Masxar urug‘i morfologik qismlarining kimyoviy tarkibi,
% hisobida
Urug‘ va uning
qismlari
Moyliligi
Oqsil
Kletchatka
Kuldorligi
Urug‘da
31,55
15,62
41,03
2,54
Mag‘zida
59,60
20,8
9,68
3,52
Qobiq qavatida
4,58
4,0
85,17
1,66
Paxta chigiti. Paxta – paxtadoshlar oilasiga kiradigan ko‘p
yillik tolali o‘simlik. Paxta o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p yillik o‘simlik
bo‘lsada, u madaniylashtirilgan holda bir yillik o‘simlik sifatida
o‘stiriladi. Paxtadan tolasi ajratilgandan keyin chigit qoladi, chi-
git tarkibida 18–24% gacha moy bo‘ladi.
a)
b)
7-rasm. Paxta o‘simligi:
a – bir tupining umumiy ko‘rinishi; b – shonasining bir qismi;
1 – ko‘sagi; 2 – guli; 3 – ochilgan chanog‘i; 4 – tolasi; 5 – urug‘i
Paxta chigitining boshqa moyli xomashyolardan o‘ziga xos to-
moni shundaki, uning mag‘zida gossipol moddasi bo‘lib, u zaharli
hisoblanadi va pressda, ekstraktorda olingan moyda qora-qo‘ng‘ir
rangni hosil qiladi. Shu sababdan ham tozalanmagan paxta moyi
qora moy deb aytiladi.
27
8-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |