Burchоqdоshlar (Dukkakdоshlar) Fabaceae (Leguminosae) оilasi
Dukkakdоshlar оilasi eng katta оilalardan biri bo`lib, 650 turkumga mansub 18000 turni
o`z ichiga оladi. Bu оila vakillari yer sharining hamma quruqliklarida uchraydi. O`zbеkistоnda
esa 35 turkumga mansub 422 turi o`sadi. Bu оila 3 оilachaga bo`linadi. Bular
tsеzalpindоshlar, mimоzadоshlar va burchоqdоshlar.
Burchоqdоshlar оilasining eng yirik turkumi Astragal (Astragalus) bo`lib, unga 3300
ga yaqin tur kiradi.
Burchoqdoshlar (Dukkakdoshlar) oilasi — Fabaceae
Burchoqdoshlar ajdoddagi eng yirik oilalardan bo'lib, 650 ta turkumga mansub 18000 ta
turlarni o'z ichiga oladi. Ular Yer shari bo'ylab keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko'ra o't,
yarimbuta, buta va daraxtlardan iborat. Barglari asosan murakkab, ba'zan oddiy, hamisha
yonbargchali. Gullari ikki jinsli, zigomorf, ba'zan aktinomorf, shingilsimon, kallaksimon yoki
yoyiq to'pgullarda o'rnashgan.
Gulkosachabargi 5 ta, ba'zan 4 ta, ko'pincha qo'shilib o'sgan. Gultojbarglari ham 5 tadan.
Ustki yirik gultojibargga yelkan, ikkita yonidagisiga qanotcha, ikkita ostkisiga qayiqcha deyiladi.
Urug'chisi asosan 10 ta, 9 tasi qo'shilib o'sgan, bittasi erkin o'rnashgan. Urug'chisi bitta, atrofi
qo'shilib o'sgan changchilari bilan o'ralgan. Tugunchasi ustki. Gul formulasi: Ca(S) Col+2+(2)
A(9)+1 G, Mevasi turlicha shakldagi dukkaklardan iborat. Hasharotlar orqali va o'z- o'zidan
changlanadi. Dukkagida bittadan bir nechtagacha urug'i bo'ladi.
Dukkakdоshlar оilasi eng katta оilalardan biri bo`lib, 650 turkumga mansub 18000 turni
o`z ichiga оladi. Bu оila vakillari yer sharining hamma quruqliklarida uchraydi. O'rta Osiyoda
oilaning 40 ta turkumga mansub 1093 ta turi, O`zbеkistоnda esa 35 turkumga mansub 422 turi
o`sadi. Bu оila 3 оilachaga bo`linadi. Bular tsеzalpindоshlar, mimоzadоshlar va
burchоqdоshlar.
Sezalpiniyadoshchalar oilachasining turlari O'zbekistonda tabiiy holda nihoyatda kam
uchraydi. Bularga Griffit arg'uvoni (Cercis griffithii), Gimnokladus (Gymnocladus) kabilar kiradi.
Griffit arg'uvoni respublikaning tog'li hududlarida (G'arbiy Tiyonshan, Bobotog', Hisorda)
tarqalgan, barg chiqarmasdan erta bahorda gullaydigan daraxt. O'zbekiston Respublikasi „Qizil
kitob"iga kiritilgan.
Oilachaning ayrim turlari madaniy (ekma) o'simlik sifatida sug'oriladigan yerlarda ekiladi.
Masalan, kassiya (Cassia) turkumining sano deb ataladigan ayrim turlari respublikaning janubiy
hududlarida bir yillik dorivor o'simlik sifatida ekiladi. Gledichiya (Gleditshia) ning 2 ta turi (G.
caspia va G. triacanthos) ham asalshiraga boy va manzarali o'simlik sifatida o'stiriladi.
Mimozadoshchalar oilachasining ayrim turlari O'zbekistonda manzarali o'simlik sifatida ekiladi.
Akatsiya (Acacia) va albitsiya (Albizia) turkumlarining ba'zi turlari bunga misol bo'ladi. Turlarga
boyligi, tabiatda va qishloq xo'jaligida madaniy o'simlik sifatida keng tarqalgani bilan
Kapalakdoshchalar oilasi alohida o'rinda turadi. Oilaga Astragal (Astragalus), Oksittropis
(Oxytropis), Burchoq (Vicia), Beda (Medicago) kabi turlarga boy yirik turkumlar; turlari madaniy
o'simlik sifatida ko'plab ekiladigan No'xat (Cicer), Yeryong'oq (Arachis), Loviya (Vigna), Fasol
(Phaseolus), Burchoq (Vicia) kabi turkumlarning ko'pchilik turlari; Shirinmiya (Glycyrrjiza),
Oqquray (Psoralea), Qashqarbeda (Melilotus) va Afsonak (Thermopsis) lurkumlariga kiruvchi
dorivor o'simliklar; Bcda (Medicago), Yantoq (Alhagi), Scbarga (Trifolium) singari turkumlari
sifatli ycm-xashak bo'ladigan turlarni o'z ichiga oladi (3.29-rasm).
Shuningdek, oilachaning ba'zi turlari katta-katta hududlarni egallab, o'simliklar
qoplamining shakllanishida ham muhim rol o'ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |