Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol
Mirzo
www.ziyouz.com kutubxonasi
64
Men sizdan hol so‘rmadim,
Bir bor borib ko‘rmadim,
Diydor
qiyomatga qoldimi, ustoz?
Hurpaygan tol qo‘ynida
chumchuqlar chirqillaydi,
Tikanzorda yuzini yumdalab yig‘lar ayoz.
Bir hassa bo‘lolmagan yuragim zirqillaydi,
Diydor qiyomatga qoldimi, ustoz?
Bu dunyoning ishlari... g‘ijirlaydi tishlarim,
Cho‘ntagimda mushtlarim, kimdan olayin qasos?
Sarg‘aydimu pishmadim, mundog‘ yerga tushmadim...
Diydor qiyomatga qoldimi, ustoz?
Dunyosiga qo‘l siltab,
senga ketaman, mozor,
She’r aytaman, ajinga to‘lib ketadi qog‘oz.
Qalamim asocha bor, alamim ham oncha bor:
Diydor qiyomatga qoldimi, ustoz?
1992
Do'stlaringiz bilan baham: