Jizzax politexnika instituti «qurilish materiallari va konstruksiyalari»


Eskirgan  asfaltbetonlarni  qayta  ishlash



Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/176
Sana31.12.2021
Hajmi5,57 Mb.
#252778
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   176
Bog'liq
2 5451824292025077351

Eskirgan  asfaltbetonlarni  qayta  ishlash.  Ma’lumki,  yo‘l  qurilishida 
eskirgan  va  buzilgan  asfaltbeton  ustiga  ko‘pincha  yangi  qatlam  yotqiziladi. 
Natijada  yo‘l  qatlamining  qalinligi  serqatnov  ko‘chalarda  qalinlashib  ketadi.  Bu 
esa  o‘z  navbatida  yo‘llarning  sifatini  pasaytiradi  va  me’moriy-qurilish 
yechimlariga mos bo‘lmay qoladi. Shu sababli eskirgan asfaltbetonlarni ikkilamchi 
material  sifatida  qayta  ishlab  yana  yo‘l  qoplamalariga  yotqizilsa,  ko‘p  miqdorda 
to‘ldiruvchilar va bitum tejaladi, shuningdek, iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. 
Qayta  ishlanishi  kerak  bo‘lgan  eski  asfaltbeton  qoplama  yuzasi  yuqori 
chastotali  elektr  maydoni  yoki  gaz  vositasida  qizdiriladi  va  shu  yerning  o‘zida 
eritilib,  yumshagan  qatlam  ko‘chirib  olinadi,  so‘ngra  unga  kerakli  miqdorda 
qo‘shimcha bitum qo‘shilib qorishtiriladi. Tayyor bo‘lgan qorishma qaytadan yo‘l 
qoplamasiga yotqizilib zichlantiriladi. 


Yillar  davomida  eskirgan  asfaltbeton  tarkibidagi  mayda  va  yirik 
to‘ldiruvchilar  undagi  bog‘lovchi  bitumni  o‘ziga  singdirish  hisobiga  sirti 
faollashgan 
mineral 
toshga 
aylanadi. 
Bunday 
to‘ldiruvchilar  qaytadan 
tayyorlanadigan  asfaltbeton  qorishma  uchun  eng  sifatli  materiallar  hisoblanadi. 
Eskirgan  asfaltbetonni  ishlatish  texnologiyasini  yaratishdan  oldin  ularning 
xossalari  laboratoriya  sharoitida  o‘rganiladi.  Uzoq  vaqt  ishlatilgan  asfaltbetondan 
silindr  shaklidagi  namunalar  qirqib  olinadi.  Undagi  bitum,  mayda  va  yirik 
to‘ldiruvchilar ajratiladi va sinab ko‘riladi. 
Eskirgan asfaltbetonni qayta ishlash va va uni yo‘l qurilishida keng miqyosda 
qo‘llashning  o‘ziga  xos  qiyinchiliklari  mavjud  Chunki  eskirgan  asfaltbetonning 
tarkibi  o‘zgaruvchandir.  Yo‘llarni  ta’mirlash  va  qayta  qurishda  eskirgan 
asfaltbetonning quyi va yuqori qatlami bir  yo‘la ko‘chirib olinadi, natijada, uning 
oldingi tarkibi o‘zgaradi. Bundan tashqari, turli hil yo‘llardan yig‘ilgan asfaltbeton 
to‘planadi  va  ularning  umumlashgan  yangi  tarkibini  hisoblashda,  sinov  ishlarida 
ma’lum qiyinchiliklar tug‘iladi. 
Eskirgan  asfaltbeton  yuzasi  qizdirilayotganda  issiqliq  harorati  undagi  bitum 
xossalariga salbiy ta’sir etmasligini ta’minlash kerak. Bunda regeneratsiya usulida 
asfaltbeton  qorishmasini  tayyorlash  texnologiyasi  qo‘llaniladi.  Ushbu  texnologiya 
asosida eskirgan asfaltbetonni qurilayotgan yo‘lning o‘zida maxsus uskunalarda va 
regeneratsiya  mashinalarida  qaytadan  tayyorlanadi.  Regeneratsiya  mashina 
ballonlardagi gaz yordamida 180...200 
0
C gacha qizdiruvchi infraqizil nurlar bilan 
asfaltbetonning  eni  2...7,5  m  gacha  bo‘lgan  ustki  qatlamini  yumshatadi. 
Yumshagan  qatlamga  shu  ernin  o‘zida  yuza-faol  qo‘shilmalar  hamda  bitum 
qo‘shib  qorishtiriladi,  keyin  esa  yo‘l  qoplamasiga  qaytadan  yotqizilib 
zichlantiriladi.  Bunda  koplamaning  zichlanganlik  darajasi  va  boshqa  sifat 
ko‘rsatkichlari,  ayniqsa  qoplamalarning  ulanish  choklari  talab  darajasida  bo‘lishi 
kerak . 
Ishlab  chiqarish  va  ishlatilish  sharoitlarini  qondira  oluvchi  regene- 
ratsiyalangan eski asfaltbetonlarning tashqi belgilari qorishmaning o‘zgarishsiz bir 
hil  rangda  bo‘lishi,  qorishma  yuzasida  har  qanday  pardalar,  mineral  materiallar 
bilan  bitum  aralashtirilganda  yaltirab  ko‘rinuvchi  dog‘larning  bo‘lmasligi, 
qorishmaning haroratga chidamliligi kabilar bilan tavsiflanadi. 
 

Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish