Termiz davlat universiteti tarix fakulteti falsafa kafedrasi dinshunoslik



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/335
Sana31.12.2021
Hajmi3,05 Mb.
#250854
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   335
Bog'liq
dinshunoslik

YAhve  shohidlari  (yoki  Iegov  shohidlari)  yo‘nalishiga  1873  yilda  Charlz 
Teyz  Rassel  (1852-1916)  tomonidan  asos  solingan.  Yo‘nalishning  diniy  ta’limoti 
uning etti tomlik «Muqaddas YOzuvni o‘rganish» kitobiga asoslanadi. 


142 
 
CH.Rassel  vafotidan  keyin  tashkilotga  rahbarlik  qilgan  Iosif  (Djozef) 
Franklin  Ruzerford  iegovochilikka  «armageddon»  (ya’ni,  go‘yoki,  oxirzamonda 
Iso  boshchiligidagi  iegovochilar  va  SHayton  boshchiligidagi  jinlar  qo‘shini 
o‘rtasida  bo‘lib  o‘tadigan  jang)  tushunchasini  kiritdi.  SHuningdek,  u  har  yili 
iegovochilarning xalqaro konferensiyalarini o‘tkazishni, 50 ga yaqin kitob muallifi 
sifatida  targ‘ibot  ishlarida  radio  va  grammo-plastinkalardan  foydalanishni  yo‘lga 
qo‘ydi. 
«Iegov  shohidlari»  Uchlik  haqidagi  aqidani  rad  etishadi,  lekin  boshqa 
yo‘nalishlar  kabi  uning  barcha  ko‘rinishlarini  izohlashadi.  Ular  xudoning  o‘z 
shaxsiy ismi bor, bu ism «Iegov»dir va u barcha narsalarning asosi va yaratuvchisi, 
deb hisoblaydilar. 
Iegovchilar  Iso  Xudoning  O‘g‘li  bo‘lgan  deb  e’tiqod  qilsa-da,  uning  Xudo 
bo‘lganini  inkor  qilishadi.  Ularning  ta’limotiga  ko‘ra,  Iso  Iegovo  tomonidan 
yaratilgan  yagona  insondir,  qolgan  barcha  insonlar  Masih  orqali  yaratilgan. 
Muqaddas  Ruh-Xudoning  ko‘rinmas  kuchi  bo‘lib,  u  dunyo  yaratilishida 
qatnashgan.  Iso  Golgofa  tog‘ida  xochga  emas,  balki  ustunga  mixlangan  deb 
hisoblaganlari sababli ishlatilmaydi. 
Iegov butun insoniyat tarixida 144 ming kishini tanlab olgan, ular o‘lgandan 
so‘ng  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  tiriladi  va  osmon  podshohligiga  o‘tib  ketishadi.  Hozirgi 
kunda o‘sha tanlangan 144 ming kishi, ya’ni «kichik poda»dan (imoni mustahkam 
va din yo‘lida ko‘p xizmat qilgan) 11 mingtasi tirik, deb e’tiqod qilinadi. Qolgan 
imonlilar,  ya’ni  Iegovo  shohidlariga  qo‘shilgan  «qo‘ylar»ga  (oddiy  dindorlar)  Er 
yuzida abadiy jannatda yashashlari va’da qilinadi. 
«Iegov  shohidlari»  faqatgina  Iso  Masih  o‘limini  eslash  kechalari  bilan 
bog‘liq bayramni nishonlaydilar. SHu kuni jamoa a’zolari qarindosh va tanishlarini 
uylariga  taklif  qilishadi.  Dasturxonda  Isoning  tana  va  qonining  ifodasi  deb 
bilinadigan xamirturishsiz non va qizil, quruq vino bo‘lishi shart. 
«Iegov  shohidlari»  diniy  tashkiloti  qat’iy  markazlashgan  xarakterga  ega. 
Uning  diniy-ma’muriy  markazi  -  Boshqaruv  korporatsiyasi  hisoblanadi.  U 
15kishidan  iborat  bo‘lib,  Bruklinda  (AQSH,  Nyu-York)  joylashgan.  Boshqaruv 
korporatsiyasining  90  dan  ortiq  filiallari  dunyoning  turli  mamlakatlarida  targ‘ibot 
ishlarini  olib  boradi.  Xristianlikning  ko‘zga  ko‘ringan  vakillari  iegovochilarning 
xristianlik bilan hech qanday umumiyligi yo‘q, degan fikrdalar. 
Markaziy  Osiyoda  «Iegov  shohidlari»  diniy  tashkilotining  birinchi 
jamiyatlari  1950-yillarda  paydo  bo‘lgan  va  norasmiy  ravishda  faoliyat  ko‘rsatib 
kelgan.  Bugungi  kunda  respublikamizda  «Iegov  shohidlari»ning  1  ta  tashkiloti 
rasman ro‘yxatga olingan. 


143 
 
«Iegov shohidlari» missionerlikka katta e’tibor beradi. Jamoa paydo bo‘lgan 
davrdan  boshlab,  asosan  uyma-uy  yurish  va  adabiyotlar  tarqatish  bilan  o‘z 
izdoshlarini  ko‘paytirishga  harakat  qiladi.  Ayrim  ma’lumotlarga  ko‘ra,  hozirgi 
kunda  iegovochi  missionerlarning  soni  700  mingdan  ortiq  kishini  tashkil  etadi. 
Jamoa  rahbariyati  tomonidan  missionerlarni  tayyorlash  ishlariga  katta  ahamiyat 
beriladi.  AQSHning  Nyu-York  shahrida,  jamoaning  bosh  ofisi  bilan  bir  joyda 
«Galaad» nomli missionerlar tayyorlash markazi mavjud. Ushbu markazda tashkil 
etilgan besh oylik kurslarda butun dunyodan kelgan missionerlar tahsil olishadi. 
Missionerlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va adabiyotlarni nashr 
etish  uchun  «Qo‘riqchi  minora»,  «Bibliya»  va  «Risolalar  jamiyati»  tuzilgan. 
Ushbu jamiyat korporatsiya deb atalib, bosh qarorgohi tashkilot asosiy binosi bilan 
bir joyda, AQSHning Bruklin shahrida joylashgan. Korporatsiyani etti direktordan 
iborat boshqaruv kengashi boshqaradi va ular korporatsiya prezidentini saylaydilar. 
Hozirgi  kunda  «Iegov  shohidlari»  230  dan  ortiq  mamlakatda  faoliyat  olib 
boradi va dunyo bo‘yicha 111 ta mintaqaviy vakolatxonalarga ega. 
Iegovchilar  missionerlikni  o‘ziga  xos  tarzda  va  tizimli  tashkil  etganlar. 
Mutaxassislar  fikricha,  «Iegov  shohidlari»  o‘z  tarafdorlarini  shakllantirishda  jalb 
etishning  80  dan  ortiq  usulidan  foydalanadilar.  Jumladan,  ular  o‘z 
da’vatchilarining  ovoz  ohanglarida  tinchlantirish  va  mehr  tuyg‘ulari  bo‘lishiga 
alohida e’tibor beradilar. Iegovchilar missionerlikni: 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish