Hiqildoq kuyishlari. Amaliyotda asosan hiqildoq, halqum,
qizilo‘ngachning aralash kuyishlari kuzatiladi. Shish ovoz
(tovush) va dahliz burmalariga tarqaladi va natijada nafas
yo‘llari torayadi. Yutinish qiyinlashadi va og‘riqli bo‘ladi,
keyinchalik stenoz oqibatida nafas olish qiyinlashadi.
Davolash. Yallig‘lanishga qarshi vositalar (moychechak,
shalfey) bilan tomoqni chayish buyuriladi. Antibiotiklar,
to‘qimalar shishini kamaytiruvchi vositalar qo‘llaniladi.
Ko‘rsatma bo‘lsa, traxeostomiya qilinadi.
Hiqildoqqa yot jism tushishi
Yot jismlar – ovqat bo‘laklari yoki boshqa jismlar og‘iz
orqali hiqildoqqa to‘satdan nafas olganda, baqirganda, ga-
pirganda, kulganda tushib qolishi kuzatiladi. Ko‘p hollarda
1–4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Katta yoshdagi
kishilarda esa nafas yo‘llariga yot jismlar e’tiborsizlik va
ehtiyotsizlik tufayli (igna, to‘g‘nog‘ich, shpilka va bosh-
qalar) tushishi, ayniqsa, mastlik holatida bronxlarga qusuq
massasi tushib qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |