4.5. Suvning o‘simlik organizmida taqsimlanishi
Suvning o‘simlik organizimida taqsimlanishi uning rivojlanishining fazasida
turlicha bo‘ladi. G‘o‘zaning rivojlanishi unib chiqish, shonalash, gullash va yetilish
fazalarida, g‘allasimonlarniki esa unib chiqish, to‘planish, gullash va yetilish
fazalaridan iborat.
G‘alla ekinlarining suvni eng ko‘p iste’mol qilishi boshoq chiqarish
(to‘planish) fazasiga to‘g‘ri keladi. G‘o‘za gullash fazasida umumiy sun’iy 55-65
% ini iste’mol qiladi. Tuproqda shu bilan birga tuproqqa unumdorlik beradigan
elementlar (kislorod, vodorod, uglerod, kaliy, kalsiy, magniy, temir, azot, fosfor,
oltingugurtlar) ham bo‘lishi kerak. G‘o‘zaning 67-77 %i suvdan iborat. Ekinlar
oziq moddalarni o‘zlashtirishi va hosil tugishi uchun ulardagi suv va oziq
moddalar ma’lum nisbatda bo‘lishi shart. Rivojlanishning har bir fazasida
o‘simlikning suvga talabi agrotexnikaviy tadbirlarga, tabiiy sharoitlarga va
gektardan olinishi mo‘ljallangan hosil miqdoriga qarab o‘zgaradi. Turli ekinlar
tuproq namligini turlicha talab qiladi. Masalan, texnika ekinlari, ildizmevalar va
kartoshka tuproqda to‘liq nam sig‘imining 60-70 %; ko‘p yillik o‘tlar, dukkaklilar
va g‘allasimonlar 70-80 %; tovar ahamiyatiga ega donli ekinlar 40-50 %; boshqa
donli ekinlar 50-60 % nam bo‘lishni talab qiladi.
Suv o‘simlik hayotining normal rivojlanishini muhim faktorlaridan biridir
139
o‘simlik organizmida sodir bo‘ladigan hamma protsesslar o‘simlik hujayralarida
yetarli miqdorda suv mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshadi. Ma’lumki,
o‘simliklar tanalarida o‘z og‘irliklarining 60-95 % miqdorida suv bo‘ladi.
O‘simliklarning urug‘lari unib chiqishi uchun shu urug‘ og‘irligining ma’lum
miqdoridagi og‘irligi hisobida suv zarur bo‘ladi. 4.5.1- jadvalda o‘simliklar
urug‘larini ekilganidan keyin unib chiqqungacha o‘simlik organizmi uchun zarur
bo‘ladigan suv miqdori ular og‘irligiga nisbatan % hisobida ko‘rsatilgan.
4.5.1- jadval
.
O‘simliklar urug‘larini ekilganidan keyin unib chiqqungacha
o‘simlik organizmi uchun zarur bo‘ladigan suv miqdori.
№
Ekinlar nomi
Zarur suv miqdori,%
1
Chigit
60,0
2
Makkajo‘xori
44,0
3
Bug‘doy
45,5
4
Arpa
48,2
5
Roj (Javdar)
57,7
6
Suli (Oves)
60,0
7
Qand lavlagi
120,3
8
Tarik (Proso)
25,0
9
Gorox (Noxot)
107,0
10
Loviya
76,0
11
Beda urug‘i
56,3
12
Konoplya
44,0
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki chigit o‘z og‘irligini
60% miqdorida namlikni (suvni) shimigandagina unib chiqa boshlaydi, shu sababli
chigitni ekishdan oldin tuproqda yetarldi nam to‘plash uchun har gektar yerga 600-
800 m
3
/ga suv beriladi yoki agar chigit quruq tuproqqa ekilgan bo‘lsa unga undirib
140
olish uchun ham suv beriladi. Bunda tuproqni sovitib yubormaslik uchun 50-60 sm
tuproq qatlamini namlash uchun har gektar yerga 650-700 m
3
/ga hisobida nam suvi
beriladi. Suv organizmning asosiy mineral tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu tufayli
ham atrof-muhitdagi suvning miqdori harorat bilan bir qatorda yashash muhitining
eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Suv hujayra organoidlarining kolloid holatini
ta’minlaydi, suvdagi va metabalizm jarayonida qatnashadigan ko‘p organik hamda
mineral moddalarni eritadi, hujayrani saqlaydi, fermentlar ishini kuchaytiradi. Suv
va unda erigan mineral tuzlar ildiz orqali o‘simlik organizmiga shimiladi
O‘simliklar uchun suvning asosiy manbai yomg‘ir va qor suvlaridir, bundan
tashqari o‘simliklar yana yer osti suvlari, shudring va tumanlardan ham
foydalanadilar. Ana shu suvlarning umumiy miqdori va ularning yil fasllari
bo‘ylab taqsimlanishi o‘simliklar hayoti uchun juda muhimdir. Masalan, ba’zi bir
tropik iqlim sharoitidagi mamlakatlarda ya’ni Janubiy-Sharqiy Osiyo yoki
Braziliyada bir yilda 10000 mm gacha yog‘in yog‘adi, buning ustiga iqlimi
issiq va qish ham bo‘lmaydi, natijada o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun
o‘ta qulay
sharoit
mavjud.
Masalan,
Braziliya hududida
40
ming
va
Indoneziya hududida 42 mingga yaqin o‘simlik turi o‘sadi. Markaziy Osiyo cho‘l
zonasida yog‘inning o‘rtacha yillik miqdori 80 150 mm ni tashkil etsa, Janubiy-
G‘arbiy Afrikada joylashgan Namibiya sahrosida (Valfishbay tumani) bir yilda
taxminan 8 mm yog‘in yog‘adi. Lekin shunga qaramasdan bu yerlarda ham
o‘simliklar o‘sadi. Markaziy Osiyoning tog‘li tumanlarida yog‘in ko‘p yog‘ib,
1200 mm gacha yetadi, uning yil fasllari bo‘ylab taqsimlanishi ham mavjud. Shu
sababli bu hududlarda 7 mingga yaqin o‘simlik turlari o‘sgan bir paytda quruq va
yozi issiq bo‘lgan cho‘l zonalarida esa atigi 800 ga yaqin o‘simlik turi o‘sadi.
O‘simliklar organizmlarida suv, moddalar almashinuvi uchun zarur asosiy vosita,
shuningdek, bir qancha kimyoviy fermentativ reaksiyalarning substrati hisoblanadi.
Suv to‘qimalar faoliyatini, oziq moddalar va almashinuv mahsulotlarining
141
singishini, fizik termoregulyatsiyani va hayot faoliyatiga tegishli boshqa
jarayonlarni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |