1.1. O`simliklar olami to`g`risida umumiy tushuncha
O`simliklar olami anorganik moddalardan organik moddalarni hosil
qiluvchi, qayta tiklash mumkin bo`lgan tabiatning mo`jizaviy organizmi bo`lib,
modda almashinuvida boshlang`ich bo`g`im hisoblanadi. Inson uchun kerakli
bo`lgan moddiy boylik, ya’ni oziq-ovqat, kiyim-kechak, yoqilg`i-energiya hamda
qurilish materiallari asosan o`simlik mahsulotlaridir. Ular asosan fotosintez
jarayonida hosil bo`ladi. Shuning uchun o`simliklarni insonlarni turli ehtiyojlarini
qondiruvchi asosiy tabiiy resurslar sifatida ta’riflaymiz.
Hozirgi vaqtda Yerning biosferasida 20 mingdan ortiq zamburug`lar, 23
ming yo`sinlar, 9 ming paporotniklar, 640 ochiq urug`li va 200 mingdan ortiq
yopiq urug`li o`simlik turlari uchraydi. O`simlik turlarining tarqalishi bo`yicha
golarktik hududlaridan turlar soni kamroqdir, lekin palearktik va neotropik
viloyatlar hududlarida o`simlik turlarining xilma-xilligi va soninig boyligi
kuzatiladi.
Yer yuzida hosil bo`ladigan biologik massaning asosini fitomassa tashkil
qilib, u hayvonlar hosil qiladigan ikkilamchi massadan o`simliklar hosil qiladigan
ikkilamchi massadan o`simliklar hosil qiladigan biomassa 70-100 marta ko`pdir.
Yer yuzidagi hosil bo`ldigan biomassaning umumiy miqdori 3·10
12
- 1·10
13
tga
teng, shundan tuproq organizmlarining o`g`irligi 10
9
t ga ga teng bo`lsa,
o`simliklar hosil qiladigan biomassaning miqdori 1,5-5,5
10
t ga tengdir. O`simliklar
quyoshdan keladigan energiyadan (yiliga 5x10
20
kkal) to`la foydalanadi va
fotosintez jarayonida turli miqdorda organik moddalar hosil qiladi. Quyosh
9
energiyasidan foydalanish hiisobiga quruqlikda yiliga 3,1x10
10
– 5,8x10
10
t va
dengizlarda 2,7 x 10
10
organik moddalar hosil bo`ladi. Shu jumladann
o`rmonlarda hosil bo`ladigan organik moddalarning miqdori 2,04 x 10
10
t teng; o`t
o`simliklar 0,38x10
10
t, cho`l o`simliklari esa 0,56x10
10
t organik modda hosil
qiladi.
Bizga ma’lumki,o`simliklarning 500 minnggacha turlari mavjud. Shulardan
40 mimg turi yo`qolish xavfi ostida. Sobiq Ittifoq hududlarida o`simliklarning
17520 turi o`sgan. Ularni 1676 turkum v 160 oilaga biriktirilgan. Ilmiy
ma’lumotlarga ko`ra, qutb va tundra hududlarida gulli o`simliklarning 189-507
ga yaqin turiuchraydi. Rossiyaning Yevropa va G`arbiy Sibir hudularida
uchraydigan o`cimliklarning turlar soni 1061-1347ta atrofida. Sharqiy Sibir,
uzoq Sharq va kam o`rmonli o`tloqzorlarda 640-1185 ga yaqin o`simlik
turlaritopilgan. Janubiy tog`li tumanlarda o`simliklarning 1774-2935 turi, Volga
bo`ylarida 1418 turi, Irtish vohasida 1600 turi uchrashi aniqlangan.
Eron-Turon tekisliklarida 704-1647 ga yaqin, Pomir-Oloy tog`li
tumanlarida esa 3460 dan ortiq, Qizilqum cholida esa hammasi bo`lib 940 ga
yaqin tur o`simlik turlari topilgan.
Hozirgi kun ma’lumotlariga ko`ra, O`rta Osiyo hududida 11-12 ming gulli
o`simliklar turi, 3,4-4000 atrofida zamburug`lar, 3,8-4000 atrofida suvotlar va 400
dan ortiq yo`sinlarning turlari tarqalgan. O`zbekistonda 4200 ta yuksak
o`simliklarning turi tarqalgan. O`rta Osiyo bo`yicha quyi va yuksak
o`simliklarning umumiy turlar soni 20000 ni tashkil etadi.
Yer yuzida flora turiga eng boy hudud bu tropik mintaqa hisoblanadi.
U yerlarda gulli o`simliklarning 120 mingdan ortiqroqdir. Amazonka tekisliklarida
50 mingdar ortiq, Shimoliy Amerikada 17000, Yevropada 12000 turlar
aniqlangan. Malayziya florasi ham turlarga juda boy joy bo’lib,u yerda 40000 ga
yaqin o`simlik turi uchraydi. Hindixitoyda 25000 tur, Yangi Zellandiyada 19
ming o`simlik turi uchraydi.
Afrika qit’asi ham o`ziga xos flora turlariga ega bo`lib, Gvineya-Kongo
florasida 8000-20000 gacha gulli o`simliklar turi bo`lib, ularning 80 %i endemik
10
(mahalliy)dir. Zambiyada 850 tur bo`lib,uning 54%i endemik. Sudan yerlarida
2750 tur uchrasa, Kap viloyatida 7000 dan ortiq tur uchraydi. Ularning ½ qismi
endemiklarga to`g`ri keladi. Sharqiy Madagaskarda 6100 tur gulli o`simliklar
osadi. Ularning 17,7%i endemiklarga to`g`ri keladi. Sahroi Kabirda 1620 dan
ortiq tur o`simlik o`sishi aniqlangan. AQSh da 22 ming, Hindistonda 40 ming
tur o`simliklar uchrashi aniqlangan.
Tabiatda uchraydigan o`simliklarning 2500 dan ortiq turi insonlar tomonida
foydalaniladi. Ularning ko`pchiligi madaniylashtirilgan. Bularga bug`doy, arpa,
sholi, jo`xori, olma, uzum, nok, piyoz, sabzi va boshqalar kiradi. Insonlar
tomonidan foydalaniladigan madaniy o`simliklarning umumiy soni 2,5 ming yoki,
Yer yuzidagi o`simliklarning 10 % ni tashkil etadi. Inson hayoti uchun oziq-ovqat
manbaini hosil qilishda 20 ta o`simlik turi va ularning yuzlab navlari qatnashadi.
Ularga bug`doy, sholi, no`xat, qovun, tariq, paxta, uzum, kartoshka, olma va
boshqalar kiradi, Yer yuzidagi 6,5 mlrd. aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun
har yili 1,2-1,2 mlrd tonna g`alla kerak. Insonning och qolmasligi uchun esa har
bir odam hisobiga 0,6 ga yerga ekin ekib hosil olish kerak.
Gulli o’simliklarning hayotiy shakllari haqida umumiy tushuncha
O’simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslanishiga hayotiy shakl
deyiladi.
Gulli o’simliklar hayotiy shakllariga ko’ra daraxt, buta, yarim buta, bir yillik
va ko’p yillik o’tlarga bo’linadi.
Daraxtlar - tanasi yog’ochlashgan, asosan bitta yo’g’on tanasi, baquvvat
ildizi va keng shox-shabbali, baland bo’yli ko’p yillik o’simliklardir. Daraxtlar
bo’yiga qarab uch guruxga
1. 35 m dan baland (chinor, terak, qora qayin, qarag’ay).
2. 25-35m (qayrag’och, yong’oq, oq qayin, tol, qatrong’i).
3. 25 m gacha (zarang, chetan, shotut va boshqalar) bo’linadi.
Mevali daraxtlar ham shakliga ko’ra uch guruxga
1. Shox-shabbasi ko’p baland bo’lib o’sadigan nok, gilos, yong’oq,
olmaning ayrim navlari.
11
2. Tanasi ko’rimsiz, ildiz bachkilaridan ham ko’payadigan bo’yi past
(shaftoli , olmaning pakana xillari, olcha va olxo’rining ayrim turlari va
b).
3. Birinchi va ikkinchi gurux oralig’idagi o’rta bo’yli daraxtlar (olma va
o’rikning ko’pchilik xillari va navlari, nok, olchaning ayrim turlari) ga
bo’linadi.
Bular guli, mevasi, to’pguli, poyasining eni bo’yi, shox-shabbasi va barglari
bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, olma, o’rik, yong’oq va shaftolining shox-
shabbasi yoyiq, qarag’ay va terakniki g’uj va tik, sada qayrag’ochniki sharsimon
bo’ladi.
Daraxtlar oz yoki ko’p yil yashashiga ko’ra turli xil bo’ladi. Masalan,
Afrikada o’sadigan baobob daraxti 4000-5000 yil, archa, savr 1000 yil, sohta
kashtan 2000 yil, chinor 800 yil, o’rik va yong’oq 70-100 yil yashashi mumkin.
Tabiiy holda tarqalgan daraxtlar sharoitga qarab bir-biridan keskin farq
qiladi. Masalan, bir turga mansub bo’lgan va tog’larning shimoliy yonbag’rlarida
o’sadigan daraxtlar janubiy yonbag’rlarida o’sadigan daraxtlardanshox-
shabbasining ko’pligi, kengligi va balandligi bilan farq qiladi. Tog’larning o’rta
qismida archa bo’ydor bo’lib o’ssa, eng balandlardagisi esa yerdan 0,5-1 m
ko’tariladi., xolos. Bu hol o’simliklarni doimiy esib turadigan shamoldan va
qishning qattiq sovuqlaridan saqlaydi.
Daraxtlar orasida saksovulga o’xshagan nihoyatda mayday bargli yoki
bargsiz, ildizlari baquvvat, jazirama cho’llarda, qumlarda o’sadigan ajoyib turlar
ham bor.
Archa – bo’yi 20 m gacha yetadigan, doimo yashil daraxtdir. Tog’larning
3500 - 4500 m balandlikdagi yonbag’irlarida, sovuq va doimiy shamol ta’sirida
archaning yer bag’irlab o’sishga moslashgan turlari ham uchraydi. Archaning
barglari juda mayday, yashil rangli, tangasimon.
Archa juda sekin o’sadi. Urug’idan unib chiqqan archaning katta daraxt
bo’lib yetishishi uchun 100-yildan ortiq vaqt kerak. Archa 1000 yil va undan ham
ortiqroq yashaydi. Archa ikki uyli o’simlik. Bahor oylarida ayrim archa tuirlarining
12
yosh novdalarida mayday qubbachalar hosil bo’lib, ularda juda ko’p miqdorda
chang yetishadi. Bu qubbachalar changchili qubbalar deyiladi. Shu vaqtda
archaning boshqa tuplarida uzunligi 0,5-1 sm keladigan sharsimon qubbalar hosil
bo’ladi.Bu qubbalarga urug’chi qubbalar deyiladi.Urug’kurtakdagi arxegoniy
ichida esa tuxum hujayra yetishadi. Unda esa urug’kurtak joylashadi.Changchi
qubbalarda yetilgan chang boshqa tupda yetilgan chang boshqa tupga yetilgan
urug’chi qubbalarga kelib tushadi va uni changlantiradi. Archaning urug’chi
qubbachasi xalq orasida qubbameva yoki archa mevasi deb nomlash odat bo’lib
qolgan.Archaningurug’chi qubbalari urug’langandan keyin ikkinchi yoki uchinchi
yilda pishadi. O’rta osiyoda archaning 7 ta yovvoyi turi o’sadi, bulardan 3 tasi
(Zarafshon archasi, Turkiston archasi va saur archa). U O’zbekiston tog’larida
katta-kichik archazorlar hosil qiladi. Bundan tashqari, shahar ko’chalarida,
maydonlarida, hiyobonlarda va istirohat bog’larida manzarali daraxt sifatida Virgin
archasi ekiladi. Virgin archasining vatani Shimoliy Amerika. Manzarali o’simliklar
qatorida archadoshlar oilasiga mansub daraxtlardan yana biri Sharq sauri ekiladi. U
tana va bargining tuzilishi bilan archaga o’xshaydi, lekin yosh novdalarining
o’ziga xos shoxlanishi va pishgan qubbalarining notekis choklar orqali ochilishi
bilan archalardan farq qiladi.
Qarag’ay - (Pinus silvestris L.) Qarag’aydoshlar oilasidan, bo`yi 20—30
m ga yetadigan bir uyli, doim yashil daraxt. Tanasi to`g`ri, tik o`sadi,
shoxlari gorizontal joylashgan. Tanasi qalin, to`q qo`ng`ir rangli po`stloq
bilan qoplangan. Yosh novdalari sarg`ish rangli. Nina barglari qalin, uzun
(8—15sm), to`q yashil rangli, qattiq bo`ladi. Qrim qarag`ayining mevasi
(qubbasi) ikkinchi yili pishadi. Qubbasining uzunligi 6 —10 sm, eni 4—5
sm, qo`ng`ir jigar rangda. Urug`i mayda, uzunligi 5—6 mm, ko`ng`ir,
qanotchalari bor. Bu o`simlik yovvoyi holda Qrimning Yalta tog`larida,
G`arbiy Zakavkazda va Kipr orollarida o`sadi. Qarag`ay O`zbekistonning
bir necha shaxar va qishloqlarida uzoq, yillardan beri madaniy o`simlik
sifatida o`stirib kelinmoqda.Yer yuzida karag`ayning 100 ga yaqin turi
bo`lib, shundan MDH da 64 turi, O`zbekistonda esa 4 turi madaniy o`simlik
13
sifatida ekib o`stiriladi. Qarag`ay xar xil tuproqda xam yaxshi o`sa beradi.
U yorug`ni, ochiq yerni yoqtiradi. Faqat O`zbekiston sharoitida yoshlik
davrida yoz oylarida sug`orib turish kerak. Yosh nixollarini ko`chirib
o`tkazishda albatta tuprog`i bilan olish kerak.
Soxtakashtan - (Aesculus hippocastanum L.) Soxtakashtandoshlar
oilasidan, bo`yi 15 m ga yetadigan qalin shoxli daraxtdir. Bargi lentasimon
murakkab, uzunligi 15—20 sm. Bargchalari soni 5—9 ta bo`lib,
tuxumsimon, chetlari o`tkir tishli, ustki qismi tuksiz, ostki tomonida esa
faqat barg tomirlari bo`ylab tuklar joylashgan. O`zbekistonda aprel-may
oylarida gullaydi. Gullari yirik, cho`ziq tik turuvchi uzunligi 20—30 sm ga
yetadigan shingilsimon-tupgullarga joylashgan. Tojbarglari oq yoki och
yoki och pushti rangda, pastki qismida sariq, keyinchalik esa pushti rangga
aylanuvchi dog`lari bor. Mevasi avgust-sentyabr oylarida pishadi.
Mevasining sirti o`tkir uchli tikanchalar bilan qoplangan. Ko`pincha 1 yoki
2—3 urug`li. Kashtanning vatani Yevropa, Osiyo va Shimoliy Ameri kadir.
Soxtakashtan Toshkentga 1883 yili keltirilgan. O`sha yillari Samarqandga
ham keltirib utqazilgan. Kashtanning 25 turi bo`lib, shundan 13 turi MDH
da iqlimlashtirilgan. Shundan bir turi soxtakashtan O`zbekistonda uzoq
yillardan beri o`stirib kelinadi. Soxtakashtan kurg`oqchilikka chidamli,
tabiiy sharoitda 400—500, madaniy xolda esa 300 va undan xam, ko`p yil
yashaydi.
Chinor – (Platanus). Chinordoshlar oilasiga mansub faqat bittagina chinor
Platanus turkumidan iborat. Daraxti va shox-shabbasi tarvaqaylagan bo’ladi,
Chinor torkumining ayrim turlari o’rta dengizning sharqiy qirg’oqlaridan tortib to
Himalay tog’larigacha tarqalgan.Bu turlardan biri - Sharq chinori Platanus
orientalior O’rta Osiyoda Hisortizma tog’larida yovvoyi holda uchrab, daryo
vodiylarida katta maydonlarni egallagan chinorzorlar vujudga keltirganChinor juda
baland bo’lib o’sadi va uzoq yashaydi. Egey dengizidagi Kos orolida 2500
yoshga kirgan chinor bor. Chinor chiroyli daraxt bo’lganligi uchun uni
14
ko’kalamzorlashtirish uchun o’stiriladi. Yog’ochi qattiq va chiroyli gulli
bo’lganidan mebel va har xil mayda buyumlar uchun ishlatiladi.
Buta va yarim butali o’simliklarning o’ziga xos xususiyatlari.
Butalar - poyasi yog’ochlashgan , bo’yi 2-3 m dan oshmaydigan bitta yoki
bir nechta poya hosil qiladigan sershox ko’p yillik o’simlik.
Buta- tagidan bir-biriga teng tana (poya) larning o’sib chiqishi hamda past
bo’lishi bilan farq qilinadigan o’simliklarning hayotiy shakli. Bo’yi yarim m dan
past bo’lgan, shoxlari yog’ochlashgan kalta o’simliklar butacha deyiladi.
Bularga, ayniqsa, tog’lar yonbag’rida keng tarqalgan irg’ay, singirtak,
na’matak, zirk, bodomcha, uchqat, ma’daniy o’simliklardan anor, limon, qoraqat,
ligustrum,nastarin kabi o’simliklarni misol qilib keltirish mumkin.
Anor – Anordoshlar oilasiga faqat bitta anor turkumi Runika kiradi. Bu
turkum ikki turga bo’linadi. Ularning P.granatum degan turi O’rta Osiyoda –
Pomir-Oloy to’glarida (Hisor tizma to’larida va panj daryosi bo’ylab Darvoz
tog’larida) yovvoyi holda o’sadi. Anor qurg’oqchilikka chidamli o’simlik
bo’lganidan, asosan, tog’larning mayda tuproqli tosh - shag’alli yon bag’irlarida
nurab tushgan joylarda va qoyalar tagida o’sadi.
Anor sershox buta o’simlik. Barglarining cheti tekis bo’lib, ular navbat bilan
joylashgan. Bu barglarda efir moyli bezlar bo’lmaydi. Gullari yirik ikki jinsli
bo’lib, novdalarning qo’ltig’i va uchida yakka – yakka yoki dastalarga to’planib
turadi, rangi qizil. Gullarida 5 dan 8 tagacha tojibarg va ko’p changchilar bo’ladi.
Anorning guli ikki jinsli, zigomorf gulining shakli ikki xil bo’ladi. Biri ko’zacha
shaklli, uzun urug’chisi bo’lib, ular meva tugadi, ikkinchilari qo’ng’iroq shaklli
qisqa urug’chisi bo’lib, meva tugmaydi. Tugunchalari ostki, birin - ketin
joylashgan ikki qator mevachi barglardan tuzilgan.
Mevasi – sohta rezavor meva. Bu meva etdor meva qatidan va ko’pgina
urug’dan iborat bo’lib, urug’lar sirti sersuv va etdor po’st bilan qoplangan. Anor
asosan manzarali daraxt sifatida o’stiriladi. Anorda limon kislota va “S” vitamini
ko’p bo’ladi. Ildiz po’stlog’i va meva po’stida oshlovchi moddalari hamda
meditsinada ishlatiladigan alkaloidlar bor. Shoxining va mevasining po’stidan qora
15
rangli bo’yoq tayyorlanadi. Yog’ochlik qismi sarg’ish rangli zich va qattiq bo’lib,
undan har xil mayda buyumlar yasaladi.
Namatak (Ilovada 1-rasm) - Ranodoshlar oilasi na’matak turkumiga mansub
oddiy na’matak o’sadi. U tog’ va to’qaylarda o’sadi. Uning bo’yi 3-4 m ga
yetadigan, poyasi ko’p, tikanli sershox buta. Barglari murakkab toq patsimon, 5-9
sm yaproqchali. Iyun – iyul oylarida gullaydi. Gullari yirik, eni 8-9 sm, asosan och
pushti, gulkosacha va gultoji 5 tadan. Gulda juda ko’p changchi va urug’chilari
bor.
Na’matak sohta mevasi to’q qizil, etdor, uzunchoq tuxumsimon, uzunligi 2-3
sm, ichida juda ko’p qattiq urug’lari bor. Meva tarkibida inson salomatligi uchun
zarur moddalardan darmondori, limon kislota, oshlovchi va boshqa moddalar
bo’ladi. Tabobatda avitaminoz kasalligining oldini olish va davolashda ishlatiladi.
O’zbekistonda bu turkumga mansub 13 tur o’simlik o’sadi.
Na’matak ma’daniy atirgullarning yovvoyi turi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda
yer yuzida atirgullarning 10 mingga yaqin, o’zbekistonda 340 dan ortiq navi
ekiladi.
Chala butalar - yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida
qishlaydigan o’simliklardir. Cho’llarda keng tarqalgan yem-xashak
o’simliklaridan izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq kabilar shular
jumlasidandir.
Chala butalar – tanasining faqat pastki qismi yog’ochlanib, qolgan yuqori
qismlari qishda qurib qoladigan ko’p yillik o’simliklar. Anashu xususiyati bilan
buta va butachalardan farq qiladi. Chala butalar ariq o’lkalarida o’sishga ko’proq
moslashgan. Masalan teresken, cho’l va adirlarda o’suvchi shuvoqning ba’zi
turlari, sho’ra va b. bo’yi o’rtacha 80 sm, ba’zan 150-200 sm . Chala butalar ko’p
yillik o’tlardan kurtak chiqaradigan shoxlarning yer ustidan bir necha sm yuqorida
o’rnashganligi bilan farqlanadi.
Shuvoq (ilovada 2-rasm)– turkumiga mansub o’simliklar chorvachilikda
o’ziga xos o’rinni egallaydi.
O’zbekistonda shuvoqning 39 turi uchraydi. Bular bir
yillik hamda ko’p yillik o’tlar va yarim butalardir. Oq shuvoq turon shuvog’I (qora
16
juvshan), juvshan, shuvoq kabi turlari O’zbekistonda keng tarqalgan. Yozning
quruq va jazirama kunlarida shuvoqda “yozgi tinim” davri boshlanadi. Kuz
kelgach, shuvoqlar yana o’sa boshlaydi. Sentyabrning ikkinchi yarmida gullaydi.
Shuvoq savatchalari ro’vak xilidagi to’pgulga o’rnashgan. Savatchalarning har
birida 5-7 tadan ikki jinsli tilsimon gullar bo’ladi.
Mevasi oktabrning oxiri yoki noyabrning boshida pishadi va to’kiladi. Cho’l
o’tloqlaridagi shuvoqlar qorako’l quylari va tuyalarning kuzgi hamda qishki asosiy
ozig’idir. Shuvoqlarni o’rib qish uchun xashak g’amlanadi.
Shuvoqlar bebaho shifobaxsh o’simlikhamdir. Bunga misol qilib, ermon
shuvog’ini ko’rsatsa bo’ladi. Uning bargi, poyasi va to’pgulidan tayyorlangan
dorilar ilmiy tabobatda kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Izen – (Kochia) – Sho’radoshlar oilasiga mansub bir yillik yarim butalardan
iborat turkum. Gullari ko’kimtir, ko’rimsiz, Barglari uzun tekis, qirrali. 80 turi
ma’lum. O’zbekistonda 4 turi bo’lib, ular toshloq, qumloq, gil tuproq, sho’rxok va
taqir yerlarda o’sadi. Asosan yerbag’irlab o’suvchi yarim buta izen deb ataladi. U
sifatli ozuqa bop o’simlik sifatida o’tloqlarning xosildorligini oshirish uchun
ekiladi.
Bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik o’simliklar.
Bir yillik o’tlar nihoyatda xilma-xil bo’lib, ular bir yil ichida o’sadi, gullaydi
va meva (urug’) tugib, o’z hayotini tugatadi.
O’zbekistonda uchraydigan o’simliklarning yarmidan ko’prog’ini bir yillik
o’simliklar tashkil qiladi. Ularga oq sho’ra, jag’-jag’, machin, qora ituzzum,
baliqko’z va boshqalar kiradi.
Qishloq xo’jaligida o’stirilayotgan madaniy o’siliklarning juda ko’pchiligi
bir yillik o’simliklardir. Bularga g’oza, bug’doy, arpa, zig’ir, yeryong’oq, mosh,
no’xat, sholi, pomidor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon va boshqalar kiradi. Bir
yillik o’tlar orasiga juda mayda, yer yuzidan 5-20 sm ko’tarilib o’sadigan
momaqaldirmoq, qo’ytikan kabilarni, bo’yi 1 m ga yetadigan va hatto undan ham
oshadigan kanakunjut, makkajo’xori va kanopga o’xshash o’simliklarni ham
ko’plab uchratish mumkin.
17
G’o’za (ilovada 3-rasm) – Respublikamizda ekiladigan, gulxayridoshlarga
mansub o’simliklar orasida g’o’za asosiy o’rinni egallaydi. O’zbekistonda go’za
turkumiga mansub asosan 3 tur o’sadi. Bularning hammasi ham madaniy o’simlik
sifatida o’stiriladi.
1.
Jaydari g’o’za - ko’saklari mayda. Tolasi mallarang, qisqa va dag’al.
Vatani Afrika, O’rta Osiyo eramizdan oldingi davrlardan boshlab to 1925- yilgacha
ekilgan. Hozirgi vaqtda uni faqat tajriba maydonlarida uchratish mumkin.
2.
Meksika go’zasi yoki oddiy g’o’za. Ostki gulkosachabarglari 3 ta.
Gullari yirik, gultojbarglari och sariq, tubi qizil, dog’siz. Ko’saklari yirik, 4-5
chanoqli, yaxshi ochiladi, tolasi mayin, uzun, oq, ba’zan qo’ng’ir rangda. Vatani
Markaziy Amerika. 1925-yildan beri O’zbekiston dehqonchiligida asosiy o’rinni
egallab kelmoqda. Hozir O’zbekistonda shu tur asosida yetishtirilgan ko’plab
navlar ekiladi.
3.
Misr g’o’zasi yoki Barbadoss g’o’zasi. Ostki gulkosachabarglari ham
3 ta. Gullari yirik, gultojibarglari sapsariq-limon rangida, tubida qizil dog’bor.
Ko’saklari yirik, 3-4 chanoqli, yaxshi ochiladi. Tolasi uzun, ipakka o’xshash
mayin, och sariq. Vatani Janubiy amerika (Peru, Kolumbiya, Braziliya).
O’zbekistonda Buxoro, Navoiy, qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida
ekiladi. Hamma “ingichka tolali g’o’za navlari” va “ Misr g’o’zasi” shu turga
taalluqlidir.
Respublikamiz iqtisodiyotida tutgan o’rniga ko’ra gulxayridoshlar oilasi
vakillari orasida g’o’za alohida o’rinda turadi. Seleksioner olimlarimiz tomonidan
g’o’zaning serhosil, tezpishar, tolasi uzun va pishiq, qurg’oqchilikka, tuzga hamda
kasallikka chidamli ajoyib navlari yetishtirilgan. Bu navlardan yil sayin mo’l hosil
olinmoqda. Paxta xomashyosidan xalq – xo’jaligining turli sohalarida foydalanib
kelinmoqda. O’zbekistonda paxta yetishtirish bo’yicha dunyoda o’zining salmoqli
o’rniga ega.
Jag’-jag’(ilovada 4-rasm)- Karamdoshlar oilasiga mansub bir yillik o’t.
Jag’-jag’ni bo’yi 10-30 sm. Ildiz bo’g’zida joylashgan barglari qisqa bandli,
patsimon qirqilgan, poyadagilari esa bandsiz. Gullari oyada shingil to’pgul hosil
18
qiladi. Gulkosacha barglari gulkosacha barglaridan 1,5 marta uzun. Changchilari 6
ta. Urug’chisi bitta.
Oddiy jag’-jag’ mart oyidan boshlab mayning oxirigacha gullaydi va meva
(qo’zoqcha) hosil qiladi. Yaxshi o’sgan har bir tup o’simlikdan 70000 ga yaqin
urug’ yetishadi.
O’zbekistonda jag’-jag’ turkumiga oid faqat bitta tur- oddiy jag’-jag’ o’sadi.
Oddiy jag’-jag’ tarkibida “S” va “K” darmondorilari, olma limon kislotalari bor.
Erta ko’klamda to’pbarglari ovqatga ishlatiladi. Jag’-jag’dan ko’k chuchvara, ko’k
somsa tayyorlanadi. Uning yer ustki qismidan tayyorlangan dorilar tabobatda qon
ketishini to’xtatishda ishlatiladi.
Qora ituzum (Ilovada 5-rasm)– Ituzumdoshlarga mansub yovvoyi turlarning
ko’pchiligi begona o’tlardan iborat. Ular orasida hammaga tanish qora ituzum ham
bor. Qora ituzum ituzum turkumiga mansun bir yillik o’t. Uni paxtazorlard,
polizlarda va boshqa ekinzorlarda, tashlandiq yerlarda va hatto yo’l yoqasida ham
uchratish mumkin. Qora ituzumning bo’yi 25-5- sm. Poyasi sershox. Barglari
oddiy, oddiy uzunchoq tuxumsimon. Gullari oqish, shoxlari uchidagi gajak
to’pgulda 3 tadan 10 tagacha gul joylashgan. Gulkosachasi va gultoji 5 bo’lakli.
Changchilari 5 ta. Urug’chisi 1 ta. Qora ituzum iyun oyi oxiridan to tupini sovuq
urguncha gullayveradi. Sharsimon rezavor mevasi avgustning oxirida qorayib
pishadi. Mevalari “S” darmondorilariga boy, undan xalq tabobatida foydalaniladi.
O’zbekistonda ituzum turkumiga oid 10 turdagi o’simliklar o’sadi.
Ikki yillik o’tlar – urug’dan ko’karib chiqib, birinchi yili yer yuzida, asosan,
barg hosil qiladigan, ildizi va barglari oziq moddalar to’playdigan o’simliklar.Ular
ikkinchi yili poya chiqaradi va gullab, meva tugadi. Bularga lavlagi, sabzi,
sholg’om, karam va boshqalar kiradi.
Karam – Karamdoshlar oylasiga mansub o’simlik. Xashaki karam muhim
silosbop ekinlardan biridir va u to’yimliligi bo’yicha kungaboqardan qolishmaydi.
U krestdoshlar oilasiga mansub ikki yillik o’simlik hisoblanadi. Asosan ko’kat va
silos tayyorlash uchun ekiladi. Ko’katining 100kilogrammi 15,7 ozuqa birligiga
teng. Tarkibida 2,5 foiz oqsil, 8,8 foiz azotsiz ekstraktiv moddalar, S, B vitaminlari
19
va karotin bor. 1kg ko’katida 33 mg karotin bo’ladi. Xashaki karamning tarkibida
12-14 foiz quruq modda bo’ladi. Hosildorligi 500-1000s ga atrofida bo’iadi. Ildiz
yaxshi rivojlanmagan,poyasining yo’g’onligi 3-5 sm bo’ladi.Barglari mum g’ubor
bilan qoplangan,poya va barglari yashil, gohida binafsha rangli dog’lar bo’ladi,
ikkinchi yili barg qo’ltiqlaridan gullar o’sib chiqadi. To’pguli shingil, mevasi
chatnab ketmaydigan qo’zoq, urug’i mayda, 1000 ta urug’ning vazni 3-5 g keladi.
Urug’ini 5-6 C da unib chiqadi. Maysasi 5-7 C ga chidaydi. Xashaki karam
tuproqqa talabchan. U unumdor, suv bilan taminlangan, botqoqlanmagan, mexanik
tarkibi o’rtacha bo’lgan yerlarda yuqori hosil beradi. U o’gitga talapchan, shuning
uchun yetishtirish texnologiyasida organik va mineral o’g’itlar qo’llanadi.
Venetsiya davri birinchi yili 140-160 kun, ikkinchi yili 80-90-kunni tashkil etadi.
Sabzi -ziradoshlar (soyabondoshlar) oilasiga mansub o’simlikdir.Xashki
sabzi soyabonguldoshlar oilasiga mansub bo’lib ikki yillik o’simlik hisoblanadi.
Urug’i ekilgan birinchi yili sershira ildizmeva va yon ildizlar hosil qiladi.Ikinchi
yili shu ildizmevadan qayta ekilganda undan ham gul hosil bo’lib,urug’ beradi.
Birinchi yili urug’ ekilgan tuproq betiga juda ham ensiz, nozik urug’ barglari
o’sibchiqadi. So’ngra haqiqiy barglar hosil bo’ladi.
Xashaki sabzining ildiz yon barglari ensiz ko’p bo’lakchalarga bo’lingan,
patsimon qirqilgan barg ko’rinishiga ega. Ikkinichi yili ham barglar hosil
qiladi.Ular ham patsimon, rangi yashil, ustkitomoni siliq, ostki tomoni esa mayda
tukchalarga bilan qoplangan bo’ladi.
Xashsaki sabzining ildizmevasi, shakli har xil bo’lishi mumkin.Ko’pchilik
navlarda
konussimon,
yuqoridan
uchiga
tomon
ingichkalashib
boradi,
ildizmevaning rangi och sariq, tio’q sariqva qizil bo’ladi.
Ikkinchi yili ildizmeva ekilgandan keyin, bir necha poya o’sib chiqadi.
Poyalarning bo’yi 1 metr va undan ham yuqori bo’lishi mumkin.Poyaning yon
shohlarida soyabonsimon to’pguli joylashgan.
To’pgul murakkab,unda bir necha mayda gullar bo’ladi. Gullarining rangi
oq, gohida binafsha rangda ham bo’lishi mumkin va uning gullari hashoratlar
yordamida changlanadi.
20
Mevasi qo’sh urug’li, yetilganida ikkibo’lakka ajraladi. Urug’lari
mayda,chiziqchasimon, tuxumsimon, uzunligi mm gacha bo’lib, qovurg’ali
ingichka tuklari bor,sariq jigari ranfgda bio’ladi. 1000 dona urug’ vazni tukchalari
tozalangan bo’lsa g keladi .
Lavlagi (ilovada 6-rasm) - Sho’radoshlarning keng tarqalgan vakillaridan
biridir. Oddiy lavlagi lavlagi turkumiga mansub ikki yillik o’simlik.
U urug’dan
chiqqan birinchi yili uzun bandli yirik barglar va oziq moddalarga boy,
yo’g’onlashgan ildiz (Ildizmeva) hosil qiladi. Ikkinchi yili unda mayday bargli
sershox, uchi to’pgullar bilan tugovchi poya vujudga keladi. U may oyida gullaydi.
Gullari mayday. Gulqo’rg’oni oddiy, gulkosachasimon, changchilari 5 ta.
Urug’chisi 3 ta mevabargning qo’shilishidan hosil bo’lgan. Lavlagining mevasi –
sentabrdan pishadi. Mevasi yong’oqcha. uzun bandli yirik barglar va oziq
moddalarga boy, yo’g’onlashgan
Ko’p yillik o’tlar - yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq
ostida qishlaydigan o’simliklar. Bularga beda, ajriq, g’umay, sachratqi, piskom
piyozi, kiyiko’t, sallagul, qoqio’t, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz,
shahsir, o’tloq sebargasi singari o’simliklar kiradi. Ko’p yillik o’tlar, ayniqsa,
tog’larda keng tarqalgan.
Lola (ilovada 7-rasm) – Loladoshlar (Liliaceas) oilasi vakillaridan biri lola
turkumiga mansub qizil loladir. U aprelning oxiri – mayning boshlarida adir va
tog’larning quyi qismidagi yonbag’irlarda ochiladiga yirik gulli o’simlik. Bo’yi 20-
45 sm. Piyozboshli tuxumsimon yoki yumaloq. Barglari 3-4 dona , ustida to’q
binafsha rangli dog’lari bor. Guli bitta, yirik, sarg’ish-qizil , pastki qismi qora
dog’li. Changchi iplari qora, changdonlari sariq. Mevasi 3 chanoqqa bo’linib
ochiladigan ko’sakcha.
Qizil lola urug’idan va piyozboshidan ko’payadi. Keyingi paytda
odamlarning shavqatsiz ravishda yulishi va piyozboshlarining kovlab olinishi
natijasida uning soni juda kamayib ketgan. Hozirgi vaqtda u muhofaza qilinadi va
O’zbekistonning Qizil kitobiga kiritilgan. Uni yulish va piyozboshlarini kovlab
olish qat’iy man etiladi. Shu bilan bir qatorda qizil lolani madaniylashtirish ustida
21
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika ilmiy-ishlab chiqarish
markazida tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
O’zbekistonda lolalarning 23 ta turi uchraydi. Ular bir-birlaridan gullarining
rangi , katta kichikligi, bargi piyozboshi va mevasining shakli va boshqa belgilari
bilan farq qiladi. Shuningdek loladoshlarga yovvoyi holda o’sadigan olg’i va
xolmonlar ham kiradi. Bularning hammasi O’zbekiston Respublikasi qizil kitobiga
kiritilgan.
Beda – Dukkaklilar oilasiga mansub ko’p yillik o’simlik. Eng ko’p
ekiladigani ko’k beda hisoblanadi. Beda qadimdan ekib kelingan, keng tarqalgan
ekindir. Ilk bor beda eramizdan 5 ming yil ilgari o’rta Osiyoda ekilgan. Bundan
ilgari beda Xitoy, Hindiston, Gretsiya, Italiya va Shimoliy Afrikada tarqalgan.
Hozir yer yuzida beda 30 mln gektar yerga ekiladi. O’zbekistonda 200 ming gektar
yerga ekiladi. Uning quyidagi navlari bor:
Aridnaya o’rtapishar, o’sish davri 110 kun, bahorda birinchi o’rimi 65 kunda
yetiladi, yaxshi pishmaydi. Ikkinchi yildan boshlab 5-6 yil davomida har yili ikki
o’rim olish mumkin. Lalmi yerlarda ko’kat hosili 164 s ga, pichan 54 s ga,
urug’i 2.4 s ga yetishi mumkin. Ko’kat tarkibida 17,2 % oqsil 25,8 % to’qima
bo’ladi.
Toshkent- 3192 seleksiya yo’li bilan yaratilgan. Tupi to’g’ri o’sadi, poyalari
o’rtacha balandlikka ega. O’rimdan keyin o’sib chiqadigan poyasi to’g’ri bo’ladi.
Barglari mayday, poyasi, bargi va dukkaklari tuk bilan qoplangan. Shingil o’rtacha
zich, uzunchoq yoki boshqa shaklda bo’ladi. Gullarining rangi oq pushti, boshqa
tusda bo’lishi ham mumkin. Dukkaklari o’rtacha yirik. Bu nav serhosil, ertapishar
qishga va qurg’oqchilikka chidamliligi bilan alohida ahamiyatga ega. Bahorda erta
o’sadi, kuzda qishlashga kech kiradi.
Toshkent - 1 seleksiya yo’li bilanyaratilgan. Tupi to’g’ri o’sadi, balandligi
o’rtacha, o’rilgandan keyin o’sib chiqadigan poyasi yarim tik o’sadi. Barglari
yirik,poya , barg dukkaklari siyrak tukli, shingili zich bo’ladi. Gullari binafsha
rangda bo’ladi. Dukkaklari o’rtacha yiri, 3-4 marotaba buralgan. Urug’I o’rtacha.
22
Bu nav serhosil ertapishar, qishga chidamli. Bahorda erta o’sadi, kuzda qishlashga
kech kiradi.
Xiva jaydari navi – tupi yoyilib o’sadi, ko’p poyali, balandligi o’rtacha,
o’rilgandan keyin o’sib chiqadigan poyalari yer bag’irlab zich o’sadi, barglari
o’rtacha yirik bo’ladi. Shingillari zich, kalta slindirsimon va cho’zinchoq boshcha
shakliga ega. Gullari to’q binafsha rangda. Dukkaklari o’rtacha, qora rangda, 2-3
marotaba buralgan bo’ladi. Urug’i loviyasimon, och yashil-sariq rangda bo’ladi.
Bu kechpishar nav, bahorda kech o’sa boshlaydi va kuzda o’sishdan erta to’htaydi.
O’sish davrida o’rtacha 3 marotaba o’riladi. Bu nav qishga chidamli,
qurg’oqchilikka chidamsizdir.
O’tloq sebargasi (ilovada 8-rasm) – Burchoqdoshlarga mansub
Respublikamizda keng tarqalgan o’simliklardan biri o’tloq sebargasidir.
O’tloq sebargasining bo’yi 25-50 sm keladigan ko’p yillik o’t. U asosan tog’
etaklarida, daryolar va ariqlarning bo’ylarida , qisman begona o’t sifatida
sug’oriladigan ekinlar orasida uchraydi. Barglari uzun bandli , uch yaproqchali.
Gullari mayday, 2-3,5 sm keladigan kallakcha shaklidagi to’pgulda joylashgan.
Dukkagi bir urug’li, tuxumsimon, uzunligi 1,5-2 mm. O’zbekistonda sebarga
turkuming 7 turi o’sadi. Bularning hammasi yuqori sifarli oziqbop va guli asal-
shiraga boy o’simliklar hisoblanadi.
Shunday qilib gulli o’simliklar hayotiy shakllariga ko’ra daraxt, buta, yarim
buta, ko’p yillik, ikki yillik va bir yillik o’tlardan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |