3
KIRISH
Mavzuining dolzarbligi. Hozirgi kunda mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga
chet el investitsiyalarni jalb etish va uni samaradorligini oshirish katta ahamiyatga
ega.
Iqtisodiyotni
erkinlashtirish
islohotlarni
chuqurlashtirishning
ustuvor
yo’nalishlaridan biri sifatida mazkur tizimga chet el investitsiyalarini yanada
ko’proq jalb qilishga va ularning samaradorligini oshirishga jiddiy e’tibor
qaratilayotganiga barchamiz guvoh bo’layapmiz. Prezidentimiz I.A.Karimov
ta’kidlanganidek: «Jamiyatimizning jahon tsivilizatsiyasiga keng ko’lamda
integratsiyalashuvi, iqtisodiyotimizga investitsiyalar olib kirilishi uchun haqiqiy va
tashkiliy sharoitlar yaratdik».
Jadal va mutanosib iqtisodiy o’sish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga
oshirish,
iqtisodiyotni
diversifikatsiya
qilishda
faol
va
aniq
yo’naltirilgan investitsiya siyosati yuritish
2014 yilda iqtisodiyotimizga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10,9 foizga
o’sdi yoki AQSH dollari hisobida 14,6 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Jami kapital qo’yilmalarning 21,2 foizdan ortig’i yoki 3 mlrd. dollardan
ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qildi. Ularning to’rtdan uch
qismi to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalardir.
Jami investitsiyalarning 73 foizdan ortig’i ishlab chiqarish sohasiga va
qariyb 40 foizi mashina va uskunalar xarid qilishga sarflandi.
1
Ayniqsa, yetakchi tarmoqlarga chet el sarmoyasini jalb etmay turib
iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiyalash,
korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash, ohir oqibatda esa raqobatga
bardoshli mahsulot ishab chiqarish mumkin emas.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, hech qaysi mamlakat jahon
iqtisodiyotidan ajralgan holda, tashqi yordamlarsiz, boshqacha aytganda, xorijiy
sarmoya va ko`maklarsiziqtisodiy taraqqiyotga trishishi mumkin emas.
___________________
1
Karimov I.A. 2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalgam oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya
jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish-ustuvor vazifamizdir.
―Xalq so’zi‖ gazetasi, 2015-yil, 16-yanvar soni.
4
Rivojlangan mamlakatlarning taraqqiyot tarixi xorijiy investitsiyalarning
iqtisodiyotni qayta qurish, modernizatsiyalash va yuksaltirishdagi o’rni nihoyatda
katta ekanligini ko’rsatadi
Hozirgi paytda dunyoda iqtisodiyotni qayta qurish va jadal rivojlantirish
uchun xorijiy investitsiyalardan foydalanish keng tus oldi.
Iqtisodiyotni
moliyalashtirishda
xorijiy
investitsiyalarning
ahamiyati
shundaki, ular mamlakatga ko’p tomonlama samara beradi:
Birinchidan, iqtisodiyotga yo’naltirilayotgan investitsiyalarning umumiy
oqimi ortadi.
Ikkinchidan, eksport salohiyati, ishlab chiqarish yoki xizmat sohasi
rivojlanadi.
Uchinchidan, aholining ish bilan bandlik darajasi o’sadi.
To’rtinchidan. Mamlakat byudjetiga qo’shma korxonalardan soliqlar
tushumlari ko’payadi.
Beshinchidan,
mamlakatning
jahon
iqtisodiyotiga
integratsiyalashuvi
jadallashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: