Ma’ruza matnlari



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/234
Sana31.12.2021
Hajmi1,55 Mb.
#255397
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   234
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

13- ma’ruza 
 
LEKSEMANING SEMANTIK KO‘LAMI 
 
Reja: 
1.  Bir sememali va ko‘p sememali leksemalar. 
2.  Hosila sememaning vujudga kelish yo‘llari. 
3.  Leksema semantikasidagi lisoniy o‘zgarish. 
 
Kalit tushunchalar 
sema, atash semasi, ifoda semasi, vazifa semasi, birlashtiruvchi belgi, farqlovchi belgi, 
relevant belgi, irrelevant belgi 
 
O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
Hosila semema, metafora, sinekdoxa, metonimiya, vazifadoshlik 
 
1. Bir sememali va ko‘p sememali leksemalar. Formal tilshunoslik bir 
ma’noli  va  ko‘p  ma’noli  so‘zni  farqlaganligi  kabi  nazariy  leksikologiyada  bir 
sememali  va  ko‘p  sememali  leksema  ajratiladi.  Bunda  formal  tilshunoslik, 
terminologik  jihatdan  izchil  bo‘lmasa-da,  so‘zning  lison  va  nutqdagi  o‘rniga 
rioya  qiladi.  Nazariy  leksikologiya  nuqtayi  nazaridan  nutqda  qo‘llangan  so‘z 
har doim bir ma’noli. Chunki so‘z leksemaning bir martalik ko‘rinishi bo‘lib, u 
leksemaga zid ravishda betakrorlik tabiatiga ega.  
Leksema  bir  tushunchani  ifodalasa,  u  bir  sememali  leksema  deyiladi. 
Masalan,  qalam  leksemasi  bir  tushunchani  ifodalaydi  va  shu  sababli  bir 
sememali  leksema  hisoblanadi.  Bunda  ularning  omonimik  munosababit 
e’tiborga olinmaydi. Ammo leksema nutqda ko‘chma ma’noda qo‘llanishda har 
xil  tushunchalarni  ifodalayverishi  mumkin.  Lekin  ma’no  va  tushuncha 
orasidagi  munosabat  ijtimoiy  shartlanganlik  va  barqarorlik  kasb  etmasa, 
leksemaning  ko‘p  sememaliligi  haqida  hukm  chiqarib  bo‘lmaydi.  Masalan, 
Qashqirlar  tog‘-toshlar  aro  izg‘ishardi  gapidagi  qashqir  so‘zi  jangari  to‘dani 
tashkil etgan kishilarni ifodalamoqda. Ushbu qo‘llanishda qashqir so‘zi “tog‘da 
yashovchi  o‘ta  yirtqich  bo‘ri”  ma’nosini  emas,  balki  “tog‘da  uya  qurgan 
yirtqich kishilar” ma’nosini ifodalamoqda va leksema ongimizda ushbu ma’no 
bilan  emas,  balki  oldingisi  bilan  yashaydi.  Demak,  bu  ma’no  nutqiy  bo‘lib, 
tushuncha bilan vaqtinchalik bog‘lanishga ega. 
Jamiyat  taraqqiy  etishi  bilan  nutqiy  hosila  ma’no  vaqtincha  ifodalagan 
tushunchasi  bilan  doimiy  aloqadorlik  kasb  etib,  bora-bora  ijtimoiylashib, 
qo‘llanishi  barqaror  tus  olib  boradi  va  hosila  nutqiy  ma’no  lisoniylashadi. 
Natijada  bir  sememali  leksema  birdan  ortiq  sememali  leksemaga  aylanib 
boradi. 
Leksema  ko‘p  sememali  bo‘lsa,  har  bir  sememada  boshqa-boshqa 
tushuncha aks etgan sememalarda farqli semalar mavjud, har bir sememaning 
nutqiy  voqelanishidagi  qurshovi  o‘ziga  xos,  har  bir  sememasi  asosida 


Ma’ruza matnlari.  
 
114 
bog‘lanuvchi  birliklar  paradigmasi  turlicha  bo‘ladi.  Quyida  bir  leksemaning 
lisoniy mohiyati – sememalari tiklanishiga diqqat qilamiz.  
Bosh  leksemasi  birdan  ortiqparadigmatik  va  sintaktik  qurshovda  kelish 
imkoniyatiga  ega.  Birinchi  qurshovda  leksema  ega,  to‘ldiruvchi  kabi 
vazifalarda keladi va harakat, holat kabilarni ifodalovchi otlar bilan birikib, ot 
+ fe’l qurshovi hosilasi sifatida namoyon bo‘ladi:1. Boshim lo‘qillab og‘riyapti.2. 
Kirganimda  boshini  changallab  o‘tirar  edi.Бунда  лексеманинг  “tananing 
bo‘yindan  yuqori  qismi”sememasi  voqelangan.  Shuningdek,  leksema,  ushbu 
ma’nosi bilan qo‘l, oyoq leksemalari  bilan birgalikda tana leksemasi sistemasi 
tarkibiga  kiruvchi    unsur  hisoblanadi.Ayni  paytda  kalla  lksemasi  bilan 
sinonimik qator hosil qiladi. 
Bosh  leksemasining  ushbu  ushbu  sememasi  asosida  es,  aql,  hush 
leksemalari  bilan sinonimik  munosabat,  ruh,  jon  leksemalari  bilan paradigma 
hosil  qiladi.  Boshi  kompyuter,  boshi  ishlaydi  kabi  sintaktik  birikuvlar  hosil 
qiladi.  
Demak,  leksemaning  birinchi  sememasi  “Tananing  bo‘yindan  yuqori 
qismi”, 2 sememasi “odam miyasining xususiyati” mazmuniga ega. 
Bundan  ma’lum  bo‘ladiki,  leksemaning  sememamalir  miqdori  uning 
paradigmatik, ma’nodoshlik va sintagmatik munosabatlari asosida aniqlanadi. 
Leksemalarning  semantik  ko‘lamini  bilish  izohli  lug‘atlarni  tuzishda  juda 
zarur. Mavjud izohli lug‘atlardagi so‘zlar ma’nolarining behad ko‘pligi (ba’zan 
30  tagacha  ma’nolarning  ajratilishi)  lug‘atlar  tuzilayotgan  paytlarda  o‘zbek 
semasiologiyasi hali  o‘zining  leksema  sememalarini izchil ajratish  darajasida 
rivojlanmasligi  bilan  bog‘liq  edi.  O‘zbek  tilshunosligining  bugungi  taraqqiyot 
darajasi  mutlaqo  yangi  tipdagi,  zamonaviy  izohli  lug‘atlarni  tuzishni  taqozo 
etmoqda. 
Har  qanday  leksema,  xoh  u  bir  sememali,  xoh  ko‘p  sememali  bo‘lsin, 
nutqda ko‘p ma’noli bo‘ladi. So‘z esa nutqda hamisha bir ma’noli. 
 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish