Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol
Mirzo
www.ziyouz.com kutubxonasi
144
Ochiq ko‘ngil – ochiq sandiq – elniki,
Atirgulning sarin bo‘yi – elniki.
Yelga, elga,
selga ketdi meniki,
Sizning saqlab qolganingiz sir bo‘ldi.
Ko‘ngil so‘rab, ko‘ngil buzdi do‘stlarim,
Ko‘nglim so‘rab, ko‘ngil uzdi do‘stlarim,
Ko‘ngillarin engil uzdi do‘stlarim,
Barin mendan hafsalasi pir bo‘ldi.
Parilarki,
dil qonidan pardozi,
Joning
kuysa hamki,
kelmas parvosi,
Kulim ko‘kka
sochar har gal parvozi,
Ko‘zlariga boqsam, ko‘zim kir bo‘ldi.
Orziqaman
eslab tandir, savatni,
O‘zim tashlab keldim shunday jannatni.
Oldim shoir degan tavqi la’natni,
Endi menga ikki dunyo bir bo‘ldi
2002
Do'stlaringiz bilan baham: