Identifikasiyalash/autentifikasiyalash protokollari.
Autentifikasiyalangan kalitlarni taqsimlash protokollari.
Shifrlash (dastlabki matnga o’girish) protokollari. Bu turdagi
protokollarga ayrim simmetrik yoki asimmetrik shifrlash (dastlabki
matnga o’girish) algoritmlarini kiritish mumkin. Shifrlash algoritmlari
xabarlarni jo’natishda foydalaniladi. Natijada xabar ochiq matn
ko’rinishidan shifrlangan ko’rinishga almashtiriladi.
Dastlabki matnga o’girish algoritmlari xabarni qabul qiluvchi
tomonidan amalga oshiriladi va bu harakat natijasida shifrlangan xabar
ochiq matn ko’rinishiga aylanadi. Xabarni maxfiyligi mana shu tarzda
ta’minlanadi.
Uzatiladigan xabarlarni butunlik xossasini ta’minlash maqsadida
simmetrik shifrlash (dastlabki matnga o’girish) algoritmlari odatda
xabarlarni jo’natishda imitohimoyani qo’yish (IHQ) ni hisoblash
algoritmlari bilan va xabarlarni qabul qilishda IHQ ni tekshirish
algoritmlari bilan birgalikda foydalaniladi. Buning uchun shifrlash
kalitlaridan foydalaniladi.
Asimmetrik shifrlash (dastlabki matnga o’girish) algoritmlaridan
foydalanilganilib xabarlarni jo’natishda ERI ni hisoblash bilan va
xabarlarni qabul qilishda ERIni tekshirish yo’li bilan xabarlarni butunlik
xossasi ta’minlanadi.
Elektron raqamli imzo protokollari. Bu turdagi protokollar
xabarlarni jo’natishda jo’natuvchining maxfiy kalitidan foydalanadi.
ERIni hisoblashning qandaydir algoritmi va xabarni qabul qilishda
o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydigan, ma’lumotlar bazasida saqlanadigan
jo’natuvchining ochiq kaliti yordamida ERIni tekshirishga asoslangan.
Agar protokolni tekshirish jarayoni ijobiy yakun topsa, odatda qabul
qilingan xabarni, uni ERIni va unga mos keluvchi ochiq kalitni arxivlash
bilan bu jarayon tugallanadi. Agar ERI qabul qilingan xabarni faqatgina
butunlik va autentlik xossalarini ta’minlash uchungina ishlatilsa,
arxivlash amali bajarilmasligi ham mumkin. Bu holda tekshiruvdan
so’ng yoki ma’lum bir chegaralangan vaqtdan keyin ERI yo’q qilinishi
mumkin.
Identifikasiyalash
(autentifikasiyalash)
protokollari.
Identifikasiyalash protokoli asosida qandaydir nom (identifikator) ni
taqdim etgan identifikasiyalanuvchi ob’ekt (masalan, ob’ekt, qurilma,
jarayon...) qandaydir maxfiy ma’lumotni bilishini tekshirishuvchi
algoritmdan foydalanishga asoslangan. Tekshirish jarayoni maxfiy
ma’lumot oshkor qilinmasdan amalga oshiriladi.
Ayrim hollarda identifikasiyalash protokoli autentifikasiyalash
protokoligacha kengaytirilishi mumkin. Bunda identifikasiyalanuvchi
ob’ekt buyurtirilayotgan xizmatlarga vakolati bor yoki yo’qligi
tekshiriladi.
Agar identifikasiyalash protokolida ERI ishlatilsa, u holda maxfiy
ma’lumot sifatida ERIni maxfiy kaliti ishlatiladi, ERIni tekshirish
ERIning ochiq kaliti yordamida amalga oshiriladi.
Autentifikasiyalangan kalitlarni taqsimlash protokollari. Bu
turdagi protokollar 3 ta ishtirokchi tomonidan amalga oshiriladi.
Uchinchi ishtirokchi sifatida kalitlarni generasiya qiluvchi va
tarqatuvchi, server deb nomlanuvchi S markaz ishtirok etadi. Ushbu
turdagi protokollar generasiya qilish, qayd qilish va kommunikasiya deb
nomlanuvchi 3 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda server S
tizimning sonli parametrlari, shu jumladan, o’zining ochiq va yopiq
kalitini generasiya qiladi.
Qayd
qilish
bosqichida
server
S
hujjatlar
bo’yicha
foydalanuvchilarni (ular yoki ularni vakolatli shaxslari ishtirokida)
identifikasiyalaydi. Har bir ob’ekt uchun kalitli yoki identifikasiyalash
ma’lumotlarini generasiya qiladi hamda tizimning sonli qiymatlaridan
(zarurat bo’lganda server S ning ochiq kalitidan ham) iborat bo’lgan
xavfsizlik belgilarini shakllantiradi.
Kommunikasiya bosqichida umumiy seans kalitini shakllantirish
bilan tugaydigan autentifikasiyalangan kalit almashish protokoli amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: