Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti investitsiya loyihalarini boshqarish



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/293
Sana31.12.2021
Hajmi2,84 Mb.
#246166
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   293
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

 
 
12.2.  Daromadlar  hisobiga  investitsiyalar  qoplanishi  monitoringini  olib 
borish. Loyiha samaradorligini baholash 
 
O’zbekistonda  kapital  qurilishdagi  shartnomaviy  narxlar  yagona  uslubiyati 
barcha mulk shakllari uchun qabul qilinib keladi. Shartnomaviy narxlar – bozordagi 
mavjud sharoitlarni hisobga olgan, material qiymatning kon’yunkturasi, ishlatiladigan 
mashina  va  mexanizmlar  qiymati  hamda  pudrat  tashkilotlarini  foydasini  anglatadi. 
Buyurtmachi  va  pudratchi  tashkilotlarning  kelishuviga  asosan  qurilishda  quyidagi 
ikki narx turi qo’llanilishi mumkin: 
-  qat’iy  va  yakuniy  shartnomaviy  narx.  Bunda  qurilishning  butun  muddatiga 
qabul qilingan  shartnomaviy  baho  o’zgarmaydi. Bunday  baholar  asosan  muddati bir 
yildan oshmaydigan qurilish ob’ektlari uchun tavsiya etiladi. Ushbu narxlar tarkibida 
prognoz  o’zgartirishlar  kiritishni  inobatga  oluvchi  pudratchi  tashkilotlarning  riski 
ham hisobga olinadi; 
-  ochiq  shartnomaviy  narxlar.  Bunday  narxlar  qurilish  shartnomasi  shartlari 
asosida  qurilish  materiallari,  ish  xaqi  to’lovlari  shartlari  va  boshqa  xarajatlarning 
vujudga kelishi hisobiga aniqlashtiriladigan narxlarga aytiladi.  
Qurilish  mahsulotlarida  shartnomaviy  baholarning  qo’llash  butun  qurilish 
ob’ektiga  alohida  ob’ektlarning  shartnomaviy  bahosi  asosida  qo’llash  maqsadga 
muvofiqdir.  Ayrim  xollarda  maxsus  kapital  qurilish  ob’ektlarida  shartnomaviy 
narxlar ish hajmiga mos xolda lokal smeta asosida ham shakllanishi mumkin.  
Shartnomaviy  narxlar  qurilish  buyurtmachisi  va  pudratchisining  o’zaro 
kelishuvchi asosida belgilanadi.   


222 
 
Amaliyotda, ba’zi hollarda qurilishda narxlarni aniqlashda tarmoqdagi ishchilar 
o’rtacha oylik ish xaqi fondidan kelib chiqib aniqlanadi.  
Loyiha  tugallanishining  ikkinchi  bosqichi  bo’lib  kontraktni  tugallanishi 
hisoblanadi. Kontrakt tugallanishining asosiy bosqichlari bo’lib: 
- moliyaviy hisobot berilishini tekshirish; 
- pasport joriy qilish; 
- bajarilmagan majburiyatlarni aniqlash; 
- bajarilmagan ishlarni tugallanishi; 
- kafolatli xizmat va oxirgi hisoblash; 
Moliyaviy  hisobot  berilishini  tekshirish  buyurtmachi  va  pudratchining 
hisobotiga tegishli. 
Buyurtmachining  moliyaviy  hisobotini  tekshirish  quyidagilarni  o’z  ichiga 
oladi: 
- tugallangan ishlarning hajmini to’liq fakturaga yozilishini tekshirishni; 
- mavjud hujjatlarni o’zgartirilishi bo’yicha tekshirish; 
- buyurtmachi orqali ushlab qolinishlar summasi nazorati. 
Pudratchining moliyaviy hisobotini tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
- yetkazib beruvchi va subpudratchilarni soliq to’lovlarini tekshirish; 
- yetkazib beruvchining soliq to’lovlarini muddatini uzaytirilishini izlash; 
- ushlab qolinishga muvofiq tasdiqlash. 
Bunday  tekshirishlar  loyiha  bo’yicha  oxirgi  moliyaviy  hisobotlarni  olish 
imqoniyatini beradi. 
Pasport  joriy  qilish  kontraktni  tugallanishini  asosiy  elementlarni  biri  bo’lib 
hisoblanadi. Uni joriy qilishda bir nechta hujjatlarni joriy qilish kerak. Masalan, xom 
ashyo va materiallarini texnik sharoitini ifodalovchi hujjatlar. 
Bajarilmagan  majburiyatlar  kontrakt  tugallanish  jarayonida  to’liq  bajarilishi 
shart. Ish olib boruvchi hamma savollarga muzokara orqali javob topishi kerak. 
Tekshirish jarayonida quyidagilar o’rnatiladi: 
- ortiqcha kuchayishni va yopilishni talab qilmaydi ishlar hajmini; 
- kelishilgan ishlarni tugallanishini talab qiluvchi ish xajmlarini. 


223 
 
Xuddi shu vaqtni o’zida loyiha ish boshqaruvchisi buyurtmachidan ishga qabul 
qilinishigacha  bo’lgan  kamchiliklarni  va  uzilishlarni  ro’yxatini  so’raydi.  Bu  ro’yxat 
shartnoma majburiyatlari asosida amalga oshiriladi. 
Bajarilmagan  majburiyatlarni  tugallash  bosqichida  brak  va  tartibsizliklarni 
tuzatilishi  ustidan  kuchlanish  amalga  oshiriladi.  Bu  kuchayishlar  juda  qimmat  va 
uzoq  muddatli  bo’lishi  mumkin.  Bunday  vaziyatlarda  loyiha  rahbari  buyurtmachi 
bilan muammolarni ayrim talablarga ko’ra unga yon bosish yoki jarima to’lash yo’li 
bilan hal etadi. 
Shartnomada jarima ayrim majburiyatlarni bajarmaganda qo’llaniladi. 
Agarda ish o’z vaqtida bajarilmasa, u holda shartnomaga o’zgartirish kiritilish 
xaqida  savol  qo’yiladi.  Shartnoma  shartlarini  o’zgartirilishi  xaqidagi  muzokaralar 
shartnoma  tugallanishidan  oldin  olib  borilishi  kerak.  Barcha  o’zgartirishlar 
shartnomada 
buyurtmachi 
tomonidan 
amalga 
oshiriladi. 

tomonidan 
tasdiqlanmagunicha  hech  bir  ish  bajarilmaydi.  Shartnoma  bo’yicha  barcha 
qilinadigan  ishlar  haqida  ma’lumotni  loyiha  rahbari  ob’ektni  qabul  qiluvchi 
a’zolariga topshiradi. 
Shartnoma  tugallanishi  hisoblashdagi  yangilanish  bilan  birgalikda  kuzatilish 
kerak, ya’ni oxirgi to’lovlarni to’lash. 
Qurilishni  boshlashdan  oldin  pudratchi  kafolatlangan  rezervni  ko’rsatishi 
mumkin,  ya’ni  sifatliligini  tasdiqlash  maqsadida.  Agarda  ob’ektni  ekspluatatsiyaga 
topshirilish jarayonida nuqson aniqlansa, u holda kafolatlangan rezervdan qilinadigan 
ishlarga to’lov amalga oshiriladi. Bu rezerv pudratchiga kamchilik topilmagandagina 
qaytarib beriladi. 
Ma’lumotlarga qaraganda qurilish ishlarini bajarilishini sifatsizligi rahbarning 
xatolari,  sifat  darajasiga  (35-45%  vaziyat),  reja  bu  loyihada  xatolarning  natijasida, 
sifatsiz materiallar va konstruksiyalar hisobiga yo’l qo’yiladi. 
Bulardan  tashqari,  ekspluatatsiya  jarayonida  shartnomada  kafolatlangan  dalil 
bo’yicha  defekt  yoki  oxiriga  yetmagan  ishlar  aniqlansa,  buyurtmachi  pudratchidan 
qirqish,  ya’ni  maoshidan  ushlab  qolish  yoki  pudratchi  o’zining  kamchiligini 
to’g’irlashi shart. 


224 
 
Loyiha tugallangandan so’ng, unga ketgan pul mablag’larini ortiqchaligini yoki 
iqtisod  qilinganligi  xaqida  yakuniy  hisobot  tuziladi.  Agarda  qurilish  jarayonida 
pudratchi ma’lum bir miqdorda iqtisod qilsa, u holda u taqdirlanadi. 
Loyiha  tugallanishida  asosiy  qism  bo’lib,  idora  xodimlarining  loyiha  rahbari 
bahosi hisoblanadi. 
Kafolatli  xizmat  ko’rsatish  loyiha  bo’yicha  guruhiy  holda  emas,  balki 
funksional  guruhlar,  javobgar  va  kafolatli  xizmat  ko’rsatilgandan  keyin  shartnoma 
tugallanganda amalga oshiriladi. 
Bu guruhga quyidagilar kiradi: 
- texnik ma’lumot; 
- jihoz; 
- asbob-uskunalar; 
- ekspluatatsiya bo’yicha rahbariyat; 
- chizmalar; 
- firma ta’minotchilarining har xil materiallari. 
Kafolatli  xizmat  ko’rsatish  sharoiti  shartnomada  kelishiladi.  Qurilgan  ob’ekt 
o’rnatilgan shakllar asosida o’zlashtiriladi. 
 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish