Plastifikatorlarning
klassifikatsiyasi. Plastifikator sifatida organik
birikmalarning har xil sinfiga tegishli moddalar ishlatiladi. Kelib chiqishiga qarab
ularni quyidagi turlarga bо‘lish mumkin:
Neft maxsulotidan olinadigan moddalar;
Toshkо‘mir qayta ishlash mahsulotlari;
О‘simlik moddalari;
Yog‘ kislotalari;
Sintetik moddalar
Neftni qayta ishlash chiqindilari.
Yuqorida kо‘rsatilgan moddalar qatorida hozirgi davrda sanoat
chiqindilaridan foydalanish muhim vazifalardan biri bо‘lib hisoblanadi.
Neftni qayta ishlab chiqarish chiqindilarining plastifikator sifatida
ishlatilishi. Shu sifatda masalan neftni qayta ishlash chiqindi-larining (NQCH)
plastifikatorli xossalaridan elastomer kompozitsiyalarida foydalanishni kо‘rib
chiqaylik. Bu masalada neftni qayta ishlash chiqindilarini elastomerlarning
shishalash temperaturasiga ta’sirini, deformatsiya va qayishqoqlik moduli asosida
aniqlangan (jadval -5).
Do'stlaringiz bilan baham: |