Xavfli o‘smalar burun bo‘shlig‘ida kam uchraydi, bu
asosan 60–70 yoshlardagi erkaklarda kuzatiladi. Xavfli
o‘smalardan rak yoki sarkomaning tashqi ko‘rinishi ular-
ning gistologik tuzilishlariga bog‘liq. Ko‘pincha ular g‘adir-
budur, yaralangan, konsistensiyaga ega bo‘lib, to‘qimalar
rangi kulrang bo‘ladi.
Klinik manzarasi. Asta-sekin kuchayib borayotgan na-
fas olishning qiyinlashuvi bilan birga, bemor yiringli, sel
aralash ajralmalar, bosh og‘rig‘i, yuz sohasidagi nevralgik
og‘riqlardan shikoyat qiladi. Regional limfatik bezlarda
metastazlar hosil bo‘ladi. Diagnoz qo‘yishda biopsiyaning
o‘rni kattadir.
Davolash: jarrohlik, kimyo va nur terapiya usulidan
iborat. Davolashdan oldin og‘iz bo‘shlig‘i sanatsiya qili-
nishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |