Tadrijiy hujum.
Tadrijiy hujum yoki javob hujumini uyushtirishda biron o’yinchi
juda ko’p uzatishlar yordamida darvozani zabt etish uchun qulay
pozisiyaga chihariladi.
Bu tadrijiy hujumning tezkor hujumdan asosiy farqidir. Bu tur
hujumdagi jamoa harakatlarini bajarishda kombinatsiyalar qisqa va
110
o’rtacha uzatishlar yordamida amalga oshirilgani uchun, to’pni uzoq
vaqt nazorat qilib turish imkoniyati tug’iladi. Yana shuni aytish kerakki,
to’plar
qisman ayniqsa
himoya
qatori
yinchilari
hujumga
qo’shilganda, maydonning ko’ndalangiga uzatiladi. To’p uzoq vaqt
boshqarib turilganiga qaramay, tadrijiy hujumning samaradorligi
aytarlik ko’p bo’lmaydi. Hujum rivojlanishiga ko’p vaqt sarflanishi
mudofa-adagilarga kuchlami bemalol qayta guruhlab olishga va darvoza
zabt etilishi uchun eng xavfli zonalami to’sib olishga imkon yaratib
beradi. Uyushqoqlik bilan amalga oshirilgan mudofaa esa hujum
qilayotganlardan himoya qatorini bo’g’inlardan birida yorib o’tish
niyatida yana bir turkum kombinatsiyalar qilishni talab etadi.
Hujumning muvaffaqiyati ko’p jihatdan hujumchilaming mohirona
harakatiga bog’liq. Tamomila ravshanki, yaxshi mudofaadan oz kuch
bilan o’tib ketish qiyin, demak hujumga ko’proq o’yinchi qo’shilishi
kerak. Bunda maydonning ayrim qismida son jihatdan ortiqlik hosil
qilib, shuning hisobiga raqiblar mudofaasini yorib o’tish mumkin
bo’ladi.
Maydonnnig butun uzunasiga va ko’ndalangiga manyovr qilish
hujum enini kengaytirish imkonini berish bilan birga himoyachilar
harakatlarini qiyin-lashtiradi, ayni chog’da hujum qiluvchilardan puxta
va maxsus tayyorgarlik ko’rgan bo’lishlarini talab etadi. Hozirgi zamon
futbolida
hujum
va
himoyada
o’yinchilaming
katta
guruhi
qatnashadigan bo’lgani uchun, o’yin mobaynida jamoa bajaradigan ish
hajmi ham ancha ko’payib ketadi. Bu esa yinning taktik qiyofasini
murakkablashtirish, maydonning butun bo’yi va eni bo’ylab ko’p
yurishli kombinatsiyalar qilish imkonini beradi. Bularsiz tadrijiy
hujumda jamoa yutib chiqishini umid qilmasa ham bo’ladi.
78-rasmda darvozabon boshlab,
10-yarim himoyachi unga
qo’shiladigan hujum ko’rsatilgan. Tadrijiy hujum paytidagi ko’p yurishli
kombinatsiyalar natijasida maydon o’rtasining 10-o’yinchisi zarba
berish pozisiyasiga chihariladi.
Tadrijiy hujum uyushtirishga bo ’lgan asosiy talablar:
1.
To’p olgan o’yinchi uni mudofaa zonasida ochilgan sheriklaridan
biriga aniq oshirib berishi kerak. To’pni hammadan ko’ra yon chiziq
yaqiniga uzatib bergan ma’qul, chunki u yerda o’yinchilar ko’p
bo’lmaydi, xato qilib qo’yilgan taqdirda ham, raqib tomon darvozaga
bevosita xavf sola olmaydi.
111
78-rasm. Tadrijiy hujum
2. Oldingi va o’rta qatordagi hamma o’yinchilar maydonning bo’yi
va eni bo’ylab faol manyovr qilishlari lozim. To’pi bor o’yinchiga eng
yaqin bo’lgan-laming mohirlik bilan ochila bilishi ayniqsa muhim.
3. 0 ’yinchilar hujumning oldingi qatoriga istalgan vaqtda uzunasiga
yoki diagonaliga tezlik bilan to’p uzatilib qolishi, ya’ni tezkor yorib
o’tishga kirishib ketilishi mumkinligini nazarda tutishlari kerak.
4. Jamoa hujumni rivojlantirishda harakat maromini o’zgartirishdan,
tezlikni oshirish va sekinlatishdan ("portlay olish"dan) foydalanishi
kerak. Shunday qilish mudofaani uyushtirishni hamma vaqt nihoyat
darajada murakkablashtirib qo’yadi.
5. 0 ’yinchilar uzunasiga, ko’ndalangiga va diagonaliga uzatishlar
hisobiga hujum yo’nalishlarini bir qanotdan ikkinchi qanotga o’tkazishni
bilishlari
kerak.
Bu
hujumni
maydonning
butun
kengligida
rivojlantirishni ta’minlaydi va raqiblar himoya qatorini uzaytirib
yuboradi.
6. Oldindan tayyorlab qo’yilgan, ma’lum bir o’yinchini zarba berish
pozisiyasiga chiharadigan kombinatsiyalami ko’proq qo’llash kerak.
Bunday jamoa harakatlarini o’yinchilar guruhi ijodiy amalga oshiradi.
Ular bunda ba’zan yuzaga kelayotgan sharoitga qarab tayyorlab
qo’yilmagan harakatlar ham qilishi mumkin.
7. Hujum qilayotgan jamoaning o’rta qatordagi, ba’zan esa orqa
qatordagi o’yinchilari zarba berish pozisiyasiga qo’shilib turishdan
foydalanish juda ham muhim, chunki oldingi qator o’yinchilari boMarga
nisbatan qattiqroq qo’riqlanadi.
8. Hujum qilayotganlar tpni nihoyatda e’tibor bilan, aniq
uzatishlari kerak, chunki ular ikkala jamoa o’yinchilari g’uj bo’lib
112
to’plangan sharoitda harakat qiladilar, bu esa raqiblaming to’pni yo’lda
olib qolishini osonlashtiradi.
9.
Hujum qilayotganlaming joylanishi albatta eshelonlangan,
boshqacha qilib aytganda, tabaqalangan bo’lishi kerak. Shunda, raqiblar
vaqti kelib to’pni adressiz qaytarib olgan taqdirda ham, hujumni davom
ettirish mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |