2.4. Tuproqning granulometrik tarkibi, uning havo, issiqlik va suv
rejimlariga ta’siri
G‘ovak tuproq paydo qiluvchi jinslarning granulometrik tarkibi ularning
hosil bo‘lishi va boshlang‘ich jinslar harakteriga bog‘liq. Tog‘ jinslarining nurash
mahsulotlari parchalanishi, suv va shamol oqimlari ta’sirida ko‘chirilish va
yotqizilishi jarayonida ularning qayta saralanishi va yer yuzasida yirik bo‘lakli
50
jinslar, qumli, changli yoki loyli yotqiziqlar holida to‘planishi sodir bo‘ladi. Bunda
allyuvial va eol yotqiziqlari tarkibi bir-biriga o‘xshash, yaxshi saralangan qum,
qumloq, soz zarrachalarini ko‘p saqlaydigan holga o‘tadi. Muz, muz-suv va
deluvial yotqiziqlari esa yomon saralangan, har xil kattalikdagi zarra (bo‘lak)lar
aralashmasidan tashkil topgan.
Turli katta kichikligidagi zarralar odatda turli minerologik hamda kimyoviy
tarkibga ega. Tuproqlarda mexanik elementlar nafaqat boshlang‘ich ona jinslardan
o‘tgan, albatta asosiy qismi shunday kelib chiqishiga ega bo‘lsa ham, ammo bir
qismi tuproq paydo bo‘lish jarayonida ham hosil bo‘lgan. Shuning uchun
tuproqning mexanik elementlarini mineral, organik yoki organo-mineralli
zarrachalar tashkil etadi. Shunga ko‘ra tuproq mexanik elementlari birlamchi (ona
jinslaridan o‘tgan) yoki ikkilamchi (yangi hosil bo‘lgan) bo‘lishi mumkin.
Hozirgi vaqtda N.A.Kachinskiy tavsiya etgan mexanik elementlar
klassifikatsiyasi ko‘p ishlatiladi (2.4.1--jadval).
Tuproqning suv o‘tkazuvchanligi, nam sig‘imi kabi xossalari hamda havo-
suv, issiqlik kabi rejimlari mexanik tarkibi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, sug‘orish
va zax qochirish melioratsiyasida bu ko‘rsatkichlar muhim rol o‘ynaydi.
Qum va qumloq tuproqlar yengil haydalganidan dehqonchilikda bularni yengil
tuproqlar jumlasiga kiritiladi. Suvni yaxshi o‘tkazib, maqbul havo rejimiga ega, tez
isiydi. Lekin bu tuproqlar qator salbiy xususiyatlarga, jumladan, kam nam
sig‘imiga ega. Shuning uchun hatto seryog‘in rayonlarda ham o‘simliklarga nam
yetarli bo‘lmaydi.
Yengil tuproqlarda chirindi va o‘simliklar uchun zarur oziq moddalar kam
va singdirish qobiliyati past bo‘ladi, shamol eroziyasiga ko‘proq uchraydi. Og‘ir
qumoq va soz tuproqlar ancha yuqori birikkanligi va nam sig‘imining ko‘proq
bo‘lishi bilan harakterlanadi. Oziq moddalar bilan yaxshiroq ta’minlangan,
chirindiga boy. Bunday tuproqlarga ishlov berishda aytilganidek, ancha ko‘p kuch
va energiya sarflanadi. Shuning uchun bu tuproqlar og‘ir tuproqlardeb yuritiladi.
51
2.4.1- jadval. Mexanik elementlar klassifikatsiyasi
Zarrachalar o‘lchami, mm
Mexanik elementlar
(fraksiyalar) nomi
Gruppalari
>3
3-1
Tosh
Shag‘al
Tosh qismi
1-0,5
0,5-0,25
0,25-0,05
0,05-0,01
Qum:yirik
O‘rta
Mayda
To‘zon(chang): yirik
«Fizik qum»
0,01-0,005
0,005-0,001
0,001-0,0005
0,0005-0,0001
<0,0001
O‘rta
Mayda
Loyqa: dag‘al
Nozik
Kolloidlar
«Fizik loy»
Strukturasiz og‘ir tuproqlar noqulay fizik va fizik-mexanik xossalarga ega.
Suv o‘tkazuvchanligi past, yengil changlanib ketadi, qatqaloq hosil bo‘ladi,
zichligi yuqori, yopishqoqligi va ko‘pincha havo, issiqlik rejimlarining noqulay
bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bu tuproqlar ham qumli va qumloq tuproqlar singari
qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun uncha qulay emas. Strukturali va kam
52
strukturali engil qumoq va o‘rta qumoq tuproqlar qator maqbul xossalari bilan
harakterlanib, dehqonchilik uchun qulaydir.
Tabiiy iqlim sharoitlari va tuproq tiplariga ko‘ra mexanik tarkibining
maqbulligi ham o‘zgaradi. Masalan, dasht zonasining yaxshi strukturali qora
tuproqlari uchun ancha og‘ir mexanik tarkib (og‘ir qumoq va soz tuproqlar) ham
namni yaxshi to‘plash imkonini beradi. Bo‘z tuproqlarda esa o‘rtacha qumoq
mexanik tarkib ancha yaxshi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |