Uchunchi davr feodallar dinori – X – XIII asr o`rtalarigacha davom etib,
bu davr rivojlangan feodalizm davri deb ataladi. Yevropada Italiya davlati
o`ziga xos rivojlanishni boshidan kechirayotgan edi. Undagi shaharlarning
rivojlanishi, savdo - sotiqning o`sishi pul muomalasini yanada rivojlanishini
taqazo etgan. Qirol Barbarossa Fridrix I (1152-1190) davrida oltin tanga
pullari 0,82, 0,84 gr. tashkil etgan
2
. Oltin tanga 660 probali bo`lib, xalqaro
maydonda xaridorgir bo`lgan. Italiyaning Florensiya shahri o`sha paytda eng
odamlar bilan gavjum shar sanalgan. Sharda 1,75gr. keyinchalik 1,80 gr.
tanga zarb qilish yo`lga qo`yilgan.Yuza qismida gulchambar va shahar gerbi,
orqa tomonida Iso Payg`ambar tasviri tushirilgan. Tangada gul tasviri bo`lgani
uchun (latincha: flos, fiore) florin nomini olgan.
Venetsiya shahri o`rta asrlar Italiyasining eng gullab yashnagan davriga
to`g`ri keladi. Shahar nihoyatda boy bo`lgan. Dunyo mamlakatlarining
kemalari savdo sotiq olib boorish uchun shu shaharga kemalarda kelishgan,
savdo boji to`lashgan. Benetsiyada qirol Enriko Dondalo (1192-1205) davrida
2,18 grammli kumush tanga zarb etilgan. 1285 yildan 3,56 grammli oltin
tanga zarb etilgan. Tanganing old tomonida DVCAT so`zi yozilgan.
Fransiyada qirol Luyudovik IX (1226-1270) davrida 4,22 grammli, 958
probali oltin tanga zarb etilgan. Tanga grosha nomini olgan. 1306 yilda qirol
Filip IV 42,5 grammli oltin dinor zarb etadi. Lekin yillar davomida tanga
nominali pasayib brogan. Masalan, 1365 yilda Karl V (1364-1380) davrida
bu dinorning og`rligi 2,55 grammni tashkil etgan.
To`rtinchi davr, grosha – florina – XIII asr o`rtasi, XVI asr boshlarigacha
davom etgan. Asosan 1137 yilda yuz yillik urush barcha Yevropa
davlatlarini iqtisodiy ravnaqiga rahna solgan. To`lov, soliq yig`ishda
1
Введение в специальные исторические дициплины. МГУ. 1990. стр – 116-117
2
Shu yerda: 119 -bet
- -
qiyinchiliklar bo`lgan. Oltin pullar kamayib ketgan. Bu esa oltin va kumush
konlarini qidirib topish va kovlab olishni taqazo etgan. Albatta primitiv asbob
- uskunalar, ishning og`irligi, xafliligi, ko`p odamlarning o`limiga olib kelgan.
XV asr Yevropa davlatlarida pul zarb qilishning rivojlangan davriga
kiradi. Asosan kumush tangalar talerlar zarb qilish va hududlar bo`yicha
chiqarish kengayadi. Ayniqsa qadimgi german hududlarida shahar davlatlarida
Lyunbergda (1434), Gamburgda (1435), Saksoniyada (1455), Bremenda (1463),
Polshada (1320) yillarda zarb qilish yo`lga qo`yilgan.
Agar biz XV asrdan to XVII asrgacha bo`lgan kumush va oltin
tangalarni nominalini qiyoslaydigan bo`lsak, quyidagi manzarani ko`ramiz:
1
Do'stlaringiz bilan baham: |