3. Diniy sektalar va ular faoliyatining oqibatlari. Sektalarga xos
xususiyatlar haqida gap ketar ekan, ayrim sektalar muayyan konfessiya doirasida
shakllanib, asosiy e’tiborni sobiq e’tiqoddoshlari orasida targ‘ibot olib borishga,
ba’zi sektalar esa boshqa konfessiyaga mansub insonlar orasidan ham o‘z
tarafdorlarini shakllantirishga harakat qilishini ta’kidlash zarur.
Ayni paytda, hech bir konfessiyaga mansub bo‘lmagan, muayyan shaxs –
«ustoz», «yo‘lboshchi» yoki «rahnamo» tomonidan asos solingan va aholining
duch kelgan ijtimoiy va konfessional qatlami bilan ish olib boradigan sektalar ham
mavjudligini qayd etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |