Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida qabul qilingan qarorlarni
bekor qilish yoki o‘zgartirish.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida qabul
qilingan qarorlar manfaatdor shaxsning arizasiga ko‘ra vakolatli davlat organi, boshqa
tashkilot yoki mansabdor shaxs tomonidan bekor qilinishi yoxud o‘zgartirilishi yoki sud
tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir
etilganligi natijasida qabul
qilingan qaror bekor qilingan
, o‘zgartirilgan yoki haqiqiy emas
deb topilgan taqdirda, uning qabul qilinishi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga
yetkazilgan zararning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |