2.3. Rivojlanishni chegaralovchi va davriy ekologik omillar.
Tabiatdagi hamma ekologik omillar birlikda, murakkab hamjihatlikda, bir
vaqtda tirik organizmlarga ta'sir qiladi. Shunday ekologik omillar yig'indisi
konstellyatsiya deyiladi. Organizmning ma'lum bir omilga nisbatan optimal
chidash chegarasi boshqa omillar ta'siriga ham bog'liqdir. Masalan, optimal
haroratli muhitda namlikning kamligi, organizmda ozuqa moddalarining
yetishmasligi ortib boradi. Ozuqa moddalarning yetarli bo'lishi bilan esa
organizmning bir necha ekologik omillarning o'zgarishiga chidamliligi ortadi.
Tabiatdagi biror-bir ekologik omilning o'rnini ikkinchi omil bosa olmaydi.
Iqlimning bir omilini ikkinchi omil bilan almashtirib bo'lmaydi. Shuning uchun u
yoki bu sharoitning o'zgarishida organizmlarning hayot-faoliyati uchun shu
muhitda bor omillardan ko'proq yuzaga kelib turgani hisobiga turlarning optimal
talab imkoniyatlari qondiriladi.
Ma'lum organizmlarning ekologik chidamlilik chegarasiga ta'sir qiluvchi
omilning yetishmasligi yoki uning kuchi ko'pligi, chidamlilik chegarasiga yaqinligi
shu ekologik omilning chegaralovchi darajasi, deb ataladi.
Chegaralovchi ekologik omil sifatida haroratni ko'rib chiqamiz. Sibirga
qaraganda harorat uncha past boimagan Skandinaviyaning shimolida tarqalgan
turlarni korish mumkin. Shu turlarning Sibirning shimoliy hududlarida
tarqalmasligi bu yerda qishning harorati ancha past (-45-55°C) bo'lishi sababdir.
Ovro'pada qoraqayin daraxtining keng tarqalmasligi yanvarning past harorati
tufayli bo'lsa, Qizilqum saksovulining boshqa joyda yo'qligi kam namlik, yozning
yuqori haroratiga moslashishi sabab bo'ladi.
Tur vakillari, populyatsiya va turlarga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladigan
ekologik omillarni analiz qilish natijasida ma'lum vaqtda va ma'lum joyda
organizmlarning hayot-faoliyatini chegaralovchi omillar xislatlarini aniqlash
mumkin.
48
Ayrim turlarning qaysidir bir ekologik omilga nisbatan chidamlilik
chegarasining o'zgara boshlashi o'rganilayotgan biotopda bir omilning kuchliroq
o'zgarishiga bog'liq bo'lib, shu omilni muhitdagi organizmlarga nisbatan
chegaralovchi omil, deb hisoblash mumkin. Muhitdagi doimiy bolgan ekologik
omilga moslashgan tur uchun shu omil chegaralovchi bo'la olmaydi. Masalan,
Qizilqumning namligi kamligiga moslashgan oq va qora saksovullar uchun namlik,
harorat chegaralovchi ekologik omil bo'la olmaydi.
Tabiiy muhitda ekologik holat o'zgarsa, albatta, shu yerning ekologik
omillarining o'zaro nisbati ham o'zgaradi. Shuning uchun turli hududlarning
chegaralovchi omillari bir xil emas. Masalan, shimolda ma'lum turlarning
ko'payishi, tarqalishini chegaralovchi omil issiqning yetishmasligi boisa, janubiy
tumanlarda esa namlik, ozuqaning yetishmasligi va yuqori harorat chegaralovchi
omillar hisoblanadi. Bir ekologik omilning o'zi bir tur uchun bir vaqtda, bir joyda
chegaralovchi omil boisa, keyinchalik esa shu omilning mohiyati o'zgaradi.
Shunday holatni organizmlarning rivojlanish davrida ko'rish mumkin.
Chunki o'simliklar ko'payish davrlarida muhit omillarining o'zgarishiga nisbatan
sezuvchan bo'ladi. Masalan, jo'xorining unib chiqishi, poya qilishi, boshoq, shona
hosil qilish davrlarida ekologik omillar turli darajada ta'sir qiladi.
Birlamchi davriy ekologik omillar.
Ekologik omillarni guruhlashda, shu omillar ta'sirini sezadigan organizmlar
holatlariga nisbatan olish bilan birga, ularning moslashish darajasini ham bilish
kerak. Chunki ekologiyaning asosida organizmlarning muhitga moslashish
qonunlari, ya'ni organizm bilan uning muhiti o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni
o'rganish yotadi.
Organizmning moslashishi doim to'g'ri o'zgarib turadigan muhit omillari
orqali aniqlanadi. Ya'ni, omillarning kun, oy, fasllar yoki yil davomida
o'zgarishlari birlamchi davriy o'zgarishlar bo'lib, ular yerning o'z o'qi atrofida
aylanishi, uning quyosh atrofidagi harakati yoki oy fazalarining o'zgarishi
natijasidir. Ekologik omillarning o'zgarishiga olib keladigan tabiatdagi doimiy
sikllar yerda hayot paydo bo'lmasidan oldin yuzaga kelgan. Shuning uchun ham
49
tirik organizmlarning birlamchi davriy o'zgaruvchi omillarga moslashishi qadimiy
bo'lib, nasldan-naslga o'tgan va mustahkamlashgan .
Atrof-muhitning harorati, yorug'ligi, namligi, dengiz suvlarining ko'tarilishi
yoki pasayishi birlamchi davriy ekologik omillardir. O'simliklar mintaqalarining
kelib chiqishi shu birlamchi davriy o'zgaradigan omillar bilan bog'liq bo'lib,
ma'lum mintaqa omillari ta'sirida turlarning tarqalish chegaralari kelib chiqadi.
Organizmlarning moslashishida birlamchi davriy omillar turlarga birdek
qonun asosida ta'sir qiladi.
Birlamchi davriy omillar organizmlar rivojlanishida doim ustunlik qilib, ayrim
hollar (dengiz va okeanlarning chuqur joylari - abissal mintaqa yoki yer osti
yashash joylari, g'orlar) bundan istisnodir.
Ikkilamchi davriy ekologik omillar.
Tabiiy muhitda davriy omillarning o'zgarishi natijasida ikkilamchi davriy
omillarning o'zgarishi kelib chiqadi. Ikkilamchi davriy omillar birlamchi davriy
omillar bilan qanchalik yaqin va aloqador bo'lsa, ikkilamchi davriy omillarning
muntazamligi shunchalik aniq ko'rinadi. Jumladan, havoning namligi ikkilamchi
omil bo'lib, harorat bilan doim o'zaro bog'langan. Tropik mintaqalarda namlik,
yomg'ir yog'ishi, kun yoki faslning o'zgarishiga bog'liq.
Ikkilamchi davriy omillarga o'simliklarning ozuqalanishi misol bo'lib, shu
ozuqalanishning yuzaga kelishi vegetativ davrga bog'liq. Suv muhitida
kislorodning, mineral tuzlarning miqdori, suvning loyqaligi, suv sathi, uning oqish
tezligi ham ikkilamchi davriy omillar hisoblanadi. Lekin ularning davriyligi
doimiy emas, chunki unday omillar birlamchi ekologik omillarga kirmaydi, ular
davriy omillarga to'g'ridan-to'g'ri emas, balki bilvosita qaramdirlar.
Ikkilamchi davriy omillarga ichki biotik ta'sirlar ham kiradi. Chunonchi,
populyatsiya ichidagi tur vakillarining bir-birlari bilan munosabatlari iqlimning
yillik siklik o'zgarishlari bilan bog'langan.
Ikkilamchi omillar birlamchilar kabi qadimiy davriy omillar emas,
ikkilamchi omillarga tirik organizmlar uncha uzoq bo'lmagan davrlarda
moslashgan va bu holat o'simliklarning suv-yer-havo muhitida yashashidan
50
boshlangan. Shuning uchun ham o'simliklarning havo namligiga moslashishlari
haroratga nisbatan uncha kuchli emas. Ularning havo namligiga oid chidamlilik
doirasi, haroratga nisbatan chidamlilik doirasidek keng diapazonga ega emas.
Ozuqa, yem-xashakka nisbatan moslashishi har xil boigani bilan ko'pincha juda
chegaralidir.
Ikkilamchi davriy ekologik omillar ma'lum hududlar ichida turlarning ko'p
va boy tarqalishiga sabab bo'lsa-da, ularning o'zgarishi, yangi turlarning kelib
chiqishiga olib kelmaydi.
Tabiatda tirik organizmlar uchun hayotiy ekologik omillar bir vaqtda
hammasi birdan ta'sir qiladi. Bu holat o'simlikshunoslikda hosildorlikning
kamayishiga olib keladi, degan qonun noto'g'ri ekanligini ko'rsatadi.
Ya'ni, agrotexnik qo'llanishlar natijasida bir necha ekologik omillarning
majmua ta'sir qilish qonuni bo'yicha qishloq xo'jaligida optimal agrotexnik
qo'llanishlar ishlab chiqilib, yuqori hosil olish imkoniyati tug'iladi.
Biz yuqorida qayd qilib o'tganimizdek, tirik organizmlarning hayoti uchun
majmua ekologik omillar bir xil emas, ular har xil turlarga va ularning rivojlanish
davrlariga turlicha ta'sir qiladi. Masalan, kuz va qishning boshlanishida kuzgi
bug'doy uchun past harorat (2-5°C) kerak, bahorda esa o'sib chiqqan bug'doy
o'simtalarining tezroq o'sishi, rivojlanishi uchun biroz yuqori harorat (12-16°C)
talab qilinadi. O'simliklarning bunday holati o'simlikshunoslikda teng fiziologik
qonun va ekologik almashinmasligi, deb aytiladi. (Korenev va boshqalar, 1990).
Nodavriy ekologik omillar.
Organizmning yashab turgan normal muhitida bo'lmaydigan, birdan kelib
chiqadigan, keyinchalik yo'qolib ketadigan omillarga nodavriy omillar deyiladi.
Shuning uchun ham bunday omillarga organizmlar moslashib ham ulgurmaydi.
Nodavriy omillarga: shamol, chaqmoq, yong'in kabilarni, insonlarning tabiat bilan
faoliyati, yirtqichlar, parazitlar, zararli hasharotlar, zamburug'larni ham kiritish
mumkin.
Keyingi misollar organizmlardagi «biotik omillar»dan kelib chiqadi. Lekin
bu yerda o'ziga xos tushuncha bor. Masalan, (abiatda uchraydigan xo'jayin-parazit
51
munosabatida xo'jayinning parazitga ta'sirini ikkilamchi davriy omillarga kiritish
mumkin, chunki xo'jayin tanasi parazit uchun normal yashash joyi. Lekin
rivojlanish uchun parazitning bo'lishi shart cmas. Shu holat davriy omilga o'tadi.
Ko'pchilik holatlarda organizmlarning nodavriy ekologik omillarga moslashish
xislati bo'lmaydi.
Nodavriy ekologik omillar, asosan ma'lum joydagi tur vakillarining soniga
ta'sir qilib, tur areali, individual rivojlanishini o'zgartirmaydi. Nodavriy omillarni
nazariy o'rganish natijasida qishloq xo'jalik zararkunandalariga qarshi chora-
tadbirlar ishlab chiqishda qo'l kelishi mumkin.
Ekologik qatorlar.
Muhitning ayrim yoki bir guruh ekologik omillari ta'sirining o'sib yoki
kamayib borishida o'simliklar birliklari -fitotsenozlarining joylashishiga ekologik
qatorlar, deb ataladi. Masalan, ba'zi qiyalikning yuqori qismida tuproqning quruq,
pastki qismida esa namlikning ko'pligi yoki tuproqning kam quruq ekanligi
kuzatiladi.
Shuning uchun ham qiyalikning ikki joyida o'simlik turlari, ularning
qalinligi har xil. Ayrim turlar qiyalikning yuqori, ba'zilari o'rta, uchinchi guruh
o'simliklar va uning pastki qismlarida o'sadi.
Natijada tuproq namligining ortishi yoki kamayishiga qarab, o'simliklar
yuqoridan pastga qarab, ma'lum qatorda joylashadi, ya'ni, quruqlikni sevuvchi
o'simliklar qiyaning yuqori qismida, namlikka moslashgan turlari esa pastroqqa
joylashadi.
O'simliklarning bunday ekologik qatorlarini issiqlik, tuproqning sho'rlanishi,
o'simliklarning shamolga chidamliligi kabi omillarga nisbatan ham chizish
mumkin. O'tloqzorlarda pastlikdan tepalikka, tekislikdan adir mintaqasiga qarab
ham o'simliklarning guruhlari, turlari va ular tashkil qiladigan qatorlar o'zgaradi.
O'simliklar qatorining ichida 6-8-10 lab, ularning assotsiatsiyalarini ajratish
mumkin. Ular ichida chegaralarni aniqlash ayrim hollarda qiyin bo'ladi. Chunki
ekologik sharoitning shu joyda asta-sekin o'zgarishidan bir fitotsenoz ichidagi
52
turlarni ikkinchi senoz maydoniga tarqalib, oraliq kichik senozlar hosil qilishi
fitotsenozlar chegaralarini chalkashtirib yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |