O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/322
Sana31.12.2021
Hajmi3,37 Mb.
#252465
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   322
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Ixtiyorsiz  diqqat  esa  qo‘zg‘atuvchining  kuchli  ta‘siri  asosida  yuzaga  keladi.  Masalan,  kuchli 
qo‘zg‘atuvchilar hisoblangan baland ovoz, yorqin nur, bo‘yoq, kuchli hid beixtiyor kishi diqqatini o‘ziga jalb etadi. 
Shuningdek,  kishining  extiyojlariga  muvofiq  keladigan  uning  uchun  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  qo‘zg‘atuvchilar 
ixtiyorsiz diqqatni qo‘zg‘aydi. 
Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, 
zavqli bo‘lsa, diqqatning uzoq vaqt mobaynida to‘planib turishini taqozo etadi. 
Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo‘nalganligina ham bog‘liqdir. Masalan, teatr bilan qiziqadigan kishi 
extimol  futbol  bo‘yicha  bo‘lajak  musobaqa  haqidagi  e‘longa  e‘tibor  bermasdan,  ayni  chog‘da  teatrga  oid  yangi 
e‘lonni  tezroq  payqashi  mumkin.  Ixtiyorsiz  diqqat  sub‘yektning  anglashilgan  niyatlaridan  mustasno  tarzda,  uning 
biron  bir  irodaviy  urinishlarisiz  ro‘y  beradi.  Ixtiyorsiz  diqqatning  asosiy  vazifasi  muhitning  doimiy  ravishda 
o‘zgarib  turadigan  sharoitlarida  tez  va  to‘g‘ri  mo‘ljal  olishdan,  uning  mazkur  paytda  eng  ko‘p  darajada  hayotiy 
mazmun kasb etishi mumkin bo‘lgan ob‘yektlarni alohida ajratib ko‘rsatishdan iboratdir. 
Ixtiyoriy  va  ixtiyorsiz  diqqatdan  tashqari  uning  yana  bir  alohida  turini-ixtiyoriydan  so’nggi  diqqatni 
alohida ko‘rsatish mumkin. Bu tushuncha psixologiyada N.F.Dobrinin tomonidan joriy etilgandir. 
Agar  maqsadga  yo‘naltirilgan  faoliyatda  shaxs  uchun  diqqatning  ixtiyoriy  to‘planganidagi  kabi  faqat 
faoliyat  natijasi  emas,  balki  uning  mazmuni  va  jarayonining  o‘zi  qiziqarli  va  ahamiyatli  bo‘lsa,  bu  ixtiyoriydan 
so‘nggi diqqat to‘g‘risida mulohaza yuritishga asos beradi. Bu holda faoliyat kishini shu qadar qiziqtirib yuboradiki, 
u  diqqatni  ob‘yektga  qaratish  uchun  sezilarli  irodaviy  kuch-g‘ayrat  sarflamasa  ham  bo‘laveradi.  Shunday  qilib, 
ixtiyoriydan  so‘nggi  diqqat  ixtiyoriy  diqqatdan  keyin  namoyon  bo‘lgan  holda  shuning  o‘zidangina  iborat  deb 
hisoblanishi mumkin emas. Bu diqqat anglanilgan holda ilgari surilgan maqsad bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli u 
ixtiyorsiz  diqqatdangina  iborat  qilib  qo‘yilishi  ham  mumkin  emas.  Masalan,  yuqori  sinf  o‘quvchisi  imtixonga 
tayyorlanayotib,  qiyin  kitobning  qisqacha  mazmunini  yozib  chiqarkan,  oldiniga  o‘zini  diqqat-e‘tiborli  bo‘lishga, 
alahsimaslikka majbur qiladi. Lekin keyinchalik  u ishga shunday qiziqib ketadiki, oqibatda uni kitobdan chalg‘itish 
qiyin bo‘ladi. Dastavval irodaviy kuch-g‘ayratlar madadiga tayangan diqqat ixtiyoriydan so‘nggi diqqatga aylanadi. 
Ixtiyoriydan  so‘nggi  diqqat  biror  narsaga  uzoq  vaqt  davomida  juda  ham  barqaror  qaratilishi  bilan  belgilanadi, 
ko‘proq yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatni, barcha turdagi mehnatning yuksak unumdorligini asosli 
ravishda ana shunday diqqat turi bilan bog‘liq deb hisoblaydilar. 
Diqqatni  irodaviy  kuch-g‘ayratlar  yordami  bilan  doimo  bir  maromda  saqlab  turish  o‘ta  zo‘riqishni  talab 
qiladi va kishini juda ham toliqtirib qo‘yadi. O‘qitish jarayonida ixtiyoriydan so‘nggi diqqatning alohida ahamiyatga 
ega ekanligi xuddi shu holat bilan belgilanadi. Dastavval u ixtiyoriy diqqat sifatida paydo bo‘lishi munosabati bilan 
faoliyatning, ishga  «tortish» jarayonining ilk bosqichlarini  puxta  tashkil etish  shart.  Ixtiyoriydan  so‘nggi diqqatga 
xos  bo‘lgan  qiziqish  shaxsning  faolligiga  bog‘liqdir.  Bunday  faollikning  shakllanishi  esa  faoliyatda  ijodkorlik 
alomatlarining gavdalanganligiga borliq bo‘ladi.  
Diqqatning  fiziologik  mexanizmlarini  tushunib  yetishda  dominanta  (nasldan-naslga  o‘tuvchi  asosiy  belgi) 
prinsipi  alohida  ahamiyatga  egadir.  A.A.Uxtomskiyning  fikriga  ko‘ra,  miyada  hamisha  qo‘zg‘alishning  ustun 


 
160 
hukmronlik  qiluvchi  markazi  mavjud  bo‘ladi.  A.A.Uxtomskiy  dominantani  «yuksak  darajadagi  qo‘zg‘alish 
markazlari»  konstellyasiyasi  deb  ta‘riflaydi.  Dominantaning  hukmronlik  qiluvchi  sifatidagi  xususiyati  shundan 
iboratki,  u  qo‘zg‘alishning  yangi  hosil  bo‘ladigan  markazlarini  faqat  tiyib  qo‘ya  qolmaydi,  balki  sust 
qo‘zg‘alishlarni  o‘ziga  jalb  etishga  va  shu  tufayli  ularning  hisobga  yanada  kuchayishiga,  ular  ustidan  yanada 
ko‘proq  darajada    ustunlik  qilishga  ham  qodirdir.  Dominanta  qo‘zg‘alishning  barqaror  markazi  hisoblanadi. 
A.A.Uxtomskiy: ««Dominanta» degan nom zamirida yuksak darajadagi qo‘zg‘alishning ko‘proq yo ozroq barqaror 
markazi tushuniladi», deb yozgan edi. A.A.Uxtomskiyning dominanta to‘g‘risidagi tasavvurlari uzoq vaqt davomida 
diqqatning harakatlantiruvchi mexanizmini tushunish imkonini beradi. 
Yuksak  darajadagi  qo‘zg‘alish  markazlarida  miyaning  faoliyati  uchun  yaratiladigan  eng  qulay  shart-
sharoitlar,  shubhasiz,  diqqatning  yo‘naltirilgan  tarzda  jamlanganligi  holatida  barcha  bilish  jarayonlarining  yuksak 
samarali bo‘lishini belgilab beradi. 
Diqqat  turlicha  sifat  ko‘rinishlari  bilan  ta‘riflanadi.  Diqqatning  bu  ko‘rinishlarini  diqqatning  sifati  yoki 
xususiyatlari deb ataladi.  
1. Diqqatning barqarorligi. Ma‘lum ob‘yekt ustida diqqatni uzoq muddat to‘plab tura olish xususiyati. 
2. Diqqatning beqarorligi barqarorlikning aksi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari. 
3.  Diqqatning  ko‟chishi.  Diqqat  ko‘chuvchanlik  xususiyatiga  ega.  Kishining  bir  faoliyatdan  ikkinchi 
faoliyatga  o‘tishini  ko‘chuvchanlik  xususiyati  ta‘minlaydi.  Masalan,  birinchi  dars  matematika,  ikkinchi  dars 
adabiyot. 
4.  Diqqatning  taqsimlanishi.  Kishi  bir  vaqtning  o‘zida  bir  nechta  faoliyat  bilan  shug‘ullanishi  mumkin. 
Bunga  diqqatning  taqsimlash  xususiyati  imkon  yaratadi.  Masalan,  qishloq  ayoli  urchuq  yigirib  o‘tirib,  televizor 
ko‘rishi, suhbatlashishi. 
5.  Diqqatning  bo‟linishi.  Kishi  konkret  faoliyat  bilan  shug‘ullanayotganda  ob‘yektiv  va  sub‘yektiv 
ta‘sirlar tufayli diqqatning bo‘linishi sodir bo‘ladi. Masalan, dars jarayonida eshikning taqillashi. 
Diqqati bilan  ham odamlar bir-biridan  farq qiladi. Masalan, diqqati tor  yoki keng  ko‘lamli, barqaror  yoki 
beqaror va hokazo.  

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish