida faqat qurilish emas, hatto 

butun  iqtisodiyot  ham  bozor  iqtisodiyoti  degan  nomga  loyiq  bo‘la  olmasligi 

mumkin. Quyidagilar shular jumlasidandir: 

  pul-kredit tizimini tashkil qilish va uning, shu jumladan konvertlanuvchi 



valyutaning barqaror faoliyat ko‘rsatishini yo‘lga qo‘yish. 

  moliyaviy  tashkilotlar,  birjalar,  sug‘urta  kompaniyalari,  auditorlik  va 



konsalting muassasalari, telekommunikatsiyalar tarmog‘i va hokazolarni o‘z ichiga 

oluvchi bozor infratuzilmasining mavjudligi; 

  bozor sharoitlarida ishlay oluvchi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash 



bo‘yicha ishonchli tarmoqning mavjud bo‘lishi; 

 



me’yoriy-uslubiy va ma’lumot materiallarini tayyorlash va qurilish ishlab 

chiqarishini ular bilan ta’minlash; 

  oqilona (maqbul) soliq tizimining mavjudligi; 



  talab darajasidagi huquqiy ta’minotning mavjudligi; 

  narxni shakllantirish tizimini yaxshilash. 



Tabiiyki,  qurilish  majmuasining  bozor  munosabatlariga  o‘tishdagi  asosiy 

tamoyillari  ham,  qo‘shimcha  tamoyillari  ham  qurilish  amaliyotining  boy  hayotiy 

tajribasining o‘rnini bosa olmaydi. Nazariyaning amaliyotdan farqi ham, bugunning 

ertadan farqi ham aslida shudir. Ammo bu tamoyillardan birgalikda foydalanish va 

yanada  muhimrog‘i,  ularni  davr  talabidan,  hayot  talabidan  kelib  chiqqan  holda 

boyitish,  to‘ldirish  qurilish  majmuasining  bozor  munosabatlariga  o‘tkazilishini 




tezlashtiradi  va  shu  yo‘l  bilan  butun  milliy  iqtisodiyotning  rivojlanishini 

ta’minlaydi. 




Download 339,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish