zbekiston respublikasioliy va rta maxsus ta'lim vazirligi


 Ta’Iim va  mashg’ulotni tashkil etish shakllari



Download 10,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/266
Sana31.12.2021
Hajmi10,34 Mb.
#249805
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   266
Bog'liq
021futbolnazariyasivauslubiyatipdf

6.6. Ta’Iim va  mashg’ulotni tashkil etish shakllari
Dars  (mashulot)  futbolchilar  ta’limi  va  trenirovkasini  tashkil 
etishning  asosiy  shakllaridan  biridir.  Bunda  haxn  guruh  bo’lib,  ham 
individual  o’tka-ziladigan  mashg’ulotlar  ko’zda  tutiladi.  Mashg’ulotlar 
murabbiy  rahbarligida  mashg’ulotning  uslublari  qo’llangan  holda 
o’tkaziladi.
0 ’yinning jamoa xarakteriga ega ekanligi  uning o’ziga xos  tomoni 
bo’lib, guruh mashg’uIotlariga katta o’rin berilishi ham shundandir.
Futbolchilar  bilan  o’tkaziladigan  mashg’ulotIarga  qo’yiladigan 
talablar mana bunday:
1.  Mashg’ulotda  ta’lim  va  tarbiyaning  umumiy  maqsadlariga 
muvofiq ravishda murabbiy  belgilaydigan aniq-ravshan  maqsad  blishi 
lozim.
2.  Mashulotlar  futbolchilarda  yuksak  axloqni,  mehnatsevarlikni, 
intizom-lilikni  tarbiyalashi  kerak.  Mashulotlar  shunday  tashkil 
qilingan  boMishi  kerakki,  bunda  futbolchilar  harakat  malakalarini  ongli 
va puxta egallab, harakat sifatlarini zarur darajagacha rivojlantirsinlar.
3.  Har  bir  mashg’ulot  futbolchilami  sport  mahoratining  oliy 
bosqichiga  olib  boruvchi  umumiy  mashg’ulotlar  silsilasining  ajralmas 
qismi bo’lishi lozim.
4. 
Mashulotlaming 
mazmuni 
futbolchilaming 
jismoniy 
rivojlanishini  yaxshilashga,  bilim  doiralari,  ko’nikma  va  malakalarini 
kengaytirishga javob beradigan bo’lishi darkor.
5. 
Mashg’ulotda 
darsning 
maqsad 
va 
mazmuniga, 
shug’ullanuvchilarning tayyorgarlik darajasi hamda yosh xususiyatlariga 
mos  keladigan,  taMimning  fiitbolchilar  mahoratini  takomillashtirishga 
ko’maklashuvchi turli uslublarini qoMlash kerak.
Dars  tuzilishiga  ko’ra  quyidagi  uch  qismdan:  tayyorlov,  asosiy  va 
yakun-lovchi  qismlardan  iborat  boMadi.  Har  qaysi  qismning  maxsus 
vositalar bilan hal qilinadigan vazifasi bor.
Tayyorlov 
qismida 
mashg’ulotning 
vazifa 
va 
mazmuni 
tushuntiriladi.  Mashg’ulotning  asosiy  qismi  vazifalarini  muvaffaqiyatli 
hal  etishga  yordam  beradigan  maxsus  mashqlar  bajariladi.  Mashg’ulot
184


tayyorlov qismining vazifasi batamom asosiy qism vazifasiga bog’liqdir. 
Masalan,  agar mashg’ulotning asosiy qismi texnik usullami o’rganishga 
bag’ishlangan  boMsa,  unda  mashg’ulotlaming  tayyorlov  qismidagi 
mashqlar unchalik intensiv bo’lmasligi  lozim.  Bunday paytlar cho’zilish 
mashqlari  va  bo’shashtiruvchi  mashqlami  bajarish  maqsadga  muvofiq. 
Bu  mashqlar  bo’g’imlar  harakatidagi  ba’zi  qotib  qolganlikni  bartaraf 
etadi  va  texnik  usullami  erkin  bajarish  imkoniyatini  beradi.  Shu 
maqsadda  o’yin  mashqlaridan  foydalanish  mumkin.  Bu  qismning 
mashqlari  ortiqcha  charcha-tadigan  va  emotsional  blmasligi  lozim, 
yo’qsa  ulami  bajarish  shug’ul-lanuvchilaming  texnik  usullami  nozik 
idrok etishlariga yomon ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Asosiy  qism  o’z  ichiga  mazkur  mashg’ulotning  o’yin  texnikasi  va 
taktikasini  egallab  olishga,  shug’ullanuvchilaming jismoniy  va axloqiy- 
irodaviy  tayyorgarligini  yaxshilashga  yordam  berishga  doir  asosiy 
materialini qamrab oladi.
Yakunlovchi 
qism 
mashg’ulotlaming 
uyushqoqlik 
bilan 
tugallanishidir.  Bunda  shug’ullanuvchilaming  organizmi  nisbatan  tinch 
holatga  keltiriladi.  Yakunlovchi  qismda  sekin  yugurish,  yurish, 
bo’shashish 
mashqlaridan 
foyda-lanish 
mumkin. 
Shu 
asnoda 
mashg’ulotga  yakun  yasaladi,  xatolar  ko’rsatiladi,  o’yin  qachon 
o’tkazilishidan xabardor qilinadi.
Har bir mashg’ulot mobaynida yuklamani asta-sekin oshirish hamda 
kamaytirish prinsipiga, eng yuqori zo’riqish bosqichi bilan nisbatan dam 
olishni  navbatlashtirib  turishga  rioya  qilish  kerak.  Bu  prinsipga  rioya 
qilish  mashqlami  to’g’ri  tanlashni  va  ulami  bajarishda  izchillik 
boMishini ko’zda tutadi.
Maqsadi  va  o’tkazilish  uslubikasiga  ko’ra  bir-biriga  o’xshash 
mashg’ulotlar kompleks va tematik mashg’ulotlarga boMinadi.
Kompleks mashg’ulotlar.
Kompleks  mashg’ulotlar  yil  bo’yi  o’tkaziladi.  Trenirovkaning 
vazifalarini  qisqa muddatlarda hal  qilish zarurati tug’ilgan paytlardagina 
kompleks  mashg’ulotlarga  katta  o’rin  beriladi.  Buni  asosan  musobaqa 
bot-bot  o’tka-ziladigan  kezlarda  mashg’ulotning  asosiy  davrida 
bajarishga to’g’ri keladi.
Kompleks  mashg’ulotlar  to’rt  xil  boMadi.  Bunda  har  bir 
mashg’ulotda quyidagi vazifalar bir yoMa hal qilinadi:
a) jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlik;
b) jismoniy va texnik tayyorgarlik;
c) jismoniy va taktik tayyorgarlik;
185


d) texnik va taktik tayyorgarlik.
Tematik mashg’ulotlar
Наг bir  tematik  mashg’ulotda  qaysidir  bir  vazifa: jismoniy,  texnik 
yoki taktik tayyorgarlik vazifasi hal qilinadi.
Jismoniy  tayyorgarlik  mashg’uIotIari.  Jismoniy  tayyorgarlik 
mashg’ulot-larining  mazmuni  jismoniy  sifatlami  umumiy  va  maxsus 
ri voj lantirishga yordam beradigan mashqlardan iboratdir.
Jismoniy  tayyorgarlik mashg’ulotlari  yil  bo’yi  olib  boriladi,  ammo 
ulaming  mazmuni  yillik  ta’lim  va  mashg’ulot  turkumining  u  yoki  bu 
bosqichida  hal  qilinadigan  vazifalarga  bog’liq  holda  o’zgarib  turadi. 
Jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlarining salmog’i tayyorgarlik davrida, 
ayniqsa, uning boshlanishida kattadir.
Jismoniy  tayyorgarlik  mashg’ulotlarida  umumiy  va  maxsus 
jismoniy  tayyorgarlik  vazifalari  hal  qilinadi.  Agar  mashulotlaming 
maqsadi 
umumiy  jismoniy 
tayyorgarlik, 
masalan, 
tezlik-kuch 
tayyorgarligi bo’lsa, bunda uning mazmuni taxminan quyidagicha: chigil 
yozish  mashqlari,  og’ir  narsa  bilan  bajariladigan  mashqlar,  takroriy 
yugurish,  tezlashtirish,  startlar,  sakrashlar,  qo’l  to’pi,  yaqinlovchi 
yugurish  va  yurishdan  iborat  boMishi  kerak.  Maxsus  jismoniy 
tayyorgarlikka  (masalan,  tezlik-kuch  tayyorgarligi)  zo’r  beriladigan 
mashg’ulot  mazmuni  esa  taxminan  quyidagilardan  iborat:  to’p  bilan 
chigil  yozish  mashqlarini  bajarish,  to’p  bilan  huqqabozlik,  yuqorilab 
kelayotgan  to’pni  bosh  bilan  olib  qolish,  maydon  o’rtasidan  jarima 
maydonigacha  to’p  bilan  yugurib  borish  va  darvozaga  tepish,  "to’p 
uchun kurash" o’yin mashqlari, yurish, yugurish.
0 ’yin  texnikasi  mashg’u!otIari.  Bunda mashg’ulotlarda o’yinning 
texnik  usullarini  egallashga  va  ulami  takomillashtirishga  qaratilgan 
mashqlar bajariladi.  Mashg’ulotlar mashg’ulotning yillik sikli  davomida
-  ochiq  maydonlarda  ham,  fiitbol  maydonlarida  ham,  yopiq  binolarda 
ham tkaziladi.
0 ’yin  texnikasiga  doir  mashulotlar  tayyorgarlik  mashqlaridan, 
to’p bilan, standart, murakkablashtirilgan va o’yindagidek sharoitlardagi 
mashqlardan 
tuzilgan 
bo’lib, 
ular 
taxminan 
quyidagilardan: 
chaqqonlikni  rivojlantiruvchi  mashqlar,  to’p  bilan  erkin  mashqlar, 
mudofaada  to’siq  boMib  turgan  raqibdan  o’tib,  darvozaga  tepishdan 
iborat mashqlardan, bir-ikkita tegish bilan 5x5 o’yin mashqlaridan iborat 
boMadi.
186



Download 10,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish