3.9. O‘simlik ildizlaridagi osmotik bosim, uning tuproq eritmasining
bosimi bilan bog‘liqligi
Qishloq xo‘jalik ekinlarini sun’iy sug‘orish yuqori hosil olish garovidir.
Chunki hosildorlik lalmikor yerlarga nisbatan 3-5 martagacha yuqori bo‘ladi.
O‘simliklarni sun’iy sug‘orish, ayniqsa, arid mintaqalari (suvning bug‘lanishi yillik
yog‘ingarchilik miqdori ancha ko‘p bo‘lgan joylar) uchun katta ahamiyatga egadir.
Chunki bunday mintaqalarda o‘simliklarda suv taqchilligi tez-tez sodir bo‘ladi.
Olimlarning ko‘rsatishicha, hatto juda qisqa muddatli suv taqchilligi ham
o‘simliklarning me’yorida o‘sishiga ta’sir qilmay qolmaydi. O‘simliklarda suv
105
kamchiligi, ayniqsa, suvning so‘rilishi, ildiz bosimi, og‘izchalar holati,
transpiratsiya, fotosintez, nafas olish fermentlarining faolligi, o‘sish va rivojlanish,
hosildorlik va hosil sifati kabi jarayonlarga ta’sir etadi. Sun’iy sug‘orishni to‘g‘ri
tashkil qilish uchun suv muvozanati va uni tashkil qiluvchi asosiy omillarni
e’tiborga olish zarur. Bunday omillarga quyidagilar kiradi:
1.
O‘simlik turlari va navlari (qurg‘oqchilikka chidamlilik darajasi, ildiz
tizimining rivojlanish xususiyatlari, o‘sish davrlari);
2.
O‘simliklar soni;
3.
Tuproq muhiti (tuproqdagi suv miqdori, tuproq eritmasining osmotik
bosimi, tuproqning tuzilmasi va namlik sig‘imi);
4.
Iqlim omillari (suvning yer ustidan bug‘lanish natijasida sarflanishi va
transpiratsiya, havo harorati va namligi, shamol, yorug‘lik, yog‘ingarchilik
miqdori) va boshqalar. Ayniqsa, arid mintaqalarda yetishtiriluvchi madaniy
o‘simliklarning suv rejimini tavsiflovchi fiziologik jarayonlarni o‘rganish va
ulardan foydalanib sug‘orish soni, muddatlari va me’yorini belgilash muhim
ahamiyatga ega. Dasht va cho‘llarda o‘sadigan, qurg‘oqchilikka chidamli
o‘simliklarga kserofitlar deyiladi. Kserofitlarda hujayralar kichik bo‘ladi, hujayra
po‘sti qalinlashgan, barg mezofilida palisad parenxima yaxshi rivojlangan, barg
tomirlari zich joylashgan, bargdagi og‘izchalar soni ham ko‘p bo‘ladi (3.9.1-rasm).
Ildizning osmotik bosimi yuqori bo‘lib, ba’zida 100 atmosferagacha yetadi.
Ildizlari tuproqga chuqur ketadi. Chunonchi, ildiz yantoqda 18 m, beda va qora
saksovulda 16-18 m gacha boradi.
Kserofitlarga shuvoq, yerman-shuvoq, izen, oq saksovul, qora saqsovul,
juzg‘un,
pista,
teresken,
kamforosma
va
shu
kabilar
kiradi.
Kserofitlarga oid maxsus bir guruh o‘simliklar sukkulentlar deyiladi. Bu o‘simlik
organlarida maxsus suv g‘amlovchi to‘qimalari yaxshi rivojlangan bo‘lib, ularda
suv zaxirasi saqlanadi. Bunday o‘simliklarga kaktuslar agavalar kiradi.
106
3.9.1-rasm. Kserofit o‘simliklar
Kserofitlar jumlasiga Markaziy Osiyo cho‘l zonasidagi sho‘rxok yerlarda
o‘sadigan sho‘rxoklar ham misol bo‘la oladi. Bunday o‘simliklarga danasho‘r,
seta, xaridondon, sarsazan va qizil sho‘rani misol qilish mumkin. Ular galofitlar
deb ataladi (3.9.2-rasm).
Nami yetarli bo‘lgan tuproq va iqlim sharoitida o‘sadigan o‘simliklar
mezofitlar deyiladi. Bu xil o‘simliklar hujayralaridagi osmotik bosim kserofitlarga
qaraganda pastroq ya’ni, 11-15 atmosfera orasida bo‘ladi. Mezofitlarga ko‘pchilik
daraxt va aksari ekiladigan o‘t o‘simliklar: g‘o‘za, beda, makkajo‘xori, qovun,
tarvuz, pomidor, boyimjon hamda deyarli hamma mevali o‘simliklar kiradi. Bu xil
o‘simliklarning ildizi uncha chuqur ketmaydi, lekin u kuchli tarmoqlanib, tuproq
orasida katta hajmni egallab oladi.
107
3.9.2-rasm. Galofit o‘simligi.
Namlik ko‘p bo‘lgan sharoitda, ya’ni daryo bo‘ylari, o‘tloqlar, hamda
o‘rmonlar orasida o‘sadigan o‘simliklar bo‘lib, ularning barglari odatda yirik,
kutikulasiz va tuksiz bo‘ladi. Barg yuzasidagi og‘izchalar doimo ochiq bo‘lib, ular
bargning ham ostki, ham ustki qismida joylashadi. Ildizlari tuproqga chuqur
kirmaydi, chunki ildizlar yoyilgan joy doimo nam bo‘ladi. Ulardagi osmotik bosim
8-12 atmosferani tashkil etadi. Daryo va ko‘l bo‘ylarida o‘sadigan savagich,
qamish, qiyoq, ba’zi bir begona o‘simlik turlari va madaniy ekinlardan, sholi
gidrofitlarga misol bo‘ladi (3.9.3-rasm).
3.9.3- rasm. Gidrofit o‘simliklar.
108
Do'stlaringiz bilan baham: |