Мавзу: маънавий маданият таркибида диннинг ўрни



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#251871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
manaviy madaniyat tarkibida dinning orni

Xulosa  

 

Ma’naviyat  jamiyat  taraqqiyotining  muhim  omili  bo’lar  ekan,  u  nafaqat 

bugungi  madaniy  boyliklarga, shu  bilan birga xalqimizning ko’p  asrlik  ma’naviy 

merosiga  ham  tayanadi.  O’zbekiston  xalqining  boy  ma’naviy  merosi 

I.A.Karimovning  aytganlaridek  «ikki  jabhani  –  olamni  ilmiy  bilishi  va  diniy-

falsafiy ta’limotni o’z ichiga oladi». Ajdodlarimizning asrlar davomida to’plangan 

hayotiy  tajribalari,  ilmiy  kashfiyotlari,  axloqiy  ta’limotlari  va  badiiy-estetik 

boyliklari istiqlol yillarida ma’naviy islohotlarning poydevorini tashkil qiladi.  Bu 

o’rinda  dinning,  jumladan  islom  ma’naviyati  va  axloqiy  ta’limotining  mavqyei 

ham kam emas. 

Sobiq  sho’rolar  davrida  diniy  qadriyatlarga,  jumladan  islom  ta’limotiga 

nisbatan  mafkuralashgan  salbiy  munosabat,  uni  odamlar  va  jamiyat  taraqqiyoti 

uchun zararli deb topish, kurashgan ateizm tamoyillarini mutloqlashtirish ma’naviy 

hayotga  ziyon  keltirdi.  Dinning  odamlar  turmush  tarzi,  urf-odatlari,  milliy 

an’analari  bilan  uzviy  bog’liqligi,  u  axloq-odob,  ma’naviyatni  boyitishda  muhim 

manba ekanligi inkor etildi.  

Din  ijtimoiy  ong  shakllaridan  biri  sifatida  kishilar  ma’naviy  hayotining 

kuchli  va  ayrim  paytda  hatto  asosiy  omili  bo’lib  kelgan.  E’tiqod  sifatida  e’tirof 

etilgan  tamoyillarga  qat’iy  amal  qilish  va  uni  kundalik  turmushda  bajarish  dinda 

asosiy  o’rin  egallaydi.  Diniy  talablar  har  bir  shaxsdan  qat’iylik,  irodalilik,  sabr-

toqatlilik, shukronalilik, e’tiqodga amal qilish, xullas insoniylikni taqoza etadi va 

kishining  ma’naviy-ruhiy  salohiyatini  shakllantiradi.  Prezidentimiz  I.A.Karimov 

Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui ochilishiga bag’ishlangan nutqlaridan dinning 

inson  ma’naviyatini  kamol  toptirishidagi  roliga  baho  berib;  «Men  ilohiy 

dinimizning  olijanob  intilishlarimizda  xizmat  qiladigan,  xayrli  ishlarimizda  bizga 

madad  beradigan  bitmas  –  tuganmas  kuch  –  qudrat  manbai  bo’lib  qolishiga 

ishonaman»

1

-deb, ta’riflaganlar. 



                                                 

1

 «Миллий тикланиш», 1998, 27 октябрь. 




 

61 


Barcha  jahon  dinlari  kabi  islom  dini  ham  kishilarni  ma’naviy  jihatdan 

tarbiyalashda,  mehr-muruvvatni  o’zaro  hurmat  va  yordam,  halol-pok  yashashga 

undovchi umuminsoniy qadriyatlarni o’zida mujassamlashtiradi. 

Mustaqillik tufayli ma’naviyatimiz tarixida va har bir inson va dinga e’tiqod 

qiluvchilar  uchun  diniy  qadriyatlarning  tutgan  mavqyei  o’z  o’rniga  qo’yildi. 

O’zbekiston  Respublikasining  Konstitusiyasida,  «Vijdon  erkinligi  va  diniy 

tashkilotlar to’g’risida»gi Qonunda (yangi tahriri, 1998 y.) dindorlarning huquqlari 

kafolatlangan,  dinga  bo’lgan  munosabat  tubdan  o’zgardi.  Din  ma’naviy 

madaniyatimizning  tarkibiy  qismi  sifatida  e’tirof  etildi.  Milliy  va  umuminsoniy 

fazilatlarni  mujassamlashtirgan  islomiy  qadriyatlar  va  ularning  asosiy  qoidalari, 

ma’naviy  islohotlarning  axloqiy  zaminini  tashkil  etadi.  Din  mustaqillik 

ma’naviyatining    tarkibiy  qismiga  aylangan  bugungi  kunda  uning  axloqiy 

qimmatining ortib borishi tabiiydir. 

Diniy  e’tiqodlar,  g’oyalar  va  ta’limotlar  hozirgi  davrda  mamlakatimizda 

amalga  oshirilayotgan  demokratik  islohotlarning  poydevori  bo’lib  xizmat  qiladi. 

Umuman  din  va  islom  dini  ham  hozirgi  zamonda  tinchlik,  osoyishtalik,  iymon, 

ehson,  poklik,  insonparvarlik,  vatanparvarlik  uchun  odamlarni  yo’naltiradigan 

ma’naviy-ruhiy kuchdir. 

Bozor  munosabatlariga  o’tish  jarayonida  kishining  fe’l-atvori,  xulq-odobi, 

dunyoqarashi, ma’naviyati va ruhiyati milliy va umuminsoniy qadriyatlar ta’sirida 

shakllanadi. Shuning uchun faqatgina Respublikamizgina emas, balki butun MDH-

da  ham  dinga  ma’naviy  madaniyatning  tarkibiy  qismi  sifatida  qarash,  dinning 

jamiyatdagi  ijtimoiy  funksiyalarini  e’tirof  etish  hozirgi  zamon  dinshunoslik 

fanining asosiy innovasion tamoyilini tashkil etadi. Tadqiqotchilar dinning falsafiy

dunyoqarash  funksiyasiga  ishora  qilib,  uning  insonga  yashashdan  maqsad,  hayot 

mazmunini,  bu  dunyo  masalalariga,  inson  hayotining  muammolariga  o’z 

munosabatini  bildirib  turishga  undaydigan  omil  sifatida  qarashdilar.  Bundan 

tashqari, jamiyat, guruh va shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo’lgan din 

umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, unga 



 

62 


zaminiy mazmun baxsh etgan va hamma uchun bajarishi majburiy-imperativ xulq-

atvor qoidasiga aylantirgan.  

Dinning  insonparvarlik  funksiyasi,  shubhasiz  insonni  ma’naviy-ruhiy 

shakllantirish  orqali  amalga  oshadi.  Bu  jihatdan  islom  ta’limoti  ham  o’zining 

insonparvarlik g’oyasi va mazmuni bilan jahon dinlari tizimida alohida mavqyega 

ega.  Islomning  gumanistik  mazmuni  inson  va  jamiyatni  ma’naviy  poklanishiga 

yo’l  ochadi.  Islom  ta’limotida  ezgulik  va  insoniylikka  da’vat  etuvchi,  inson 

ruhiyatiga  ijobiy  ta’sir  qiluvchi  boy  va  sermazmun  o’gitlar  bisyor.  I.A.Karimov 

ta’kidlaginidek, «Islom dini… biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham 

ma’rifat ekanligini unutmaylik… Ana shu ma’rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul 

qiladilar  va  yaxshi  o’gitlarga  amal  qiladilar.  Mehr  –  oqibatli,  nomusli,  oriyatli 

bo’lishga,  izzat-ehtirom  tushunchalariga  rioya  etishga  harakat  qiladilar.  Din  xalq 

ma’naviyatining,  ma’rifatining  yuksalishiga  katta  hissa  qo’shib  kelgan  ekan, 

bugungi  davlatchiligimiz  haqida  so’z  yuritganda,  rejalar  tuzganda  dinni,  eng 

avvalo,  ham  milliy,  ham  umuminsoniy  qadriyat  sifatida  e’tiborda  tutishimiz 

kerak».  Shuning  uchun  hozirgi  paytda  islom  qadriyatlariga  suyanish, 

musulmonchilikning  asl  tamoyillarini  rivojlantirish,  ularni  kishilarimiz  hayotiy 

faoliyatlarida  singdirish  ham  tarixiy,  ham  mantiqiy,  ham  madaniy  jihatdan 

zarurdir.  Ayni  paytda  bu  xilqimizning  dunyoqarashi,  axloqining  mazmunini 

belgilashda asosiy mezonlardan hisoblanadi. 

Din  va  dindorlar  ahlining  jamiyatda  tutgan  o’rnini  inobatga  olgan  holda, 

ma’naviy  hayot  bilan  diniy  munosabatlarni  uyg’unlashtirish  masalasi  ijobiy  hal 

etilmoqda.  Mustaqillik  sharoitida  e’tiqod  erkinligi,  davlat  bilan  dinning  o’zaro 

munosabati,  dindor  fuqarolar  haq-huquqlarining  konstitusion  negizi  qo’yilishi, 

Respublika  ijtimoiy  hayotida  dinning  mavqyei,  xalq  o’rtasida  totuvlik 

ta’minlashdagi  ahamiyati,  o’gitlarga  amal  qiladilar.  Mehr-oqibatli,  nomusli, 

oriyatli  bo’lishga,  izzat-ehtirom  tushunchalariga  rioya  etishga  harakat  qiladilar. 

Din  xalq  ma’naviyatining,  ma’rifatining  yuksalishiga  katta  hissa  qo’shib  kelgan 

ekan, bugungi davlatchiligimiz haqida so’z yuritganda, rejalar tuzganda dinni, eng 

avvalo,  ham  milliy,  ham  umuminsoniy  qadriyat  sifatida  e’tiborda  tutishimiz 




 

63 


kerak».  Shuning  uchun  hozirgi  paytda  islom  qadriyatlariga  suyanish, 

musulmonchilikning  asl  tamoyillarini  rivojlantirish,  ularni  kishilarimiz  hayotiy 

faoliyatlarida  singdirish  ham  tarixiy,  ham  mantiqiy,  ham  madaniy  jihatdan 

zarurdir,  ayni  paytda,  bu  xalqimizning  dunyoqarashi,  axloqining  mazmunini 

belgilashda asosiy mezonlardan hisoblanadi. 

Din  va  dindorlar  ahlining  jamiyatda  tutgan  o’rnini  inobatga  olgan  holda, 

ma’naviy  hayot  bilan  diniy  munosabatlarni  uyg’unlashtirish  masalasi  ijobiy  hal 

etilmoqda.  Mustaqillik  sharoitida  e’tiqod  erkinligi,  davlat  bilan  dinning  o’zaro 

munosabati,  dindor  fuqarolar  haq-huquqlarining  konstitusion  negizi  qo’yilishi, 

Respublika  ijtimoiy  hayotida  dinning  mavqyei,  xalq  o’rtasida  totuvlikni 

ta’minlashdagi  ahamiyati,  teng  huquqli  fuqarolar  deganda  insonparvarlik  va 

vatanparvarlik  qoidasining  ro’yobga  chiqishida  dinning  ijobiy  ta’sir  ko’rsatishi 

kabi  murakkab  muammolar  oqilona  tarzda  hal  etildi.  Din  mustaqillik 

ma’naviyatining tarkibiy qismiga aylangan bugungi kunda uning axloqiy qimmati 

yanada ortib borishi tabiiy.  

Bugun  mustaqililk  tufayli  dinga  bo’lgan  munosabatimiz  tubdan  o’zgardi. 

Dinni  «inson  uchun  zararli»,  «jamiyat  taraqqiyotida  to’sqinlik  qiladi»  degan 

noto’g’ri  tushunishlar  o’rniga  uning  ma’naviy  madaniyatimizning  ajralmas  bir 

qismi bo’lishi, kishilarni barkamollikka, ezgu ishlarga va bardoshlikka o’rgatuvchi 

bir  butun  dunyoqarash  tizimi,  turmush  tarzi  ekanligini  hav  anglamoqdamiz. 

Shuning  uchun  faqatgina  bizning  respublikamizgina  emas,  balki  butun  MDH 

dinshunoslik  fanida  ham  dinni  ma’naviy  madaniyatning  tarkibiy  qismi  sifatida 

e’tirof etish, uning jamiyatdagi integrasion funksiyalarini va hayotiyligini xolisona 

ko’rsatish tamoyili keng yoyilgan. 

Din  umuminsoniy  va  milliy  qadriyalarni  saqlab  qolish  hamda  avloddan-

avlodga yetkazish ishiga yordam berib kelgan va bugun ham odamlarga hayotdagi 

muammo  va  qiyinchiliklarni  yengib  o’tishda  ruhiy  kuch-quvvat  bag’ishlab, 

ishonch  hissini,  ertangi  kunga  umidini  mustahkamlab  kelmoqda.  Prezidentimiz 

I.A.Karimov  ta’kidlaganlaridek,  «Din  odamzod  hyech  qachon  yomon  yo’lga 

boshlaydi.  Din  bu  dunyoning  o’tkinchi  ekanini  oxiratni  eslatib  turadi,  odam 




 

64 


bolasini  hushyor  bo’lishga,  harom  yo’llardan  uzoq  yurishga,  yaxshi  bo’lishga, 

yaxshi iz qoldirishga undab turadi». 

Bugun  jahon  afkori  ommasi  XXI  asr  –  tinchlik  asri  bo’lmog’i  uchun 

kurashmoqda. Bu yo’lda diniy bag’rikenglik, dinlararo muloqot katta ahamiyatga 

ega.  An’anaviy  diniy  bag’rikenglik  o’lkasi  sifatida  ma’lum  va  mashhur  bo’lgan 

O’zbekiston  bu  jabhada  ham  o’z  burchini  sharaf  bilan  ado  etmoqda. 

Respublikamizda  islom  dini  bilan  bir  qatorda  15  diniy  konfessiya  qonun  asosida 

emin-erkin faoliyat ko’rsatmoqda. 

Asrlar  davomida  insoniyatning  ma’naviy  axloqiy  va  madaniy  qiyofasini 

shakllantirib  kelgan  jahon  dinlari,  jumladan  islom  dini  tomonidan  ardoqlangan 

umuminsoniy  axloqiy  qadriyatlar  mustaqillik  sharoitida  xalqimizning  ma’naviy 

tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. 

  

 

  



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

65 



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish