Laboratoriya ishi №3. Disklarga xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar bilan ishlash Topshiriq



Download 94,36 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi94,36 Kb.
#253200
Bog'liq
Aytkaliyev 3-laboratoriya



Aytkaliyev Dosjan Informatika 2-kurs

Laboratoriya ishi №3.

Disklarga xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar bilan ishlash

Topshiriq:

Qattiq diskni defragmentatsiya qilish haqida yozma ma’lumot tayyorlash.

Defragmentatsiya bu — qattiq disk(vinchester) qismlarini(razdel) mantiqiy

strukturasini   yaxshilash(optimizatsiya)   maqsadida   bajariladigan   protsess

hisoblanadi.   Bu   protsess   orqali   vinchesterdagi   fayllar   mantiqiy   tartiblanadi.   Bu

protsessni amalga oshirish natijasida, kompyuter ishlashini tezlashtirish va qattiq

diskda sodir bo‘ladigan xatolarni oldini olish mumkin.

Defragmentatsiyani   ko‘pchilik   tushunmaydi   va   shu   sababli,   bu   ishni

bajarishmaydi. Buni tushuntirish uchun o‘sha mashxur misolni keltirish mumkin.

Misol uchun sizga, Windows’ga oid biror kitob kerak bo‘lib qoldi, siz kutubxonaga

borib,   dastlab   kompyuterga   oid   kitoblar   joylashgan   javonga   borasiz,   u   yerdan

boshidan   qidirib   o‘tirmaysiz,   darhol,   bu   javondan   «W»   harfiga   oid   kitoblarni

qidirishni boshlaysiz va tez topasiz. Endi o‘ylab ko‘rsak, agar kutubxonada kitoblar

tartib bilan qo‘yilmagan deylik, hammasi aralash joylashgan, siz o‘zingizga kerakli

kitobni topishingiz uchun, ancha vaqt kerak bo‘ladi, natija bor, topasiz agar kerak

bo‘lsa, lekin ancha vaqtingiz ketib qoladi.

Kompyuterda   ham   shunday,   fayllar   ma’lum   bir   bloklarga   bo‘linib,   shu

bloklar qattiq diskka yoziladi, o‘qish jarayonida bu bloklar birlashtirilib o‘qiladi,

agar bu bloklar har xil joyda joylashgan bo‘lsa, to‘liq faylni yig‘ish uchun, biroz

vaqt kerak bo‘ladi.

Nima sababdan defragmentatsiya qilish lozim?

1.   Vinchesterning   ishlash   vaqtini   oshirish   uchun,   fayllar   qancha   tartibli

joylashgan   bo‘lsa,  ularni  qidirishga   ko‘p  harakat  talab  qilinmaydi,  vinchesterga

yuklama kamroq tushadi.

2. Kompyuter ishlashini  tezlashtiradi,  kompyuter ishlashi  asosan  fayllarni

kiritish va o‘qishga asoslangan, tartibli fayllarni o‘qish, tartibsiz fayllarni o‘qishdan

ancha tez.



Aytkaliyev Dosjan Informatika 2-kurs

3. Vichesterda bo‘sh joylarni oshiradi.

4. Operatsion tizim ishlashi yengillashadi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, defragmentatsiya qilish albatta kerak,

lekin qaysi paytda, qaysi oraliq bilan qilish kerak?

1. Agar kompyuter tranzaksion rejimda ishlasa, ya’ni doimiy ravishda fayllar

yozilib va o‘chirilib turilsa, iloji boricha tez-tez, kamida har hafta bir marotaba

defragmentatsiya qilish tavsiya qilinadi.

2. Agar vinchesterda joy kam bo‘lsa(qattiq diskning 80% to‘lgan), har oyda

defragmentatsiya qilish tavsiya qilinadi.

3. Agar qattiq diskda ancha bo‘sh joy bo‘lsa va fayllar yozilish va o‘chirilishi

ko‘p marotaba bajarilmasa,  6 oyda bir marotaba defragmentatsiya qilish kifoya

qiladi.

Disklarni defragmentatsiya qilishni Windows utilitasi orqali ham yoki biror

boshqa utilita orqali ham amalga oshirish mumkin. 

Windows   7   operatsion   tizimida   disklarni   defragmentatsiya   qilish   uchun,

quyidagilar amalga oshiriladi.

1. Defragmentatsiya utilitasi chaqiriladi:

Pusk -> Vse programmi -> Standartnie -> Slujebnie -> Defragmentatsiya

diska. Hosil bo‘lgan oynadan, defragmentatsiya qilish kerak bo‘lgan disk tanlanadi

va «Defragmentatsiya diska«tugmasi bosiladi.

Shundan   so‘ng,   bu   utilita   diskni   tahlil   qilib   chiqadi(analiz)   va

defragmentatsiyani   boshlaydi.   Defragmentatsiya   bir   necha   bosqichdan   iborat

bo‘ladi.


Defragmentatsiyani   biror   vaqt   oralig‘ida   ishga   tushirish   kerakligini   berib

qo‘yish mumkin, uning uchun «Nastroit raspisaniye» tugmasi bosiladi va kerakli

vaqt o‘rnatiladi.



Aytkaliyev Dosjan Informatika 2-kurs

Bu   utilitani   «Komandnaya   stroka»   orqali   ham   ishga   tushirish   mumkin.

Uning uchun bu oynani ochamiz (pusk -> vipolnit -> cmd) va quyidagi buyruqni

teramiz. 

defrag C:/U

bu buyruq C diskni defragmentatsiya qiladi va «U» kalit so‘zi orqali, qilinayotgan

ishlarni   ko‘rish   mumkin   bo‘ladi.   Qolgan   kalit   so‘zlarni   bilish   uchun   «defrag»

buyrug‘i teriladi va kerakli kalit so‘zni topib, ishlatishingiz mumkin bo‘ladi.



Download 94,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish