O’zbekiston hukmdorlari
www.ziyouz.com кутубхонаси
55
AMIR HAYDAR
Amir Haydar ibn Shohmurod
(1800-1826)
Mang‘itlar
dan bo‘lgan Buxoro amiri. Uning hukmronlik yillarida mamlakatda notinchlik hukm
suradi, ya`ni markaz va viloyatlar hamda kechagina viloyat maqomida bo‘lgan, lekin endilikda alohida
siyosiy birlik - xonlikka aylangan Xiva va Qo‘qon bilan qarama-qarshiliklar avjiga chiqadi va
mamlakatda har 3-6 oyda uzluksiz ichki urushlar va qo‘zg‘olonlar bo‘lib turgan. Miyonkol, Shahrisabz,
Karki, Marvdagi mahalliy kuchlar yana o‘z boshimchalik qila boshlaganlar. Chunonchi, Marvni
boshqarib turgan
Dinnosirbek
(amirning ukasi) Xiva xoni
Eltuzar
ko‘magiga ishonib, bosh ko‘taradi.
Amir Haydar uchun bu nihoyatda havfli holat edi. Chunki, bu shunchaki bir viloyatning markazga
bo‘yin egmasligi emas, balki rasmiy sulola namoyondasining mintaqadagi raqiblardan – xivaliklar bilan
til biriktirib, oliy taxtga qarshi harakati edi. Shuning uchun ham Amir Haydar unga qarshi lashkar
tortadi. Dinnosirbek bas kelolmay Mashhadga qochadi. Shohmurod davrida bo‘lganidek Amir Haydar
Marvni egallagach, mahalliy aholining bir qismini Zarafshon vodiysiga ko‘chirtirib, bu yerga
turkmanlarni o‘rnashtiradi.
Buxorodagi ichki ziddiyatlardan Xiva xonligi bundan keyin ham foydalanishga ko‘p uringan.
Xususan Dinnosirbekka yordam berish bahonasida Buxoro amirligi hududiga kirib borgan
Eltuzarxondan so‘ng 1821-1825-yillari Amir Haydar Miyonkolda xitoy-qipchoqlar isyonini bostirish
bilan ovvoraligida Xivaliklar Chorjo‘y va Marvga harbiy yurish uyushtiradilar. Xivaliklar xatto Marvni
zabt etishga ham muvaffaq bo‘lganlar. Bungacha ham amirlikning Sharqiy qismida ancha yo‘qotishlar
va o‘zgarishlar bo‘lgan. Masalan, Qo‘qon hukmdorlari 1805-yili Xo‘jandni, 1809-yili Toshkentni, 1816-
yil esa Turkistonni ishg‘ol etib, xonlik doirasiga kiritadilar. 1806-1813-yillari O‘ratepa, 1806-yili
Jizzaxga, 1821-yili Samarqandga tahdid solganlar. Xullas, Amir Haydar hukmronligi ancha tahlikali
bo‘lib, markaziy hokimiyat qudrati susaygan.
AMIR NASRULLO
Nasrulloxon ibn Amir Haydar
(1806-yil 1-iyun – 1860-yil 21-sentabr)
(1826-1860)
Mangi‘tlar
sulolasidan bo‘lgan Buxoro amiri. Otasi
Amir Haydar
hukmronligi davrida Qarshida
hokimlik qilgan. 1826-yili Amir Haydar vafot etgach bir necha oy mobaynida Nasrulloning ikki akasi -
Husayn
va
Umar
almashinildi. Birinchisi zaharlandi, ikkinchisi esa o‘ldirildi. Shu yili (1826) Amir
Haydarning uchinchi o‘g‘li shavqatsizligi uchun
“Amiri qassob”
laqabini olgan Nasrulloxon taxtga
o‘tirdi. Akalari o‘limidan keyin taxtga o‘tirgan Nasrulloxon qisqa vaqt ichida taxtga da‘vo qilishi
mumkin bo‘lgan avlodlaridan barchasining bahridan o‘tadi. U qo‘shinlariga tayangan holda o‘zbek
feodal zodogonlarini beayov qira boshladi. U yer egalarining mol-mulki va yerlarini musodara, o‘zlarini
badarg‘a qilib, o‘ldirtirib yubordi. Bu borada uning eng yaqin yordamchisi rais
Rahmonbedi Niyoz
edi.
Nasrulloxon o‘z hukmronligi davrida islom shariati ko‘rsatmalari amal qilgan. Nasrulloxon jasur va
dovyurak kishi bo‘lganligi bois unga
“Bahodir, Botir”
unvonlari berilgan. Nasrulloxon davlat
hokimyatini mustahkamlash maqsadida urug‘ va qavm boshliqlari bo‘lgan ko‘plab amaldorlarni quyi
tabaqalardan chiqqan yosh va g‘ayratli kishilar bilan almashtirdi. 1837-yilda harbiy sohada islohatlar
o‘tkazib, o‘z qo‘shining jangavor holatini yaxshilaydi. Har biri 800 kishidan iborat 50 ta sarbozlar
buluklari va 250 kishilik to‘pchilar guruhi tashkil qilingan. Muntazam piyoda qo‘shining soni 40 ming
kishidan ortiq bo‘lgan. Nasrulloxon Xiva va Qo‘qon xonliklarini Buxoro atrofida birlashtirishda
urungan. Mamlakatning hududiy yaxlitligini tiklash uchun 1840-42-yillari Qo‘qon xonlari tomonidan
tortib olingan Xo‘jand, O‘ratepa, Toshkent, Jizzax va Zominni Buxoro amirligiga qaytardi. Farg‘ona
vodiysi ulamolarining talabi bilan 1842-yili Qo‘qonga yurish qilib xonlik hududini egallagan. Biroq u
O’zbekiston hukmdorlari
www.ziyouz.com кутубхонаси
56
Qo‘qon xoni Muhammad Alixonni qatl qilish bilan cheklanmasdan, uning onasi (Nodirabegim)ni ham
o‘ldiradi. Nasrulloxon tomonidan Qo‘qonga Ibrohim parvonachi mang‘itning noib qilib qoldirilishi salbiy
oqibatlarga ham olib kelgan. Noib mahalliy aholiga zulm o‘tkazib, soliqlarni ko‘paytirdi. Natijada, tez
orada Qo‘qon qo‘ldan ketadi. 1843-yilda Nasrulloxon Marvni ham Buxoroga bo‘ysuntiradi.
Shuningdek, Nasrulloxon qo‘shini 20 yilda olib borgan 32 ta harbiy yurishidan so‘ng 1856-yilda
Shahrisabzni uzil-kesil egallagan. Shahrisabz markaziy hokimyatga bo‘ysungach, u sulh ramzi sifatida
mahalliy hukmdor - Iskandar Vallomaning sinlisi Kenagasxonimga uylangan.
Nasrulloxon hukmronlik qilgan yillar Turkiston mintaqasida Rossiya Angliya manfaatlari o‘zaro
to‘qnashgan davr hisoblanadi. Uning davrida Nasrullon tomonidan Buxoroda
Qozi Hasanxo‘ja,
Olimjonboy, Eshoni Pir, Mirzo Ubayd, Ismoilxo‘ja
(1829),
Ali Chubin, Mirzo Abdulg‘affor, Tojiddin
madrasalari (1860) qurildi. Xalifa Xudaydod me`moray majmuasi yakunlandi(1855). Nasrulloxon
Buxoroda dafn etilgan.
AMIR MUZAFFAR
Muzaffar ibn Nasrulloxon
(1819 - Buxoro - 1885)
(1860-yil 23-sentabr- 1885-yil 12-dekabr)
Mang‘itlar
sulolasidan bo‘lgan Buxoro amiri.Otasi Nasrulloxon davrida Karmanaga hokimlik
qilgan. Amir Nasrullo vafotidan so‘ng, Buxoro taxtiga o‘tirgan. Otasi tomonidan Karmanaga surgun
qilingan kishilarni Buxoroga qaytarib, yuqori lavozimlarga tayinlagan. Markaziy hokimiyatga
bo‘ysunishni istamayotgan Hisor, Shahrisabz, Darboz, Ko‘lob, Baljuvon bekliklari va Qo‘qon ustiga
yurish qilib, ularning qarshiligini yengdi (1863-1865).
Mallaxon
tomonidan taxtdan tushirilgan Qo‘qon
xoni Xudoyorxon Buxoroga qochib kelganida xonlik taxtini qayta egallashi uchun unga harbiy yordam
bergan (1861). Muzaffarning hukmronlik davri Rossiyaning O‘rta Osiyo xomliklariga qarshi harbiy
harakatlari kuchaygan davrga to‘g‘ri keladi. Rossiya bilan bo‘lgan kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan
bartaraf etishda umidini uzmay, u Najmiddinxo‘ja boshliq ekchilarni Peterburgga jo‘natdi (1865-yil
iyul). Biroq, ko‘zlangan maqasadga erishilmay, ikki o‘rtada harbiy harakatlar boshlandi. Muzaffar
qo‘shini bilan general Romanovskiy boshchiligidagi Rossiya harbiy kuchlari o‘rtasidagi dastlabki
to‘qnashuv Jizzax bilan Oratepa o‘rtasidagi Erjar(Maydayulg‘un) da bo‘lib, unda Buxoro qo‘shini
mag‘lubiyatga uchragan(1866-y. 8-may). Muzaffar muftiy Muhammad Porso boshchiligidagi elchilarni
Afg‘oniston va Hindiston orqali yordam so‘rab, Istanbulga yuborsa ham rad javobini olgan. 1868-yil 2-
3-iyunda Zirabuloq jangida mag‘lubiyatga uchragach, 1868-yil 23-iyunda Samarqandda imzolangan
Rossiya-Buxoro sulh shartnomasiga ko‘ra, Buxoro amirligi Rossiyaga tob` bo‘lib qolgan. O‘g‘li va
valiahd Abdulmalik (Katta to‘ra) Rossiya bosqini va otasi hukmronligiga qarshi Shahrisabz va Kitobda
qo‘zg‘olon ko‘targanda Muzaffar rus qo‘shinlari yordamida uni bostirgan (1870).
Muzaffar davrida Buxoro amirligining Rossiyaga qaramligi kuchayishi bilan bir qatorda shialarning
ta‘siri ham ortgan. Buxorodagi Eshon Imlo mozorida dafn etilgan.
AMIR ABDULAHAD
Abdulahad ibn Amir Muzaffarxon
(1859-yil 16-mart – 1911-yil 6-yanvar)
(1885-1910)
Mang‘itlar
dan bo‘lgan Buxoro amiri. Uning davrida Chor hukumati Buxoroda rus siyosiy agentligi
ta`sis etib (1886-yil), Turkistonda, jumladan, Buxoro xonligini xom-ashyo ba`zasiga aylantirish va bu
yerdagi boyliklarni Rossiyaga tashib ketish maqsadida Amudaryoga ko‘prik qurdi, Chorjo‘y –
Samarqand temiyo‘li o‘tqazdi (1900-1901). Shuningdek, Abdulahad davrida jadidchilik harakati
kuchaygan.
O’zbekiston hukmdorlari
www.ziyouz.com кутубхонаси
57
AMIR OLIMXON
Amir Said Olimxon ibn Abdulahad
(1881, Karmana – 1944. 28-aprel, Kobul)
(1910-1920)
Mang‘itlar
dan bo‘lgan Buxoro amiri. Peterburgdagi Nikolaev (pajlar) korpusida ta`lim olgan
(1893-96). 1898-yil Qarshi, valiahd sifatida Karmana bekliklariga hokim bo‘lgan. Otasi vafotidan so‘ng
1910-yil 24-dekabrda Buxoro taxtiga o‘tirgan. Uning davrida Buxoro amirligining Rossiyaga qaramligi
yanada kuchaydi. Taraqqiyparvar kuchlar shuningdek, Yosh buxoroliklar qattiq ta`qib qilindi. Birinchi
Jahon urushi davrida Rossiya imperatori
Nikolay II
uni general – leytinant harbiy unvoni bilan
taqdirlagan va o‘zining general – ad`yutanti qilib tayinlagan (1915-yil dekabr). Chunki u Rossiyaga
katta miqdorda pul bilan yordam bergan edi. Buxoroda 1917-yil aprel namoyishi, xususan,
Kolesov
voqeasi
(1918-yil mart) dan keyin u amirlik hududida 3 ming kishini jadidlikda ayblab, nohaq qatl
ettirgan.
1920-yil avgustda Buxoro bosqini natijasida amirlik tuzumi ag‘darib tashlandi. Sentabr oyining
o‘rtalarida Olimxon Sharqiy Buxoroga borib, Buxoro xalqining bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib
borgan mustaqillik kurashiga rahbarlik qilishga urindi. Olimxon Hisor viloyatini o‘ziga qarorgoh qilib, 6
oy davomida qizil askarlarga qarshi kurashgan. Hisorda yangi hukumat tashkil qilib, buxorooliklarning
qizil askarlarga qarshi olib borayotgan jang harakatlarini muvoffaqiyatlashtirishga intilgan. Olimxon
Ko‘lob, Hisor va Dushanba atrofida katta miqdordagi kuchlarni birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan.
1920-yil noyabr oyining o‘rtalarida uning qo‘shinlari Boysun, Darband, Sherabodni qizil askarlardan
ozod qilishdi. Olimxon ixtiyoriga Farg‘onadan yordamga yuborilgan 4 ming yigit ham Sharqiy
Buxoroga yetib keladi. 1921-yil 8-yanvarda Olimxon qo‘shining miqdori 25 ming kishiga yetgan.
Hisordan Ko‘lob viloyatiga kelgan Olimxon butun qo‘shinlariga Ibrohimbekni oliy- bosh qo‘mondon
(O‘rinbosarlar: Sharqiy Buxoroda – Davlatmanbek va G‘arbiy Buxoroda – mulla
Abdulqahhor
) qilib
tayinlaydi. Biroq, bir qator janglarda mag‘lubiyatga uchragach, Olimxon Amudaryoning Chubek
kechuvidan Afg‘onistonga o‘tib ketgan (1921-yil 4-mart). Olimxonni Kobulga Afg‘oniston amiri
Omonullaxon qabul qilib, doimiy yashashi uchun unga Qal`aiy Fotuda mahsus qarorgoh ajratib
beradi. U Kobulda yashasa ham Buxorodagi ozodlik harakatiga g‘oyaviy jihatdan rahbarlik qilishda
davom etdi, ko‘rboshlar va ulamolarga turli maktublar va qimmatbaho sovg‘alar jo‘natib, ularni
kurashga ilhomlantirgan. Olimxon Kobulda o‘zining estaliklarini yozib tugallaydi. Umrining oxirida ko‘zi
ojizlanib qoladi, og‘ir dardga chalinadi uzoq davom etgan hastaliklardan so‘ng u Qal`aiy Fotuda vafot
etadi. Kobul atrofidagi
“Shahidoni islom”
(islom shahidlari) qabristoniga dafn etilgan.
Olimxonning xotiralari Parijda fransuz tilida (1929), keyinchalik G‘arbda fors tilida, O‘zbekistonda
o‘zbek va rus tillarida (1991), Tojikistonda tojik tilida(1992) alohida kitob sifatida chop qilingan.
Olimxon hikmronligi davrida Buxoroda
“Olimxon madrasasi”
qurilgan,
“Sitorai Mohi Hosa”
saroyini
qurish yakunlangan.
O’zbekiston hukmdorlari
www.ziyouz.com кутубхонаси
58
- XIVA XONLIGI HUKMDORLARI -
(1511-1920)
ELBARSXON
(?-1516),
(1511-1516)
Xorazmda hukmron bo‘lgan
shayboniylar sulolasi
asoschisi va xoni,
Berka Sulton
ning o‘g‘li
Chingizxon
ning nabirasi
Shaybon
avlodidan. Otasi
Berka sulton Shayboniyxon
tomonidan qatl
qilingandan so‘ng (XV asrning 80-yillarida), ukasi
Bilbars
bilan o‘z ulusi (Sirdaryoning quyi oqimida)
istiqomat qilgan. 1510-yilda safaviylar hukmronligiga qarshi Xorazmda Umar boshchiligida qo‘zg‘olon
boshlanadi. Xorazmda hokimiyat tepasiga yangi sulola vakili kelishini mashhur Sayidota ajdodi
uyushtirdi. Uning tashabusi bilan Shayboniyxon tomonidan qatl etilgan Berka Sultonning o‘g‘li
Elbarsxon taxtga o‘tkaziladi. 1511-1512-yillarda Elbarsxon boshchiligida Xorazm xalqi Eron
qo‘shinlarini mamlakatdan quvib chiqaradi. Shu tariqa 1511-yilda Xorazm mustaqilligi tiklandi.
Elbarsxon davrida mamlakat poytaxti Vazir shahridan Urganch shahriga ko‘chirildi. Elbarsxon Vazir
shahrini Eron qozilbosh qo‘shinlaridan ozod etgach, bu g‘alaba sharafiga o‘z o‘g‘illari nomiga “
g‘ozi
”
laqabini qo‘shib aytishni buyurgan. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Elbarsxon Urganch, Xiva, Hazoraps,
Qiyot va Tirsak shaharlaridan safaviylarni quvib chiqardi.
Elbarsxon davridayoq xonlikning siyosiy geografiyasi shakllanib bo‘lgan. Chunonchi, xonlik g‘arbda
Kaspiy dengizi, shimolda Orol dengizi, janubda esa Atrek daryosi va Saraxs atroflarigacha bo‘lgan
hududlarni o‘z ichiga olgan. Uning davlati markazlashmagan, kuchsiz bo‘lib, mayda uluslarga
taqsimlangan holda boshqarilgan. Mazkur uluslar Elbarsxon hokimiyatiga tobe hisoblansa-da, amalda
mustaqil idora qilingan. Elbarsxon davrida Dashti Qipchoqdan Xorazmga ko‘chmanchi qabillarning
ko‘chib kelishi yanada kuchaydi. Natijada, xonlik hukmdorlarining ijtimoiy tayanchi mustahkamlandi.
AVANESHXON
(tug‘ilgan yili noma`lum)
(1525-1538)
Xiva xoni.
Shayboniylar sulolasi
dan.
Ubaydullaxon
1537-yili Urganchni egalladi va
Avaneshxon qo‘shinlarini tor-mor keltirib, xonning o‘zini o‘ldiradi. Xonlik hududi to‘rt qismga bo‘linib,
uning bir qismi
Ubaydullaxon
, qolgan uch qismi esa Hisor, Samarqand va Toshkent hokimlariga
bo‘lib berdi. O‘g‘li
Abdulaziz
ni Xorazmga noyib etib tayinlaydi.
ALIXON
(tug‘ilgan yili noma`lum)
(1538-1547)
Xiva xoni.
Shayboniylar sulolasi
dan. XVI asr oxiri-XVII asr boshlarida Amudaryo o‘zaning
o‘zgarishi, daryo avvalgi yo‘nalishining qurib borishi xonlikda ichki siyosiy ahvolga qanchalik og‘ir
bo‘lmasin hukmdorlarni irrigatsiya ishlariga e`tibor berishga majbur etgan. Uning davrida Yangiariq,
Toshli, Yormish arnalari qurilgan.
O’zbekiston hukmdorlari
www.ziyouz.com кутубхонаси
59
HOJI MUHAMMADXON
(Hojimxon)
(tug‘ilgan yili noma`lum)
(1558-1602)
Xiva xoni.
Shayboniylar sulolasi
dan. 1593-yilda Xiva xonligi Buxuro xoni
Ubaydullaxon
tomonidan bosib olinishi natijasida Hojimxon o‘z oilasi bilan Eron shohi
Abbos
huzuriga qochishga
majbur bo‘ladi. 1595-yilda Xiva turkmanlar yordamida yana o‘z mustaqilligini tiklaganda Hojimxon
taxtga qaytadi. Lekin, shu yili
Abdullaxon II
Xiva xonligi ustiga yana qo‘shin tortib keladi va
Hojimxon yana Eronga qochadi. Faqatgina 1598-yili
Abdullaxon
ning vafotidan keyin Buxoro
xonligida boshlangan o‘zaro toju taxt uchun kurashlar oqibatida Hojimxon Xiva xonligi taxtini qayta
egallashga va o‘z hokimiyatini mustahkamlab olishga erishgan.
Bu davrda Xiva xonligi Mang‘ishloq, Bolqon tog‘lari, Dehiston, O‘zboy, Shimoliy Xuroson
hududlarini ham o‘ tasarrufiga olgan edi.
ARAB MUHAMMADXON
(XVI asrning 2-yarmi – 1623-yil)
(1602-1623)
Xiva xoni.
Shayboniylar sulolasi
dan Xorazm xoni
Hoji Muhammadxon
(Hojimxon) (1598-
1602-yillar)ning kenja o‘g‘li. Otasi hayotligida Xiva hokimi bo‘lgan. Otasi vafotidan so‘ng 1602-yili
xonlik taxtiga chiqqan.
Abulg‘ozi Bahodirxon
ning yozishicha, uning davrida Rossiya chegarasini
qo‘riqlab turgan Yoyiq kazaklari atamani
Nechay
va ataman
Shamay
boshchiligida Urganchga
hujum qildilar. Ularni Xiva qo‘shinlari tor-mor qildilar. 1620 va 1621-yillarda qalmoqlar Xorazmga
yurish qilib, kishilarni asirga olganlar. Uning davrida Xiva xonligiga qalmoq va qozoqlar bir necha
marta hujum qilib g‘alabaga erisha olmadilar. Arab Muhammadxon davrida Xiva xonligida davlat
parokandalik yuqori nuqtasiga yetgan. Amudaryo o‘zaning o‘zgarishi va natijada uning qurib borishi
bu davrda ham davom etdi. Natijada, Arab Muhammadxon xonlik poytaxtini Urganchdan Xivaga
ko‘chirishga majbur bo‘lgan. Tarqoqlik va urushlar avj olganligi Xivaning ma`muriy tuzilishiga ta`sir
etdi. Arab Muhammadxon davrida ichki nizolar avj olib, xonlikning ma`muriy tuzilishiga salbiy ta`sir
etgan. Chunonchi, har bir shahzodaning o‘z yerida shaxsiy idora apparati – o‘z ayonlari, xazinasi,
yasovullari, bojxona xizmatchilari va boshqalar bo‘lgan. 1623-yilda o‘g‘illari
Habash
va
Elbars
sultonlar taxt talashib unga qarshi urush boshladilar. Bu urushda Arab Muhammadxon yengilib, Qum
qal`aga qamalgan va o‘sha yerda 1623-yilda vafot etgan.
ASFANDIYORXON
(Isfandiyorxon) (? - 1643)
(1623-1643)
Xiva xoni,
Arab Muhamadxon
ning o‘g‘li.
Shayboniylar sulolasi
dan. Turkmanlar yordami bilan
ukasi
Elbors
(Ilbors)
Sulton
ni taxtdan ag‘darib, 1623-yili Xivada xonlik taxtiga o‘tirdi. U turkman
zodagonlariga tayanib ish yuritdi. Eron davlati qo‘liga o‘tib qolgan Janubiy Turkmanistonni Xiva
xonligiga qo‘shib olishga intildi, ammo 1628-yilda safaviylar qo‘shinidan yengildi. XVII asrning 30-40-
yillarida Buxoro va Rossiya bilan savdo-sotiq ishlarini olib boradigan karvonlarga zarar yetkazayotgan
qalmoqlarga qarshi qattiq kurash olib bordi; qalmoqlarga qarshi ittifoq tuzish maqsadida Moskva bilan
muzokaralar yuritdi.
Arab Muhammadxon
ni o‘ldirishda
Habash Sulton
bilan
Elbars sulton
ga
yordam bergani uchun Xorazmdagi uyg‘ur va nayman qabilalarining chorva mollarini tortib oldi va
ularga qarshi qirg‘in uyushtirdi. Bu fojiadan qutilish uchun o‘zbeklarning boshqa qabilalari Xivadan
Movarounnahrga, ba`zilar esa Mang‘ishloq yoki qozoq dashtlariga ko‘chib ketdilar.
O’zbekiston hukmdorlari
www.ziyouz.com кутубхонаси
60
Asfandiyorxon davrida tarqoqlik va xalq ommasini ezish yanada kuchaydi, bu esa mehnatkashlar
noroziligiga sabab bo‘ldi. Bundan foydalangan yer mulkdorlari o‘z vakillaridan biri
Abulg‘ozi
Bahodir
ni Asfandiyorxonga qarshi qo‘ydilar. Natijada 1643-yil Orol o‘zbeklari
Abulg‘ozi
ni xon qilib
ko‘tardilar. Xuddi shi yili Asfandiyorxon vafot etdi. Oradan 2 yil o‘tgach,
Abulg‘ozi Bahodirxon
Xivada taxtda o‘tirdi.
ABULG‘OZI BAHODIRXON
(1603-yil 23-avgust, Urganch – 1663-yil aprel, Xiva)
(1644-1663)
Xiva xoni,
shayboniylar sulolasi
dan, tarixchi va tabib. Abulg‘ozi Bahodirxonning og‘alari
Habash
sulton
va
Elbars
sulton
otalari
Arab Muhammadxon
ni yengib, uni Qum qal`asiga
qamadilar. Otasining tarafdorlari bo‘lgan katta og‘asi Asfandiyor Eronga, Abulg‘ozi Bahodirxon esa
Buxoroga
Imomqulixon
huzuriga qochdi. 1623-yilda akasi
Asfandiyorxon
Xiva taxtini egallagach,
Abulg‘ozi Bahodirxon Urganchga hokim qilib tayinlandi. Lekin
Asfandiyorxon
bilan o‘rtalarida nizo
chiqib, Abulg‘ozi Bahodirxon 1627-yilda qozoq xoni
Eshimxon
huzuriga qochdi; keyin ikki yil
Toshkent hokimi
Tursunxon
bilan birga bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay, turkmanlarning taklifiga binoan u yana
Xorazmga qaytdi.
Asfandiyor
uni Xiva hokimi qilib tayinlashga majbur bo‘ldi. 1629-yilda turkmanlar
Eronga tobe bo‘lgan Niso va Dorunni bosib oldilar.
Asfandiyorxon
Eron bilan munosabatlarning
tamoman jiddiylashib ketishidan cho‘chib, aybni Abulg‘ozi Bahodirxonga to‘nkadi va uni 1630-yil
qishida Eron podshohi huzuriga garov tariqasida yubordi. Abulg‘ozi Bahodirxon shu tariqa 10 yil
Eronda, Isfaxon yaqinidagi Taborak qal`asida qamoqda yashadi. 1639-yilning yozida u tutqunlikdan
qochishga muvaffaq bo‘ldi. Abulg‘ozi Bahodirxon bir necha yil taxt uchun kurash olib borib, nihoyat
1644-yilda hokimiyatni o‘g‘li
Anushaxon
ga topshirdi. Abulg‘ozi Buxoro xoni
Abdulaziz
bilan
Subhonqulixon
o‘rtasidagi raqobatga ham aralashdi, chunki,
Subhonqulixon
Abulg‘ozining
jiyaniga uylangan edi. Buxoro xoni bilan sulh tuzishga erishildi. Shunga qaramay, Abulg‘ozixon 1663-
yili yetti marta Buxoro xonligi ustiga yurish uyushtirdi: Qorako‘l, Chorjo‘y, Vardonze tumanlarini talon-
taroj qildi. U Buxoro xoni
Abdulazizxon
davrida Buxoroga ko‘pgina talonchilik yurishlarini olib
borgan. Uning bosqinchilik yurishlari Buxoro xonligining siyosiy va iqtisodiy ahvoliga yomon ta`sir
ko‘rsatdi va ijtimoiy-siyosiy ahvolni murakkablashtirib yubordi. Abulg‘ozi qabila boshliqlari nufuzini
oshirish bilan ularning markaziy hokimiyatga qarshi xatti-harakatlariga barham bermoqchi bo‘ldi. U
xonlikdagi barcha qabilalarni to‘rt guruhga bo‘ldi: qiyot-qo‘ng‘irot, uyg‘ur-nayman, qang‘li-qipchoq,
nukuz-mang‘it. Bunda qabilalarning urf-odatlari, turmush tarzi va qarindoshchilik aloqalari hamda
joylashgan yeri hisobga olindi. Mazkur to‘rt guruh yana o‘n to‘rt mayda urug‘lar ham qo‘shilgan. Har
bir qabilaviy guruhga bog‘liq – inoq tayinlanib, xon shu inoq orqali qabilaga tegishli masalalarni hal
qilgan. Inoqlar xonning eng yaqin maslahatchisi sifatida saroyda istiqomat qilganlar. Abulg‘ozi
Bahodirxon saroyida xon hashami 32 qabila boshlig‘i – inoqlardan iborat edi.
Abulg‘ozi Bahodirxon yirik tarixchi olim sifatida ham e`tiborga sazovor. Uning 9 bobdan iborat
“
Shajarai Turk”
hamda
“Shajarai tarokima”
(“Turkmanlar shajarasi”) asarlari O‘zbekiston, umuman
O‘rta Osiyo tarixiga oid qimmatli manbalardan hisoblanadi. Abulg‘ozixon
“Shajarai turk”
asari bilan
«Xorazm tarixchilik maktabi»
ga asos solgan. Abulg‘ozi Bahodirxon tibbiyot ilmiga oid
“Manofiul inson”
(“Insonga foydali tadbirlar”) nomli asar ham yozgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |