Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti investitsiya loyihalarini boshqarish



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/293
Sana31.12.2021
Hajmi2,84 Mb.
#246166
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   293
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

 
 
2.4.  Loyiha  bo’yicha  investitsiyalash  maqsadi  va  strategik  yo’nalishlarini 
(resurslardan foydalanish) aniqlash 
 
Tashkilot  ishlab  chiqarish  strukturasining  shakllanishi  asosini  mahsulot 
tayyorlashdagi ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. 
Bu  jarayonning  asosiy  foizlari  –  tayyorlov,  ishlov  berish,  yig’ish  orqali  
boshlang’ich resurslarini mahsulot yoki xizmatlarga aylantiradi. 
Mahsulot  tayyorlash  jarayonining  asosiy  operatsiyalarining  oqlovchanligidan 
asosiy ishlab chiqarish yuzaga keladi. 


50 
 
Barcha  energetik  resurlarini  ishlash  barcha  operatsiyalar  texnologik  detallarni 
tayyorlash va ta’mirlash, jihozlar va boshqalar yordamchi ishlab chiqarishga kiradi. 
Mahsulotlarni  omborlashtirish,  taqsimlash,  buyurtmachiga  yetkazish  bo’yicha 
operatsiyalar turli xizmat ko’rsatuvchi yuklatiladi. 
Mahsulot  tayyorlash  ishlab  chiqarish  jarayonini  amalga  oshiruvchi  sexlar  va 
xizmatlar  tarkibi,  shakli  va  o’zaro  aloqalari  ishlab  chiqarish  strukturasini 
shakllantiradi. 
Ishlab chiqarish strukturasining shakllanishida ratsional strukturalarni qurishda 
talablarni aniqlovchi bir qator omillarni hisobga olish zarur. 
Tashqi muhit omillari – iqtisodiy, huquqiy, texnik, ijtimoiy-madaniy, ekologik. 
Ichki  muhit  omillari  –  korxona  maqsadi  va  rivojlanish  strategiyasi,  resurlar 
cheklanganligi,  mahsulot,  texnologiya,  xodimlar  soni  ishlab  chiqarish  quvvati  va 
boshqalar. 
Lekin,  o’rta  tuzilmaviy  qarorlarni  tanlash  avvalambor  quyidagi  omillarga 
bog’liq: 
1. Bo’linmalarning kooperatsiyalashuvi va maxsuslashishi shakli. 
2. Ishlab chiqarish mo’ljali, quvvati va ko’lami. 
3. Texnika va texnologiya rivoji. 
4. Tashkiliy muhit. 
5. Ishlab chiqarish joylashgan o’rni. 
Ishlab  chiqarish  bo’linmalarining  maxsuslashish  shakllari.  Mahsuslashish 
shakllari asosiy ikki turga bo’linadi – texnologik va buyumli. 
Bo’linmalarning  texnologik  maxsuslashishi  turli  buyumlar  bilan  bir  turdagi 
operatsiyalar  bajarish  bo’yicha  bir  turdagi  ishchi  o’rinlarning  guruhiy  joylashishi 
bilan xarakterlanadi. 
Texnologik maxsuslashishdan foydalanuvchi strukturaviy bo’linmalarga misol 
sifatida  –  temirchilik,  quyma,  mexanik,  qoplash  sexi,  shuningdek,  turli  bo’linmalar 
bo’yicha notejamkor taqsimlangan kapital talab va yuqori samaradorli jihozli alohida 
guruhlar kiradi. 


51 
 
Buyumni  maxsuslashish  mahsulotga  yakuniy  ishlov  berishni  ta’minlovchi  bir 
turdagi  yoki  turli  turdagi  operatsiyalarni  turlangan  strukturaviy  bo’linmalar  bilan 
harakterlanadi. 
Bunday  maxsuslashishning  turli  ko’rinishi  sifatida  buyumli  –  detalli  va 
buyumli-uzelli  mahsulotni  tayyorlashning  to’liq  bo’lmagan  siklli  mahsuslashtirilgan 
sexlar qo’llashadi. 
Buyumli  maxsuslashishni  qo’llaydigan  strukturaviy  bo’linmalar  ishlab 
chiqariladigan  mahsulotlar  tasnifi  belgilari  bo’yicha  farqlanadi.  Masalan, bir  turdagi 
konstruktsiyadagi  buyumlar  bo’yicha  –  standart  buyumlar  bo’linmasi  (gayka,  bolt, 
shesterna);  mahsulotlar  o’lchamli  va  texnik  jihozlarni  qo’llash  bo’yicha  –  yirik 
detallarni shtamplovchi va mayda detallarni shtamplovchi bo’linmalar. 
Mahsulot  ishlab  chiqarishda  mahsuslashish  va  kooperatsiyalashish  struktaviy 
bo’linmalarning qisqarishiga  va  ularning aloqalarini ko’payishiga  olib keladi. Ishlab 
chiqarish  ishlab  chiqarish  jarayonining  biror  fazasida  maxsuslashish  mumkin, 
masalan  mahsulotni  yig’ish  yoki  mexanik  ishlov  berish.  Lekin,,  ishlab  chiqarish 
mahsulot ishlab chiqarishning barcha fazalarida - xaridordan buyurtmachiga yetkazib 
berishgacha maxsuslashishi mumkin. 
Hozirgi  vaqtda  ko’pgina  korxonalar  intilayotgan  keng  maxsuslashish 
harajatlarini  minimallashtirish,  mahsulotni  ishlab  chiqarish  sikli  vaqtini  qisqartirish, 
uning sifatini va raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. 
Biroq  korxonani  jahon  darajasida  rivojlantirish  istiqboli  –  bu  tor 
maxsuslashgan zavodlardir. 
Buyumli  maxsuslashishning  murakkablashishi  o’z  navbatida  ilm  talab  va 
kapital  talab  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  bo’yicha  ishlab  chiqarish  jarayonlari 
sonining oshishiga olib keladi. 
Bunday 
korxonalarning 
ishlab 
chiqarish 
strukturasi 
texnologiyaning 
rivojlanishiga  mo’ljallangan  bo’lib,  ishlab  chiqarish  bo’linmasini  texnologik 
jarayonga qat’iy bog’liqlikda shakllanishi talab etadi. 
Ish bilan bir vaqtda bir necha oddiy bir turdagi mahsulot turlarini tayyorlovchi 
mahsulotga mo’ljal olgan ishlab chiqarish strukturali ko’pgina korxonalar ham bor. 


52 
 
Mahsulotning  murakkabligi  va  ishlab  chiqarishning  murakkabligi  ishlab 
chiqarish  korxonalari  mo’ljalini  shakllantiradi  va  strukturaviy  qarorlarni  qabul 
qilishga bevosita ta’sir o’tkazadi. 
Ilmiy  texnik  taraqqiyoti  natijasida  texnika  va  texnologiyaning  rivojlanishi 
quyidagi o’zgarishlarga olib keladi: 
  Ishlab chiqarish va ularning struktaralari tashkiliy shakli; 
  Ishlab chiqarish fazalari (bosqichlari) o’rtasidagi proporsiya; 
  Mahsulotlarni almashtirish darajasi va uning modifikatsiyasi. 
Texnika  va  texnologiyaning  rivojlanishi  egiluvchan  tizimni  (guruhiy 
texnologiya)  o’zlashtirishga  ham  yordam  beradiki,  bu  o’z  navbatida  mahsulot 
yaratishning barcha hayotiy sikllari fazalari (davri)ni avtomatlashtirishni birlashtirish 
asosida ishlab chiqarish strukturasini rivojlantiradi. 
Tashkiliy  muhit  va  elementlar,  uning  shakllantiruvchilari,  masalan  ishlab 
chiqarish  tashkiliy  (boshqaruv)  madaniyati  ichkaridan  ishlab  chiqarish  strukturasini 
rivojlantirishning  potensial  imkoniyatlarini  harakterlaydi  va  yangi  strukturaviy 
bo’linmalarni shakllantirish uchun tayyorlovni yaratadi. 
Ishlab  chiqarish  o’rni  va  strukturaviy  bo’linmasi  u  yoki  bu  mamlakatda 
tayyorlanayotgan  mahsulot  mijozlari  talabi  bilan  aniqlanadi.  Ishlab  chiqarish 
bazalarining  globallashuvi  yangi  ishlab  chiqarish  mamlakatlarda  joylashtirishda 
minimum  harajatlarni  ta’minlash  imkoniyatlari,  birinchi  navbatda  arzon  resurslar 
hisobiga va iste’mol bozorlarining yaqinligiga e’tibor qaratiladi. 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish