O`rta Osiyo hududida zarb etilgan pul tangalarning xalqaro maydonda
ishlatilishi yuqorida aytilgan fikrimizni tasqiqlaydi. Chunonchi, IX-XII asrlarda
Samoniylar va Qoraxoniylar davlatlarida zarb etilgan tanga pullarning Yevropa,
Ckandinaviya, Islandiya, Boltiq bo`yi, Rossiya, Vengriya, Xitoy va boshqa
hududlarda ko`plab topilishi buni yaqqol tasdiqlaydi. Turli xom ashyo va
ishlab chiqarish, savdo munosabatlari turli hududlar, birinchi galda yaqin
qo`shni davlatlar bilan o`zaro xo`jalik munosabatlari mustahkamlanib borishiga
va savdo aloqa yo`llarini kengayishiga olib kelgan. Bu jaronda vatanimiz
hududida zarb rtilgan tangalar ham jahon svilisatsiyasining rivojlanishiga turtki
bo`lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |