Termiz davlat universiteti tarix fakulteti falsafa kafedrasi dinshunoslik


-  diniy  aqidaparastlikni  targ‘ib  qiluvchi  videomahsulotlarning  namoyish  etilishiga qarshi qonuniy choralar ko‘rish;  -



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/335
Sana31.12.2021
Hajmi3,05 Mb.
#250854
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   335
Bog'liq
dinshunoslik

-  diniy  aqidaparastlikni  targ‘ib  qiluvchi  videomahsulotlarning  namoyish 
etilishiga qarshi qonuniy choralar ko‘rish; 
-  diniy  mavzudagi  kitoblar,  risolalar  va  boshqa  turdagi  matbaa  asarlarida 
e’tiqodga  ko‘r-ko‘rona  mukkasidan  ketish,  bevosita  va  bilvosita  milliy  va 
diniy mahdudlik, aqidaparastlik targ‘ib etilishining oldini olish; 
-  viloyatlar  markazlarida  diniy  adabiyotlar  sotuviga  ixsoslashtirilgan  maxsus 
do‘konlar tashkil etish, sotilayotgan diniy adabiyotlar mazmunini nazoratga 
olish kabi muhim chora-tadbirlar belgilab berilgan. 
«Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to‘g‘risida»gi  Qonunning  19-
moddasida  diniy  ekstremizm,  separatizm  va  aqidaparastlik  g‘oyalari  bilan 
yo‘g‘rilgan  matbaa  nashrlar,  kino,  foto,  audio,  video  mahsulotlari  va  shu  kabi 
boshqa mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va tarqatish muayyan javobgarlikka olib 
kelishi mumkinligini nazarda tutadi. Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksning  184
2
-moddasiga  asosan  Diniy  mazmundagi  materiallarni  tarqatish 
maqsadida  qonunga  xilof  ravishda  tayyorlash,  saqlash,  O‘zbekiston  Respublikasi 
hududiga olib kirish yoki tarqatish, fuqarolarga eng kam oylik ish haqining yigirma 
baravaridan  yuz  baravarigacha, mansabdor  shaxslarga esa  –  ellik  baravaridan  yuz 
ellik  baravarigacha  miqdorda  jarima  solishga  sabab  bo‘lishi  nazarda  tutilgan. 
SHuningdek,  ma’muriy  jazo  qo‘llanilganidan  so‘ng  bir  yil  davomida  xuddi 
shunday qilmish takroran sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 244
3
-moddasiga asosan 
eng  kam  oylik  ish  haqining  yuz  baravaridan  ikki  yuz  baravarigacha  miqdorda 
jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  tarqatish  maqsadida  tayyorlanadigan 
diniy  mazmundagi  mahsulotlarni  ekspertizadan  o‘tkazishda  ularning  mohiyati 
davlatimiz  siyosati,  milliy  istiqlol  g‘oyasi  va  diniy  ta’limotlarga  zid  emasligi, 
bunday  mahsulotlarga  qay  darajada  ehtiyoj  mavjudligi,  ular  diniy  da’vat  va 
missionerlikka,  aholi  o‘rtasida  ixtilof  va  ziddiyatlar  kelib  chiqishiga  sabab 
bo‘lmasligiga alohida e’tibor qaratiladi.  
Ma’lumki,  O‘zbekiston  dunyoviy  davlat  hisoblanadi.  SHu  bois  qonunga 
xilof  tarzda  dinga  dav’at  etish,  undash  ta’qiqlanadi.  Ma’muriy  javobgarlik 
to‘g‘risidagi  kodeksning  202
1
-moddasiga  muvofiq,  O‘zbekiston  Respublikasida 
g‘ayriqonuniy  nodavlat  notijorat  tashkilotlari,  oqimlar,  sektalar  faoliyatida 


132 
 
qatnashishga  undash  –  eng  kam  ish  haqining  ellik  baravaridan  yuz  baravarigacha 
miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa 
olishga  sabab  bo‘ladi.  Jinoyat  kodeksining  216
1
-moddasiga  muvofiq,  yuqoridagi 
qonunbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, eng kam 
ish  haqining  yigirma  besh  baravaridan  ellik  baravarigacha  miqdorda  jarima  yoki 
uch  yilgacha  axloq  tuzatish  ishlari  yoxud  olti  oygacha  qamoq  yoki  uch  yilgacha 
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.  
Biron-bir  fuqaro  o‘zining  dinga,  dinga  e’tiqod  qilishga  yoki  e’tiqod 
etmaslikka,  ibodat,  diniy  rasm-rusumlar  va  marosimlarda  qatnashish  yoki 
qatnashmaslikka, diniy ta’lim olishga o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u 
yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Bu  haqida  Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeksning  241-moddasida 
ham aytib o‘tilgan bo‘lib, diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzganlik uchun 
ma’muriy  javobgarlik  belgilangan.  Mazkur  moddaga  ko‘ra,  «Maxsus  diniy 
ma’lumoti  bo‘lmay  turib  va  diniy  tashklot  boshqaruvi  markaziy  organining 
ruxsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, xuddi shuningdek, xususiy tartibda diniy 
ta’limotdan  saboq  berish»  ma’muriy  huquqbuzarlik  hisoblanib,  bunday  harakat 
uchun eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima 
solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga qamoqqa olish jazosi belgilanadi. 
Agar biror shaxs bunday qilmish uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgandan 
so‘ng bir yil davomida takroran shunday harakatni sodir etsa, Jinoyat kodeksining 
229
2
-moddasiga asosan eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha 
miqdorda  jarima  yoki  uch  yilgacha  axloq  tuzatish  ishlari  yoxud  olti  oygacha 
qamoq  yoki  uch  yilgacha  ozodlikdan  mahrum  qilish  bilan  jazolanishi  ko‘zda 
tutilgan. SHunday ekan, xususiy tartibdagi diniy ta’lim javobgarlikka asos bo‘ladi.  
Bundan  tashqari,  milliy,  irqiy,  etnik  yoki  diniy  adovat  qo‘zg‘atish  (156-
moddA),  jamoat  birlashmalari  yoki  diniy  tashkilotlarni  qonunga  xilof  ravishda 
tuzish  (216-moddA),  g‘ayriqonuniy  jamoat  birlashmalari  va  diniy  tashkilotlar 
faoliyatida  qatnashishga  undash  (216
1
-moddA),  diniy  tashkilotlar  to‘g‘risidagi 
qonun  hujjatlarini  buzish  (216
2
-moddA),  diniy  ta’limotdan  saboq  berish  tartibini 
buzish  (229
2
-moddA),  jamoat  xavfsizligi  va  jamoat  tartibiga  tahdid  soladigan 
materiallarni  tayyorlash  yoki  tarqatish  (244
1
-moddA),  diniy  ekstremistik, 
separatistik,  fundamentalistik  yoki  boshqa  taqiqlangan  tashkilotlar  tuzish,  ularga 
rahbarlik  qilish,  ularda  ishtirok  etish  (244
2
-moddA)  kabi  jinoyatlar  uchun  jinoiy 
javobgarlik belgilangan. 


133 
 
Demak,  diniy  ekstremizm  va  u  bilan  bog‘liq  holda  sodir  etiladigan 
jinoyatlarning oldini olish uchun eng avvalo, kishilarni, ayniqsa, yoshlarni huquqiy 
savodxonligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.  
Xulosa  qilib  aytganda,  respublikamizda  diniy  ekstremizm  va  terrorizmga 
qarshi  kurashning  o‘ziga  xos  huquqiy  mexanizmi  fuqarolarning  huquq  va 
erkinliklarini kafolatlash, diniy ta’lim tizimini takomillashtirish, diniy mazmundagi 
materiallarni tayyorlash va tarqatishni tartibga solish, shuningdek, din bilan bog‘liq 
turli  nizolarning  oldini  olish  orqali  yurt  tinchligi  va  xavfsizligini  ta’minlashda 
o‘ziga xos xizmat qilmoqda. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish