Ichki quloq (auris interna) murakkab tuzilgan bo‘lib,
chakka suyagining piramidasimon o‘simtasi ichida joy-
lashgan va labirint deb ataluvchi suyak kanallaridan tuzil-
gan. Suyak labirinti ichida pardasimon labirint joylash-
gan. Pardasimon labirint endolimfa bilan, suyak labirinti
bilan pardasimon labirint orasidagi bo‘shliq esa kimyoviy
tarkibiga ko‘ra orqa miya suyuqlig‘iga o‘xshash perilimfa
5-rasm. Tovush to‘lqinining tarqalishi. a – tashqi va o‘rta quloqlarda; b – ichki quloqda.
a b
19
bilan to‘lgan. Suyak labirinti dahliz, 3 ta yarim halqasimon
kanallar va chig‘anoqdan tashkil topgan (6-rasm).