YUqori puanson. U bir yoki bir nechta silindr shaklidagi o‗ta silliqlangan yassi yoki
botiq yuzaga ega bo‗lib, mashinaning ekssentrik moslamasiga ulangan bo‗ladi. YUqori puanson
ish jarayonida yuqoriga va pastga harakat qiladi. Pastga harakat qilish vaqtida qolip ichiga kirib,
massani presslaydi. Tabletka tayyorlaydigan mashinaning bosim kuchi, yuqori puansonni pastga
qanchalik chuqur tushish darajasi bilan belgilanadi. Bu kuch ekssentrik markaz yordamida
amalga oshiriladi. Qolip va puansonlar XVG (GOST 5950-73) va X 12 M (DST 5950-3) navli
po‗lat va boshqa qattiq qotishmalardan tayyorlanadi. Puanson yuza qismining qattiqligi NKS 54-
58, qolipniki esa NRS 58-62 bo‗lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |