Termiz davlat universiteti tarix fakulteti falsafa kafedrasi dinshunoslik



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/335
Sana31.12.2021
Hajmi3,05 Mb.
#250854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   335
Bog'liq
dinshunoslik

SO’Z BOSHI 
 
Dinshunoslik  gumanitar  fanlar  qatoridagi  insoniyatning  madaniy,  ma’rifiy, 
fikriy  tarixini  o‘z  ichiga  olgan  ilmlar  qatoriga  kiradi.  O‘zbekiston  Respublikasi 
ta’lim  tizimining  umumiy  o‘rta  ta’lim  bosqichida  o‘qitiladigan  «Dinshunoslik» 
fanlari  doirasida  dinlar  tarixi,  ta’limoti,  manbalari  kabi  dinshunoslikning 
boshlang‘ich  asoslari  o‘qitiladi.  SHu  sababli  ham  oliy  ta’lim  tizimining  bakalavr 
bosqichidagi  «Dinshunoslik»  fani  doirasida  quyi  bosqichda  berilgan  ma’lumotlar 
asosida  dinlarning  rivojlanish  tendensiyalari,  bugungi  kundagi  holati  hamda  din 
niqobidagi  turli  buzg‘unchi  g‘oyalarning  kelib  chiqish  sabablari,  oldini  olish 
yo‘llari  haqidagi  ma’lumotlar  taqdim  etilishi  maqsadga  muvofiq.  Ushbu 
konsepsiyadan kelib chiqqan holda ushbu o‘quv-uslubiy majmuada asosan tahliliy 
ma’lumotlar keltirildi. 
Mamlakatimizdagi  ko‘pkonfessiyalilik  sharoitida  turli  millat,  elat  va  din 
vakillari  orasidagi  totuvlikni  ta’minlash,  jahonda  tinchlik  va  barqarorlikni 
mustahkamlash  ishiga  munosib  hissa  qo‘shish  har  bir  fuqaroning,  ayniqsa,  oliy 
ma’lumotli 
ziyolining 
muqaddas 
burchidir. 
Respublikamiz 
Prezidenti 
SH.Mirziyoev  tomonidan  ta’kidlanganidek,  «Jamiyatimizda  diniy  konfessiyalar 
o‘rtasida hamjihatlik  va  fuqarolar totuvligini mustahkamlashni biz bundan buyon 
ham eng dolzarb va ezgu vazifamiz deb bilamiz»
1

Dunyo  miqyosida  millatlararo va  konfessiyalararo hamkorlik, hamjihatlikni 
mustahkamlash  ko‘p  jihatdan  jamiyat  hayotiga  bag‘rikenglik  tamoyillarining 
samarali  joriy  etilishiga  bog‘liq.  Jahondagi  murakkab  va  ziddiyatli  kechayotgan 
jarayonlar  turli  din  vakillari  o‘rtasida  o‘zaro  hurmat,  hamkorlik  va  hamjihatlik 
ruhidagi  aloqalarni  mustahkamlash  tarixiy  zaruriyat  ekanini  ko‘rsatmoqda. 
SHuning  uchun  ham  mamlakatimizda  qabul  qilingan  «2017-2021  yillarda 
O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi»ning beshinchi bandida «xavfsizlik, millatlararo totuvlik va 
diniy  bag‘rikenglikni  ta’minlash  hamda  chuqur  o‘ylangan,  o‘zaro manfaatli  va 
amaliy tashqi siyosat» mamlakatimizda asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.  
Respublikamiz  Prezidenti tomonidan 2017  yil 19  sentyabr  kuni  BMT  Bosh 
Assambleyasining 72-sessiyasida bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, 
diniy  erkinlikni  ta’minlash,  e’tiqod  qiluvchilarning  huquqini  himoya  qilish, 
ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan «Ma’rifat va 
diniy  bag‘rikenglik»  deb  nomlangan  maxsus  rezolyusiyasini  qabul  qilish  taklifi 
                                                           
1
 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. 
2017 йил, 22 декабрь // 
www.uza.uz
 



 
ilgari  surilishi
2
  ham  turli  konfessiyalar  o‘rtasidagi  hamjihatlikka  davlatimizda 
xalqaro ahamiyatga ega masala sifatida qaralayotganining yorqin ifodasidir. 
O‘zbekistonda  davlat  va  din  masalalarini  bilish  jamiyatimizning  har  bir 
ilg‘or fuqarosining burchidir. Davlat va din o‘zaro munosabatlarini tartibga solish 
bo‘yicha respublikamizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar hatto butun 
jahon miqyosida ham e’tiborga loyiq.  
O‘quv-uslubiy majmuada davlat va din munosabatlariga oid taqdim etilgan 
ma’lumotlar kelgusida Vatan taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish niyatida bo‘lgan 
yoshlarimizning amaliy faoliyatida dasturul amal bo‘lib xizmat qiladi. 
Oliy ta’limning bakalavr bosqichi talabalari dinning mohiyati, uning falsafiy 
talqinlari, unga berilgan turli ta’riflar haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘lishlari 
lozim. SHuning uchun ham ushbu qo‘llanmada dinni o‘rganishdagi yondashuvlar, 
dinshunoslik maktablari, asosiy namoyandalari haqida etarlicha ma’lumot berilgan.  
Din  insoniyatning  ruhiy  dunyosi  bilan  chambarchas  bog‘liq,  ijtimoiy 
hayotda doimo u bilan birga bo‘lib kelgan. Markaziy Osiyo xalqlari e’tiqod qilib 
kelgan islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilgan. 
Islom dini doirasida yuzaga kelgan turli mazhab va yo‘nalishlarning asl mohiyati 
haqida etarli darajada bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish ushbu dindagi har xillik 
va ixtiloflar orasidagi farqlarni to‘g‘ri ajrata bilishga yordam beradi. 
Respublikamizda  dinshunoslik  sohasini  rivojlantirish,  milliy  va  diniy 
qadriyatlarni  e’zozlash,  dinning  ma’naviy-ma’rifiy  jihatlarini  xalqimizga  keng 
yoritib  berishga  qaratilayotgan  e’tiborni  quyidagilarda  ham  yaqqol  ko‘rishi 
mumkin:  O‘zbekiston  Prezidenti  Sh.Mirziyoyev  tashabbuslari  bilan  Toshkent 
islom  universitetida  ISESCO  tashkilotining  maxsus  kafedrasi  ochilishi; 
Samarqandda  –  Imom  Buxoriy  ilmiy  markazida  hadisshunoslik,  Imom  Moturidiy 
markazi  qoshida  kalom  ilmi,  Farg‘onada  –  Marg‘inoniy  ilmiy  markazida  islom 
huquqi  maktabi,  Buxoroda  –  Bahouddin  Naqshband  markazida  tasavvuf, 
Qashqadaryoda  –  Abul  Muin  Nasafiy  markazida  aqida  ilmi  maktabining  tashkil 
etilishi;  «O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzurida  Imom  Buxoriy 
xalqaro  ilmiy-tadqiqot  markazini  tashkil  etish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»,  «Abu 
Iso  Termiziy  xalqaro  ilmiy-tadqiqot  markazini  tashkil  etish  chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi  qarorlar,  «Abduxoliq  G‘ijduvoniy  tavalludining  915  yiilligini  va 
Bahouddin  Naqshband  tavalludining  700  yilligini  nishonlashga  tayyorgarlik 
ko‘rish  hamda  uni  o‘tkazish  to‘g‘risida»gi  farmoyishning  qabul  qilinishi, 
                                                           
2
 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти 
Бош Ассамблеясининг 72-сессиясидаги нутқи // “Халқ сўзи”, 2017 йил 20 сентябрь.
 



 
«O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi»ning tashkil etilishi, «O‘zbekiston 
Islom  akademiyasini  tashkil  etish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  qarori  va  boshqalar.  Shu  bilan  birga,  Respublikamiz 
Prezidenti  BMT  Bosh  Assambleyasidagi  nutqida  «Muqaddas  dinimizni 
zo‘ravonlik  va  qon  to‘kish  bilan  bir  qatorga  qo‘yadiganlarni  qat’iy  qoralaymiz», 
deya,  islom  dinining  ezgu  va  tinchlikparvar  mohiyati,  yurtimiz  allomalarining 
islom  sivilizatsiyasi  rivojiga  qo‘shgan  bebaho  hissalari,  yurtimizda  ma’naviy 
merosni tiklash bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida so‘zladi.   
Bugungi kundagi globallashuv jarayonlari faol kechayotgan bir vaqtda, ming 
afsuski,  dindan  o‘z  g‘arazli  maqsadlarini  amalga  oshirishda  foydalanishga 
intilayotgan  kuchlar  ko‘plab  topilmoqda.  Diniy  ekstremizm,  mutaassiblik, 
missionerlik,  tarixda  o‘tgan  hamda  yangi  paydo  bo‘layotgan  destruktiv  sekta  va 
oqimlar harakatlari shular jumlasidandir. Ushbu o‘quv-uslubiy majmuada ularning 
namoyon  bo‘lish turlari,  o‘z-o‘zini  niqoblash usullari va  ularga  qarshi  «jaholatga 
qarshi  ma’rifat»  shiori  ostida  kurash  olib  borish  yo‘llari  ko‘rsatib  berilgan. 
Ayniqsa, hozirda ommaviy axborot vositalari orasida eng faol vosita bo‘lib qolgan  
internet  va  kibermakondagi  diniy-mafkuraviy  xurujlar,  ularga  qarshi  yoshlarda 
immunitet hosil qilish masalalariga keng o‘rin ajratilgan. 
 
 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish