7.6. Yosh futbolchilarni tanlash
Yosh,
kelajagi
porloq
fiitbolchilami
tayyorlash
kamayib
ketganligining sabablaridan biri BO’SM, maxsus sinflar va tayyorgarlik
guruhlari rahbarlari tomonidan bolalaming ixtisosli ravishda futbol bilan
shug’ullanish uchun tanlab olinmayotganligi hamda tanlash uslubiyatida
bilishning sayozligidadir.
Yuqori sport natijasiga hamma ham erishavermaydi. 0 ’zbek va chet
elda yuqori natijalarga erishgan futbolchilar biografiyasi bilan tanishsak
(Pele, Maradona, G.Krasnitskiy, A.Abduraimov, М.Ап, V.Fyodorov,
M.Qosimov) shuni bilamizki, ular yoshlik davrida o’z tengdoshlaridan
o’z qobilyatlari bilan ajralib turishgan.
201
Futbolchilami tanlash o’quv-mashg’ulot jarayonining muhim va
uzviy qismidir, chunki u sport tayyorgarligining asosiy vazifasini hal
etishga - yuqori sport natijalariga erishishga yordam beradi.
Futbolda tanlash faqat natijalaming ancha yuqori darajada
bo’lishigina emas, balki shuullanuvchilaming bir xil tarkibda
boMishini ham ta’minlaydi, bu esa o’qitish-o’rgatish natijalariga ijobiy
ta’sir etadi. Tanlashga yetarlicha baho bermaslik yoki uning
uslublarining mukammal boMmasligi, odatda, tuzatib bo’lmaydigan
zarar keltiradi.
Ko’pchilik
bolalaming
bolalar-o’smirlar
sport
maktablarini tashlab ketishi (bu qitishning turli bosqichlarida sodir
bo’ladi) bunga misol bo’la oladi.
Sportchilami tanlashdagi malakasizlikning asosiy sababi -
sportchining o’qishda, mashg’ulotda va musobaqada o’sishiga sabab
bo’ladigan shaxsiy sifat va xususiyatlar kompleksi haqidagi bilimning
yetarli emasligidir.
Sport faoliyati qanchalik murakkab blsa, sportchi psixologik va
harakat funksiyalarining zaruriy kompleksini tashkil etuvchi variantlar
shunchalik ko’p bo’ladi. Shu nuqtai nazardan futbol alohida o’rin
egallaydi, chunki bu sport turidagi muvaffaqiyat bevosita sheriklaming
birgalikda harakat qilish (o’ynash) sistemasiga bog’liq. Bunda shaxsning
turli xil sifatlari va xislatlari ustun bo’lgan kishilar ayniqsa yaqqol
ajralib turadilar. Shuning uchun ftjtbolda tanlash masalasi birinchi
navbatda, bolaiar shaxsini va ulaming butun sifatlari hamda xislatlarini
o’rganish bilan bog’ liq.
7.6.1. Tanlash tomonlari
Tanlashning uch tomoni: mezoni, uslubiyati va tashkil etilishi
farqlanadi.
Shaxsning tanlash vaqtida lchanadigan yoki tekshiriladigan
sifatlari va xislatlari mezon deyiladi. Masalan, sportchi harakatining
tezligi futbolda tanlashning muhim mezonidir.
0 ’z navbatida mezon uch turga: qobiliyat nishonalari, iste’dod va
qobiliyatga bo’linadi.
Qobiliyat nishonalari bu tug’ma va hayotning dastlabki yillarida
egallangan anatomik va flziologik xususiyatlardir. Masalan, gavdaning,
ayniqsa mushak yoki yurak-tomir tizimining ba’zi nisbatlari futboldagi
202
boMajak muvaffaqiyatlar uchun qobiliyat nishonalari boMib xizmat
qilishi mumkin.
Iste’dod shaxsning sifat va xislatlari kompleksidan iborat boMib,
sportda katta yoki kichik muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyati shunga
bogMiqdir. Tanlashda iste’dod asosiy mezon hisoblanadi. Texnika va
taktika mahorati emas, balki mahoratni muvaffaqiyatli egaliab olishni
ta’minlaydigan sifatlar iste’dod tushunchasiga kiradi. Bu sifatlar harakat
xarakterida (masalan, harakatlar tezligi yoki koordinasiyasi) yoki
intellektual tarzda (masalan, tez fikr yuritish) boMishi mumkin.
Qobiliyat iste’doddan farqli oMaroq, harakat va operasiyalar
usullaridan, ya’ni ko’nikma va malakalardan iborat boMadi. Biroq
qobiliyatning asosini ko’nikma va malakalar tashkil etmaydi, balki bu
knikmalami yoMga solib turuvchi jarayonlar tashkil etadi. Futbolga
yangi kelganlarda uncha qobiliyat boMmaydi. Shug’ullanuvchilar asosiy
texnik va taktik uslublami egallab, muayyan tayyorgarlik bosqichiga
yetganlaridagina, ulaming qobiliyatini baholash mumkin. Yuqori
mahoratli jamoaga yinchilar qabul qilinar ekan, asosiy mezon qilib
aynan sportchining qobiliyati olinadi.
Mezonlami lchash uchun qoMlaniladigan usul yoki moslamalar
uslu-biyatlar
deyiladi.
Tanlash
amaliyotida
ekspert
uslubiyat,
apparaturali uslubiyat va testli uslubiyatlardan foydalaniladi.
Ekspert uslubiyatlar mutaxassislaming (murabbiyning o’zi ham
mutaxassis boMishi mumkin) boMajak o’yinchining iste’dod darajasi
haqidagi
funksiyalariga
asoslangan
boMadi.
Agar
ko’pchilik
mutaxassislarda shunday fikr boMsa, uning ishonchliligi ancha yuqori
boMadi.
Apparaturali uslubiyatlar baholarining aniqligi bilan afzallikka ega.
Biroq bu baholarga qarab iste’dodlilik darajasi haqida umumiy taassurot
hosil qilib boMmaydi. Ayrim sifatlar hali iste’dodni xarakterlamaydi.
Ular birlashishi va o’ziga xos birikishda namoyon boMishi kerak.
Turli sifatlaming birikib kelishini hisobga olib tuziladigan testlar
(sinov) tanlashning eng samarali uslublaridir. Krsatkichlaming
bilvositaligiga qaramay, testlar bir qator muhim afzalliklarga ega. Bu
afzalliklardan asosiysi - futbol o’yiniga iste’dodlilikning test modelini
yaratishning mumkinligidir.
Uslubiyatlardan maqsadga muvofiqroq foydalanishga qaratilgan
tadbirlar kompleksi tanlashning tashkil etilishi deb ataladi.
203
Shunday qilib, nomzodlar guruhidan blajak o’yin faoliyatida
yuqori va barqaror natijalarga erishishi mumkin bo’lganlami (shularga
erishish ehtimoli ko’proq bo’lgan bolaiami) tanlab olishga qaratilgan
tashkiliy-uslubik tadbirlar kompleksini yosh futbolchilami tanlash deb
atash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |