“O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi qonun hisoblanadi. Tashqi
siyosiy faoliyat olib borishdagi asosiy vositalardan biri xalqaro shartnomalar hisoblanadi.
Respublikaning bir yoki bir necha davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro huquqning boshqa
sub’ektlari bilan xalqaro munosabatlar sohasidagi huquq va majburiyatlariga doir teng huquqli
va ixtiyoriy kelishuvi xalqaro shartnoma, deb tan olinadi. O’zbekistonning xalqaro
shartnomalarini tuzish, bajarish, to’xtatish, to’xtatib turish va denonsatsiya qilish tartibi mazkur
qonun bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”gi (yangi tahriri) qonuni
tashqi siyosat olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu qonun tashqi iqtisodiy faoliyatni
11
Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли // Ўзбекистон: миллий истиқлол,
иқтисод, сиёсат, мафкура. — Т.: Ўзбекистон. 1993. 38-бет.
amalga oshirish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladi. Uning asosiy funktsiyasi - tashqi
iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, uning
iqtisodiy suvereniteti va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, milliy iqtisodiyot rivojini
rag’batlantirish, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi uchun
shartsharoitlar yaratishdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasining “Mudofaa to’g’risida”gi (yangi tahriri) qonuniga asosan,
mudofaa deganda mamlakatimiz suvereniteti, hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va
xavfsizligini himoya qilishni ta’minlashning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborot,
tashkiliy va boshqa tadbirlari majmui tushuniladi.
Ushbu qonunning 4-moddasiga asosan mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari
quyidagilardan iborat:
-
boshqa davlatga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, tajovuzning oldini olish va uni
daf etish, biroq O’zbekistonning tegishli shartnomalar bilan bog’langan davlatlarga yordam
ko’rsatish hollari bundan mustasno;
-
xalqaro huquq normalariga muvofiq ravishda kollektiv
xavfsizlik tizimlarida ishtirok etish;
-
harbiy-siyosiy bloklarda qatnashmaslik;
-
harbiy qurilishning zamonaviy urushlar va qurolli mojarolarning xususiyatiga
monand bo’lishi;
-
yadroviy va boshqa turdagi yalpi qirg’in qurollarini ishlab chiqarishni, qayta
ishlashni, olishni, saqlashni, tarqatishni va joylashtirishni rad etish;
-
Qurolli Kuchlarning, iqtisodiyotning, aholining, hududning tajovuzni daf etishga
doim shay turishi;
-
mudofaaning yetarli darajada bo’lishi;
-
harbiy xizmat sharafli ekanligini ta’minlash.
Bildirilgan fikrlar tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, O’zbekiston o’zining tashqi siyosiy faoliyatida
konstitutsiyaviy tamoyillarga va xalqaro huquq qoidalariga amal qilgan holda jahon
hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egallamokda.
Xullas, O’zbekiston Respublikasi o’z tashqi siyosatini mukammal ravishda normativ tartibga
solganligi, mamlakatning ushbu sohadagi salohiyatini kuchaytirmoqda. Birinchidan, tashqi
siyosat sohasidagi printsiplarga izchil rioya etish O’zbekistonning xalqaro munosabatlar tizimiga
kirib borishini ta’minlamoqda. Ikkinchidan, bu jahon iqtisodiy aloqalariga, kollektiv
xavfsizlikning global va mintaqaviy tizimlariga integratsiyalashuv bo’lib, o’z navbatida, ijtimoiy
taraqqiyotning asosiy ichki vazifalari bajarilishini hamda tashqi siyosatda milliy manfaatlar
amalga oshirilishini yengillashtiradi. Uchinchidan, bu ochiq tinchliksevar, jahondagi barcha
mamlakatlar bilan ijobiy hamkorlik qilishga tayyor mamlakat nufuzini ko’rsatuvchi belgidir.