zbekiston respublikasioliy va rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 10,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/266
Sana31.12.2021
Hajmi10,34 Mb.
#249805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266
Bog'liq
021futbolnazariyasivauslubiyatipdf

hodisasi 
-   sobiq  Ittifoq 
chempionati edi:  56 jamoa o’rtasidagi  guruhlarda o’ynaldi.  0 ’zbekiston 
sha’nini  Toshkentning  dinamochilari  himoya  qildilar.  Ular  futbol 
bo’yicha mamlakat chempionatida ishtirok etgan birinchi o’zbekistonlik 
jamoa edilar.
0 ’z  o’yinlari  bilan  toshkentliklar  sinalgan  charm  to’p  ustalariga 
munosib raqib bo’la olishlarini isbotladilar. Ular Yevropaning "Spartak" 
jamoasini  5:0,  Bakuning  "Neftchi"sini  3:2,  Dnepropetrovskning  "Stal" 
jamoasini  2:1,  Gorkiy-ning  "Torpedo" jamoasini  1:0  hisobi  bilan yutib, 
o’z  maydonlarida  chiroyli  yinlar  o’tkazdilar.  Moskvada  “Крилья 
Советов”  jamoasi  bilan  2:2,  Lenin-gradda  "Avangard"  bilan  1:1 
hisobida yakunlangan durustgina o’yin ko’rsatdilar.
Ammo  tajriba  yetishmasligi  sabab  yuqori  o’rinlarni  egallay 
olmadilar,  natijada  bor  yo’g’i  8-o’ringa  erishdilar  (4  ta  alaba,  3  ta 
durang, 4 ta magMubiyat).
Sobiq  Ittifoqning  yetakchi  sport  jamiyati  bo’lgan  "Spartak"  KSJ 
Markaziy  Kengashi  birinchiligida  muvaffaqiyatli  chiqish  qildi. 
Saratovdagi  dastlabki  o’yinlarda  ular  o’z  klubdoshlarini  11:1  hisobida 
tom  ma’noda  tor-mor  etdilar,  sng  esa  Qozonning  "Spartak"  jamoasi 
ustidan  g’alaba  qozondilar.  Bu  g’alabalar  toshkentliklarga  Ivanovoda
9


o’tkazi1adigan fmal o’yinlarida qatnashish huquqini berdi. Unda Xarkov, 
Krasnodar, 
Toshkent 
va 
Ivanovo 
sportchilari 
qatnashdilar. 
Toshkentliklar  yaxshi  o’yin  ko’rsatib,  uchinchi  sovrinli  o’rinni 
egalladilar  (ular  xarkovliklami  3:1  ga  yutib,  Krasnodar  bilan  1:1 
hisobida  durang  o’ynadilar  va  mezbonlarga  0:4  hisobida  yinni  boy 
berdilar).
Shu  yilning  o’zida  Toshkentda  tkazilgan  "Besh  yo’1"  tumirida 
"Loko-motiv"  jamoasi  muvaffaqiyatli  chiqish  qildi.  Bu  tumirda 
Kuybishev,  Orenburg,  Turkiston-Sibir,  Ashxobod  va  Toshkent  temir 
yoMlari  jamoalari  ham  ishtirok  etdi.  Barcha  raqiblami  yengib, 
toshkentliklar  1-o’rinni egalladilar.
1939  yil  sobiq  Ittifoq  Kubogi  uchun  kurashda  Toshkent 
dinamochilarining  chiqishi  katta  muvaffaqiyatga  sazovor  boMdi.  28 
avgustda Moskvadagi  "Dinamo"  stadionida  o’zbek  futbolchilari  chorak 
finalda  Bokuning  "Temp"  jamoasiga  qarshi  to’p  surdilar.  0 ’yin  juda 
o’tkir  va  shiddatli  kurashda o’tdi.  Toshkent  dinamochilari  2:1  hisobida 
g’alaba  qozonib,  Kubok  yarim  finaliga  yo’l  oldilar.  Bunda  ular 
Rossiyaning eng kuchli jamoalaridan boMgan  “Сталинец”  (Zenit) bilan 
uchrashdilar  va  3:0  hisobi  bilan  yutqazdilar.  Finalda  esa  Moskvaning 
"Spartak" jamoasi leningradliklardan 3:2 hisobida ustun keldi.
1941  yilning  futbol  mavsumiga  Toshkent  dinamochilari  jiddiy 
tayyorgarlik  ko’rgandilar.  Chempionat  o’yinlari  taqvimiga  ko’ra  ular 
Olma-Otalik  klublami  qabul  qilishJari  kerak  edi.  Ammo  butun  dunyo 
uchun  fojea  boMgan  1941  yilning  22  iyunida  Ulug’  Vatan  urushi 
boshlandi,  shuningdek,  O’zbekiston  sport  hayoti  ham  vaqtincha 
to’xtatildi.
1942 yilda 0 ’zbekiston Kubogi uchun kurashda Toshkentdan ikkita, 
Farg’ona va Samarqanddan bittadan jamoa ishtirok etdi.
1943  yili  Olma-Otada  urush  davrining  qiyin  sharoitlarida  0 ’rta 
Osiyo 
mamlakatlari 
va 
Qozog’iston 
Spartakiadasi 
o’tkazildi. 
Respublikamiz  futbol-chilari  texnik  futbol  yinini  namoyish  etib, 
Turkmaniston jamoasini  9:0,  Tojikistonni  3:0,  Qirg’izistonni  5:0  hisobi 
bilan  magMubiyatga  uchratdilar.  Hatto  o’zlarining  qozoqlar  bilan 
boMgan yindagi magMubiyatiga qaramay,  1-o’rinni egallay oldilar.
1950  yilning  boshida  0 ’zbekistonda  "Paxtakor"  sport  jamiyati 
tashkil etildi. Hozirgacha mustaqil 0 ’zbekiston chempionatida va rasmiy 
xalqaro  musoba-qalarda  muvaffaqiyatli  yinlar  ko’rsatib  kelayotgan, 
respublikamizning  eng kuchli jamoasi  boMgan  "Paxtakor"ning tuzilishi 
ham shu jamiyat bilan bogMiq.
10


1960  yildan  1991  yilgacha  (tanaffuslar  bilan)  "Paxtakor"  sobiq 
Ittifoqning  oliy  ligasida  ishtirok  etib  keldi.  Bu  islohotlar  va  tub 
o’zgarishlar davri  bo’lgan edi.  Kichik guruhlardagi saralash o’yinlaridan 
keyingina  chempionatga  yo’l  olinardi.  Oliy  ligaga  chiqish  uchun 
tayyorlanadigan  jamoa  Toshkentning  ikki  jamoasi  asosida  tuzilgan 
bo’lib,  bular  "Paxtakor”  va  "Mehnat  zahiralari"  ("Трудовме  резервм") 
klublari edi.
"Paxtakor"ning  barcha  ko’zga  ko’rinarli  muvaffaqiyatlari  uning 
kuchlilar guruhidagi chiqishlari bilan bog’liq. Yigirma yil tanaffus bilan 
ikki  bora  1962  va  1982  yillarda “Paxtakor”  oliy  ligada  faxrli  6-o’ringa 
sazovor bo’lgan.  1968 yilda finalga chiqib, unda Moskvaning "Torpedo" 
jamoasiga  0:1  hisobida  g’alabani  boy  berishi  "Paxtakor"ning  Ittifoq 
Kubogi o’yinlaridagi eng yirik muvaffaqiyati edi.
1965  yil  chempionati  natijalariga  ko’ra  Moskva  jamoalari  bilan 
o’tkazilgan  uchrashuvlardagi  eng  yaxshi  ko’rsatkichlari  uchun 
paxtakorchilar  "Moskva  oqshomi"  gazetasining  maxsus  sovrini  bilan 
taqdirlandilar  (toshkentliklar 
"Dinamo"ni 
2:0, 
"CSKA"ni 
2:0, 
“Spartak”ni  1:0  va  "Lokomotiv"ni  2:0  hisobida  mag’lub  etgandilar). 
Sobiq  Ittifoq  chempionatlarida qatnashish yillari  mobaynida  "Paxtakor" 
uch jamoaviy sovrinni qo’lga kiritdi:  "G’labaga ishonch" (1971), ‘Троза 
авторитетов” hamda "Adolatli o’yin" uchun sovrin (1983).
Ikki  marotaba  "Paxtakor"  futbolchilari  oliy  liga  chempionatining 
eng yaxshi hujumchilari deb tan olingan.  1968 yil B.Abduraimov Tbilisi 
"Dinamo"si  yinchisi  bilan  birga  (22  tadan  gol)  va  1982  yilda 
A.Yakubik (23 ta gol).
Sobiq  Ittifoqning  ilk terma jamoasi  uchun  5  ta  paxtakorchi  ynar 
edi: 
V.Fyodorov, 
Yu.Pshenichnikov, 
G.Krasniskiy, 
М.Ап, 
A.Pyatnitskiy.  Turli  yillarda  eng  yaxshi  33  futbolchi  qatorida 
Yu.Pshenichnikov  (1966,  1967),  M.An  (1974,  1978),  B.Abduraimov, 
V.Xadzipanagis  (1974),  A.Yakubik  (1982)  va  A.Pyatniyskiy  (1991) 
nomlari bor edi.
0 ’sha  yillarda  G’zbekiston  futbol  ishqibozlarida  katta  qiziqish 
uyg’otgan  yinlar  sirasiga  1964  yil  paxtakorchilaming  "Pirasikaba" 
(Braziliya)  hamda  (1:0),  Urugvayning  25  karra  chempioni  "Natsonal" 
(Montevideo)  jamoalari  bilan  uchrashuvlar  kiradi.  Urugvayliklaming 
harchand  urinishlari  va  qarshiliklariga  qaramasdan  "Paxtakor"  2:1 
hisobida alaba qozondi.
17  nafar  iste’dodli  futbolchining  hayotini  olib  ketgan  1979  yilgi 
mash’um  avia halokatidan  sng  1980  yilda  “Paxtakor”  yangi  tarkibda
u


sobiq  Ittifoq  chempionatining  oliy  ligasiga  yo’l  oldi.  U  yerda  Tbilisi 
dinamochilarini  3:0,  Donetskning  "Shaxtyor"ini  2:1  hisobida  mag’lub 
etdi,  Kiyevning  "Dinamo"si  bilan  durang  o’ynadi  va  “Гроза 
авторитетов” sovrinini qo’lga kiritdi.
60-90 
yillaming 
paxtakorchilari 
0 ’zbekiston 
futbolining 
rivojlanishida yorqin iz qoldirganlar.
Bu  davr  mobaynida  "Paxtakor"ni  sobiq  Ittifoq  chempionatidagi 
chiqishlarga  tayyorlashda  M.Yakushin,  B.Arkadyev,  G.Kachalin, 
V.Solovyev,  B.Abduraimov,  X.Raxmatullaev  kabi  murabbiylaming 
hissasi  beqiyosdir.  Respublika  terma  jamoalari  va  yuqori  malakali 
jamoalar  uchun  zahira  tayyorlashda  G.Sorvin, 
X.Muxitdinov, 
A.Mosheyev kabi ustoz murabbiylaming mehnati ulkan bo’lgan.
Xuddi  shu yillarda bir qator malakali  hakamlar yetishib  chiqqanini 
aytib  o’tish joizki,  ular qatorida V.Doljenkov,  B.Baklunov,  F.Sultonov 
va boshqalar bor.
Murabbiy kadrlar tayyorlash  byicha 0 ’zbekiston Davlat jismoniy 
tarbiya  institutining  o’zbek  futboliga  qo’shgan  hissasi  o’ta  muhimdir. 
Institut  1955  yilda ochilgan bo’lib,  u paytda futbol  mutaxassisligi  sport 
o’yinlari  kafedrasi  tarkibiga  kirar  edi,  biroq  1966  yilda  u  mustaqil 
kafedra sifatida ajralib chiqdi.  z faoliyati mobaynida bu kafedra futbol 
bo’yicha  murabbiy  kadrlar  tayyorlash  o’chog’iga  aylandi.  Natijada 
ko’pgina  bitiruvchilar  murabbiylik  ishida  ma’lum  muvaffa-qiyatlarga 
erishib,  0 ’zbekistonda  xizmat  ko’rsatgan  murabbiy  unvoniga  sazovor 
bo’ldilar. Bular B.Abduraimov, V.Tixonov va boshqalardir. Ayni paytda 
futbol  kafedrasining  ko’pchilik  bitiruvchilari  O’zbekist0nning  turli 
viloyatlari va chet ellarda ishlab kelmoqdalar.
1992 yil mustaqil O’zbekiston Respublikasining ilk chempionati yili 
edi.  Mamlakatimiz  futboli  tarixida  yangi  sahifa  ochildi.  Bu 
chempionatning  oliy  ligasida  17  ta,  birinchi  ligasida  18  ta,  ikkinchi 
ligasida  esa  42  ta jamoa  ishtirok  etdi.  O’zbekiston  chempioni  unvoni 
uchun  kechgan  shiddatli  kurashda  "Paxtakor"ga  asosan  Farg’ona 
viloyatining  "Neftchi",  shuningdek,  "So’g’diyona"  (Jizzax)  va 
"Nurafshon" (Buxoro) jamoalari kuchli qarshilik ko’rsatdilar.
1994  yil  7  iyunda 0 ’zbekiston  Futbol  federatsiyasi  "FIFA"ga,  shu 
yilning dekabr oyida esa Osiyo Futbol konfederatsiyasiga a’zo bo’ldi.
0 ’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1993  yil  18 
martdagi  " 0 ’zbekiston  Respublikasida  futbolni  yanada  rivojlantirish 
chora-tadbirlari  to’g’risida"gi  qarorining  mamlakatimizda  futbolni 
rivojlantirishdagi ahamiyati juda kattadir.
12


1994  yilda  ilk  bor  yosh  mustaqil  respublika  elchilari  Yaponiyada 
o’tka-zilayotgan XII Osiyo o’yinlarida -  Osiyo mintaqasidagi yirik sport 
forumida tanishtirildilar.
Oltin medal sovrindorlari nomi  uchun kurashda o’zbek futbolchilari 
Saudiya  Arabistoni  (4:1),  Malayziya  (5:0),  Gonkong  (1:0)  va  Tailand 
(5:4)  terma  jamoalari  ustidan  g’alaba  qozondilar.  Chorak  finalda 
Turkmaniston terma jamoasini 3:0 hisobida, yarim fmaldagi shiddatli va 
o’ta  murakkab  o’yinda  Janubiy  Koreyaning  kuchli  jamoasini  1:0 
hisobida mag’lub etdilar. Va, nihoyat, finalda Xitoy terma jamoasini 4:2 
hisobi  bilan  yengdilar.  Bu jamoa  murabbiylari  dotsent  R.Akramov  va 
sport  ustasi  B.Abduraimovlar edi.  Asosiy  tarkibning  7  nafar  o’yinchisi 
0 ’zDJTI talabalari bo’lganini aytib o’tish joizdir.
Shu yilning o’zida Osiyo chempionlari Kubogida ilk bor qatnashgan 
Farg’onaning  "Neftchi"  klubi  futbolchilari  uchinchi  sovrinli  o’rinni 
egalladilar.
0 ’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1996  yil  17 
yanvardagi  "0 ’zbekistonda  futbolni  rivojlantirish  tamoyillari  va 
tashkillashtirish  asoslarini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari 
to’g’risida"gi qarori 0 ’zbekistonda futbolning keyingi rivoji uchun katta 
ahamiyat kasb etdi.
Bu  qarorda kelgusi  futbolni  klublar asosida  rivojlantirish  va  1996- 
1997  yillarda  viloyat  markazlarida  futbol  bo’yicha  o’smirlar  maktab- 
internatlari ochilishi ko’rsatilgan edi.
1992  yildan  hozirgi  kungacha  bo’lgan  vaqt  ichida  Toshkentning 
"Paxtakor", 
"Bunyodkor" 
va 
Farg’onaning 
"Neftchi" 
klublari 
chempionat  yetakchilari  bo’lib  keldi.  Paxtakorchilar  o‘n  marotaba 
0 ’zbekiston chempioni bo’lganlar (1992,1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 
2006,  2007,  2012,2014)  va 6  marotaba mamlakat Kubogi  sovrindorlari 
qatoridan  joy  olganlar  (1993,  1997,  2001,  2002,  2003,  2004). 
"Bunyodkor" jamoasi  besh marotaba 0 ’zbekiston chempioni boMganlar 
(2008,  2009,  2010,  2011,  2013)  va  4  marotaba  mamlakat  Kubogi 
sovrindorlari qatoridan joy olganlar (2008, 2010, 2012, 2013).  "Neftchi" 
ham besh karra respublika chempioni (1992,  1993,  1994,1995,2001) va 
2 karra 0 ’zbekiston Kubogi sohibi (1994,1996) bo’lgan.
0 ’zbekiston  chempioni  unvoniga yana  "Navbahor"  (1996),  MHSK 
(1997) va "Do’stlik"  klublari erishganlar.  Shuningdek,  1997,  1995,  1998 
yillarda  "Navbahor",  2000  yilda  "Do’stlik"  jamoasi  va  2014  yilda 
"Lokomotiv"  jamoasi  zbekiston  Kubogini  qo’lga  kiritganlar.  2002 
yilgi  Osiyo  Chempionlari  Kubogi  uchun  kurashda  Qarshining  "Nasaf'
13


jamoasi  ishtirok etadi.  Saralash  bosqichlarida 5  g’alabani  qo’lga kiritib, 
yarim fmalga chiqdilar. Ammo bronza medali uchun kechgan bu o’yinda 
qarshiliklar "Istiqlol" (Eron) jamoasiga 2:5 hisobida g’alabani boy berib, 
4-o’rinni egalladilar.
2003  yilda  Toshkentda  bo’lib  o’tgan  chempionlar  ligasi  chorak 
finalida  paxtakorchilar  katta  ustunlik  bilan  Turkmanistonning  "Nissa" 
jamoasini  3:0,  Eronning  "Piruza"sini  1:0  va  Iroqning  "Al-Taliba"  kabi 
jamoalarini 3:0 hisobida yengdilar. Yarim finalda ikki match natijalariga 
binoan Tailandning "Bek-Tero Sosana" jamoasi ustun keldi.
2002-2003  yillarda  0 ’zbekistonning  yoshlar  terma  jamoasi 
futbolchilari  katta  yutuqlarga  erishdilar.  Qatarda  Tailand  terrna 
jamoasini 4:0, Qatami  5:4 hisobida yengib, so’ng Janubiy Koreyaga 0:2 
hisobida g’alabani boy berib, futbolchilarimiz chorak finalga yo’l oldi va 
unda  Saudiya Arabistonini  4:0  hisobida  mag’lub  etdilar.  Yarim  fmalda 
o’zbek  futbolchilari  Yaponiya  terma  jamoasi  bilan  uchrashdilar. 
Shiddatli  va  qizg’in  o’tgan  o’yinning  asosiy  vaqti  1:1  hisob  bilan 
yakunlandi.  11  metrli  zarbalar  yoMlashda  yaponlar  bir  oz  ustunroq 
chiqib, 4:2 hisobida g’olib bo’ldilar.
To’rtinchi  o’rinni  egallagan  zbekiston  yoshlar  terma  jamoasi 
dunyoning  eng  kuchli  16  jamoasi  qatorida  maydonga  chiqish 
imkoniyatini qo’lga kiritdi.
Jahon  chempionati  2003  yilning dekabr  oyida BAAda bo’lib  o’tdi. 
0 ’zbekiston fiitbolchilari chiroyli va bahamjihat o’yin ko’rsatdilar,  lekin 
1/8  finalga  chiqa  olmadilar.  Biroq,  mutaxassislar  va  ishqibozlar 
O’zbekiston  terma  jamoasi  o’yinini  yuqori  baqoladilar.  Uch  o’yin 
davomida  ular  o’z  tengdoshlari  bilan  kurash  olib  bordilar,  lekin  Mali 
jamoasiga  (Afrika  chempioni)  2:3,  Argentina  termasiga  (ayni  paytda 
jahon  chempioni)  1:2,  Ispaniya  terma jamoasiga  (Yevropa  chempioni) 
0:1  hisobi bilan g’alabani boy berdilar.
Oxirgi  yillarda  0 ’zbekiston  milliy  terma  jamoamiz,  yoshlar  va 
o’smirlar terma jamoalari  barcha jahon chempionatlarida ijobiy  ishtirok 
etib  kelishmoqda.  2010  yilda  Toshkentda  bo’lib  o’tgan  o’smirlar 
o’rtasida Osiyo  chempionatida terma jamoamiz sharafli  2-o’rin egallab, 
jahon  chempionatiga  yo’llanma  oldi.  2011  yilda  Qatarda  bo’lib  o’tgan 
Osiyo  chempionatida  milliy  terma  jamoamiz  4-o’rin  egallashdi.  2011 
yili  0 ’zbekistonda  birinchi  bor  “Nasaf’  jamoasi  Osiyo  Kubogi  sohibi 
bo’lishdi.  2011  yili  Meksikada  bo’lib  o’tgan  yoshlar  o’rtasida  jahon 
chempionatida  kuchli  sakkizta  jamoa  safiga  kirishgan.  2012  yilda 
Eronda  bo’lib  o’tgan  o’smirlar  o’rtasida  Osiyo  chempionatida  terma
14


jamoamiz ilk bor  1-o’rinni  egallab,  chempionlikka sazavor bo’lishdi va 
jahon  chempionatiga  yo’lanma  olindi.  2013  yilda  Turkiyada  bo’lib 
o’tgan  yoshlar  o’rtasida  jahon 
chempionatida, 
o’tgan  jahon 
chempionatidagi natijasini takrorladi, kuchli sakkiztalikka kirishdi.

Download 10,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish