Quloq tomoq


Burmalar osti laringiti (soxta bo‘g‘ma)



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/173
Sana31.12.2021
Hajmi3,3 Mb.
#250308
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   173
Bog'liq
quloq tomoq va burun kasalliklari

Burmalar osti laringiti (soxta bo‘g‘ma)
Burmalar osti laringiti (soxta bo‘g‘ma) o‘tkir kataral la-
ringitning bir turi bo‘lib, burmalar osti tovush bo‘shlig‘ida 
hosil bo‘ladi. Odatda, 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan 
bolalarda uchraydi, bu bolalar hiqildog‘ining anatomik 
tuzilishi – teshigining torligi va burmalar osti bo‘shlig‘i 
kletchatkasining g‘ovakligiga bog‘liq. Kasallikning boshla-
nishi, odatda, burun yoki hiqildoq shilliq pardasining o‘tkir 
yallig‘lanishi bilan bog‘liq. Soxta bo‘g‘ma laringospazm-
ga moyilligi bo‘lgan, diatez bilan kasallangan bolalarda 
ko‘proq uchraydi.
Soxta bo‘g‘ma odatda to‘satdan, yarim kechada, quv-
quv yo‘tal xuruji bilan boshlanadi. Bola uyg‘onib, o‘rinda 
bezovtalanadi. Bunday paytda nafas olish hushtak chal-
gandek, shovqinli, og‘irlashgan bo‘ladi, inspirator hansi-
rash yuzaga keladi. Tirnoqlar va ko‘rinib turadigan shilliq 
pardalar ko‘karib ketadi. Qo‘rquvdan bolaning yo‘tali yana 
ham zo‘rayadi.
Tekshirib ko‘rilganda bo‘yinturuq chuqurchasi, o‘mrov 
usti va o‘mrov osti bo‘shliqlari, epigastral soha yumshoq 


159
to‘qimalarining ichiga tortilganligi aniqlanadi. Bu holat 
bir necha daqiqadan yarim soatgacha davom etib, shun-
dan keyin kuchli terlash paydo bo‘ladi, nafas olish deyarli 
normal lashadi, bola uyquga ketib, ertalab soppa-sog‘dek 
uyg‘onadi. Ertasiga ba’zi bolalarda tovush biroz bo‘g‘ilishi 
mumkin, ko‘p hollarda tovush o‘zgarmaydi. Ammo kasal-
lik xuruji bir necha kundan yoki 1–2 haftadan keyin yana 
qaytalanishi mumkin. Nafas olishning buzilishi va yo‘tal 
doimiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Laringoskopiyada burmalar osti bo‘shlig‘i shilliq pardasi-
ning gardishsimon qizargan shishini aniqlash mumkin. Bu 
gardishlar tovush burmalari ostidan chiqib, hiqildoq bo‘sh-
lig‘ini toraytirib, nafas olishni qiyinlashtiradi.
Davolash.  Umumiy gigiyenik tadbirlar (bola yotgan 
xona havosini shamollatish, namlash) va davo choralarini 
ko‘rishdan iborat. Bemorga iliq sut ichish tavsiya etiladi. 
Bo‘yinga issiq muolajalar qilinadi va xantalli qog‘ozlar 
qo‘yiladi. Oyoqni issiq vannalarga solish yaxshi natija be-
radi. Balg‘amning ko‘chishi uchun balg‘am ko‘chiruvchi 
dorilar beriladi.
Bo‘g‘ilish xurujini shpatelni halqumning orqa devoriga 
tegizib qusish refleksini qo‘zg‘atish bilan to‘xtatish ham 
mumkin.
Agar yuqorida aytilgan tadbirlar yaxshi natija bermasa, 
nafas bo‘g‘ilishi bemor hayotiga xavf solgan taqdirda tra-
xeostomiya qilinadi. Intubatsiyani odatda ehtiyotlik bilan 
qilinadi, shunki u hiqildoq shilliq pardasining yaralanishiga 
olib keladi. Og‘ir hollarda bevosita laringoskopiya qilinadi, 
burmacha osti bo‘shlig‘i shilliq pardasiga tomirlarni toray-
tiruvchi dorilar surtiladi, bu kifoya qilmasa, laringo – yoki 
bronxoskopni chiqarmay turib traxeostomiya qilinadi.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish