Beshinchi payg'ambar
HAZRAT HUD ALAYHISSALOM
To'fondan so'ngra (Yaman) viloyatinda (Hazramavt) atrofinda Ahqof degan
yerda Od qavmi paydo bo'lub, shaharlarini obod qilub, nihoyatda mahkam
imoratlar soldilar. Bu qavm ham to'g'ri yo'ldan chiqub, butlarga ibodat qilur edilar.
Janob Haq bu qavmga Hud alayhissalomni payg'ambar qilub yubordi. Hazrat Hud
alayhissalom qavmlarini imonga da'vat qildilar. Mo'jizalar ko'rsatdilar. Nihoyatda
oz kishi imon kelturub, boshqalari shirk va zalolatda qoldilar. So'ngra uch yil
qahatchilik bo'lub, shahar va bog'larning suvlari to'xtadi. Xotunlari yetti yil bola
tug'madi. Barcha hayvonlar o'lub bitdi. Bularni ko'rub ham imon keltur-madilar.
Janob Haq ul qavmni «sarsar» ismli shamol birla halok qildi. Hazrat Hud
mo'minlar ila Makkai mukarramaga borub, umrlarini toat va ibodatda kechurdilar.
Qabri shariflari Makkai mukarrama shahrindadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |