tanlov hujjatlari - tanlov savdolarining texnik, moliyaviy, tijorat, tashkiliy
tavsiflari va boshqa tavsiflari to‘g‘risidagi hamda tanlov savdolarini tashkil etish va
o‘tkazish shartlari, tartib-qoidalari to‘g‘risidagi dastlabki axborot mavjud bo‘lgan
hujjatlar turkumi;
tovar - xom ashyo, buyum, konstruksiya, asbob-uskunalarga butlovchi
buyumlar, qattiq, suyuq yoki gazsimon holatdagi predmetlar, energiyaning barcha
turlari, shuningdek yetkazib beriladigan tovarga qo‘shimcha ravishda
ko‘rsatiladigan xizmatlar, agar ularning qiymati tovar qiymatining o‘zidan ortiq
bo‘lmasa;
oferent - malaka tanlovidan o‘tgan va ofertasi tanlov savdolari tashkilotchisi
tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan talabgor;
oferta - tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq taqdim etilgan
tanlov savdolari predmetiga nisbatan talabgorning taklifi;
Do'stlaringiz bilan baham: |