Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti investitsiya loyihalarini boshqarish


-BOB. LOYIHA KOMANDASINI BOSHQARISH



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/293
Sana31.12.2021
Hajmi2,84 Mb.
#246166
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   293
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

11-BOB. LOYIHA KOMANDASINI BOSHQARISH 
 
11.1. Komandani shakllantirish va rivojlantirish 
 
Inson-loyihaning  asosiy  omilidir.  Har  bir  moddiy  va  moliyaviy  taminlangan 
istalgan loyiha. Uni amalga oshiruvchi insonlarsiz mo’rt hisoblanadi. 
Loyiha-menejeri,  ish  faoliyatining  turiga  qarab,  maxsus  sohalardan  keng 
ko’lamdagi  bilimga  ega  bo’lishi  kerak.  Effektiv  loyiha  boshqaruvchisi,  loyihaning 
hamma  hayotiy  davrlarini  mufassal  tushunishi  lozim.  Lekin,, uning  ish  faoliyatidagi 
muhimroq va ko’p qirrali sohalardan – bu ko’pchilik bilan natija beruvchi hamkorlik 
qilishdir:  guruh  azolari,  firma  ishchilari,  loyiha  ishtirokchilari,  to’g’ri  va  bevosita 
tasir etadigan atrof- muhitdir. 
Bu  faoliyat  sohasining  ustunligini,  ko’pchilik  mutaxassis  -  menejerlar  orasida 
o’tkazilgan so’roq natijalari tasdiqlaydi 
So’roqdan o’tganlarning 82 foizi  loyiha  muvaffaqiyatli  amalga oshishida tasir 
etuvchi omillardan – insonlararo munosabatni birinchi o’ringa qo’yishdir.  
Loyiha-menejmentining  insoniy  jihatlari  loyihaning  hamma  davrlarida  o’z 
aksini 
topadi, 
chunki 
muzokaralar, 
majlislar, 
qaror 
qabul 
qilinganda, 
kelishmovchiliklar  hal  qilinayotganda  va  aloqaning  boshqa  turlari  loyihani  amalga 
oshirishda asosiy omildir. 
Loyiha  -  menejeri  insonlarni  ajrata  bilishi,  ulardan  qanday  vaziyatda  nima 
kutish  mumkinligini  avvaldan  taxmin  qila  olishi  kerak.  Bu  ma’lumotlar  unga  guruh 
azolari,  firma  ishchilari,  buyurtmachilar  va  boshqa  loyiha  ishtirokchilari  bilan  til 
topishida yordam beradi. 
Inson 
psixologiyasini 
tushunish, 
unga 
muzokaralarda, 
majlislarda, 
kelishmovchiliklarda to’g’ri o’rin egallashda ko’maklashadi. 
Ijtimoiy  hayotning  turli  xil  sohalarida  muvaffaqiyatga  erishgan,  ko’pchilik 
odamlar, 
jamiyatda 
o’z 
hulq-atvorlarini 
va 
munosabatlarini 
to’g’ri 
«programmalashtirishni»bilganlar,  shuningdek,  aloqada  bo’lish  va  odamlarga  tasir 
qilishni  psixologik  jihatlari  haqida  ma’lumotga  ega  bo’lganlar  va  bu  bilimlardan 


204 
 
amaliyotda  muvaffaqiyatli  foydalanganlar.
 
2  ta  sabab  mavjudligi:  yo’naltirilmagan 
aloqa  vaziyatida  ishlash  va  vaqtning  yetishmovchiligi–doimiy  stress  sharoitida 
ishlaydigan loyiha–menejerlarni tayyorlashda psixologiyani kiritishga yetarlicha asos 
yaratdi. 
Bugungi kunga kelib, psixologik dadillikka va mustahkamlikka erishish uchun,
 
atrofdagilarga  tasir  etish  usullari  va  o’z  taqdirlarini  shakllantirish  uchun  yordam 
beruvchi turli xil metodika va retseptlar mavjud. 
Loyiha-menejerlarini  psixologik  tayyorlashda,  bir  vaqtda  o’qitish  maqsadi 
hamda  psixologik  bilimga  ega  bo’lish  vositasini  o’taydigan  testlardan  foydalanish 
zarur. 
O’zini  bilib  olish  hamma  uchun  foydali,  ayniqsa,  ishning  muvaffaqiyatliligi, 
ularning to’g’ri yoki noto’g’ri xarakatlariga bog’liq bo’lgan boshqaruvchilarga, o’zini 
bilib,  hulq-atvorni  ham  to’g’irlash  mumkin:  kamchiliklarni,  agar  ularni  umuman 
yo’qotish  mumkin  bo’lmasa,  kamaytirish,  yaxshi  fazilatlarni  esa  rivojlantirish 
kerakdir. O’zining kuchli va kuchsiz taraflarini yaqqol tasavvur qilgan holda, turli xil 
qiyin,  murakkab  vaziyatlarda  avvaldan  to’g’ri  yo’l  va  fel-atvor  shaklini  tanlash 
mumkin. 
Turli  xil  odamlarning  muloqot  qilishi  va  ularning  turli  xil  vaziyatdagi 
xarakatlarining  ahloqiy  asosini  shaxslarining  psixologik  tavsiflari  tashkil  qiladi. 
Shuning  uchun,  asosiy  bo’limdagi  bu  mavzu  insonning  psixologik  xislatlari  va 
tavsiflarini  o’rganish  va  aniqlashga  bag’ishlanadi.  Buni  aniqlash  uchun  esa  amaliy 
psixologiyada ko’pgina turli xil testlar mavjud. 
Loyiha–menejeri  va  uning  komandasi  bir  yoqadan  bosh  chiqargan  holda  ish 
yuritishlari lozim-bu loyiha muvaffaqiyatligining belgidir. 
Yangi  loyiha  uchun  professional  komanda  tuzish-bu  loyiha–menejerning 
ishidagi birinchi bosqichida bajariladigan asosiy vazifalaridandir. 
Bu jarayon turli xil bo’lim va tashkilotlardan ishbilarmonlarni aniqlash, tanlash 
va  bir  guruhga  birlashtirish  jarayonida  boshqaruvining  turli  yo’nalishlarini  bilishni 
talab qiladi. 


205 
 
Qo’sh  bo’ysunish  mavjud  bo’lgan  matritsa  tuzilmalarida  tanlov,  funksional 
bo’lim boshliqlari bilan kelishilgan holda, loyiha-menejer orqali suhbat bilan amalga 
oshirilishi  kerak.  Tanlov  jarayonida  loyihaning  maqsadi  va  vazifalari,  kutilayotgan 
natijalar,  imkoniyatlar  sarflanishi,  komanda  azolarining  masuliyatlari,  hisobot, 
mukofotlanish va firma uchun loyihaning muhimligi haqida suhbat boradi. 
Agar  nomzod  yetarli  darajada  lavozimga  qo’yilgan  professional  shartlarga 
javob  bersa,  loyiha  muvaffaqiyatligida  manfaatdorligi  yaqqol  ko’rinib  tursa,  u 
komandaga qabul qilinishi mumkin. 
Loyiha-menejeri  turli  xil  usullar  bilan  mutaxassislar  guruhini  komandaga 
aylantirish jarayoniga o’z hissasini qo’shish lozim. 
Avvalambor,  loyihada  ishtirokchilar  tez  orada  o’zlashib  borishi  uchun  qulay 
psixologik iqlim yaratib berishlari kerak. Loyiha-menejeri quyida ifodalangan asosiy 
tashkiliy muammolarni hal qilinishi lozim. 
- professional–rag’batlantiruvchi muhit yaratish; 
- savodli rahbarlikni amalga oshirish; 
- malakali texnik ishchilar bilan taminlash; 
- doimiy qulay atrof-muhit va rahbar yordami bilan taminlash. 
Loyiha rahbari shunday  muhit yaratishi kerakki, unda yangi loyiha bajaruvchi 
komanda  ishtirokchilari  professional  jihatidan  qondirilishi,  umumiy  ishga 
biriktirilishi, javobgarlik meyorini va o’z vazifalarini aniq bilishi zarur.  
Guruh  tuyg’usi  qanchalik  chuqur  bo’lsa,  shunchalik  ma’lumotlar,  fikrlar  va 
qarorlar  almashinuv  sifati  yuqoriroq  bo’ladi,  loyiha  muvaffaqiyatliligidagi 
manfaatdorlik ancha baland bo’ladi. 
2.  Komanda  –  bu  vaqtinchalik  guruhligiga  va  firma  ichida  tashkil  qilinishiga 
qaramay,  o’z  tuzilishiga  ega.  Komandaning  tashkiliy  qismi,  loyihaning  maqsadi, 
vazifasi va boshqa ko’rsatkichlariga bog’liq. 
Loyiha-menejment  amaliyotida  loyiha  bajaruvchilar  komandasining  asosiy  2 
xil qismidan foydalanadi. 
Komanda tuzilmasining matritsa shakli. 


206 
 
Matritsa  shaklining  mohiyati  shundaki,  loyiha  bajaruvchilar  komandasiga, 
vaqtinchalik  shartnoma  asosida,  firmaning  funksional  bo’limlardan  mutaxassislarni 
tanlab  olishdir.  Matritsaviy  shakl,  loyiha  boshqaruvining  insoniy  jihatlari  nuqtai 
nazaridan imtiyoz va kamchiliklari mavjud. 
 Imtiyozlar: 
- komandani tashkil qilish va rivojlantirishda ixchamlik; 
- firmaning funksional bo’limlarining vakolatlari; 
- komanda azolarida ertangi kunga ishonch tuyg’usi borligi. 
Loyiha-menejeri,  berilgan  davr  mobaynida  ish  miqdorini  (hajm,  sig’im) 
bajarish  uchun  funksional  bo’limlardan  yetarli  darajada  mutaxassislar  tanlash 
imkoniyatiga ega. 
Miqdorning  ko’payishi  yoki  kamayishida,  yoki  ishning  yangi  turlari  yuzaga 
kelganda,  u  firma  bo’limlari  hisobiga  komanda  tarkibini  sifat  va  miqdor  jihatidan 
o’zgartirishi mumkin. Bu komanda rivojining tabiiy jarayoni. 
Loyiha  bajaruvchilar  komanda  ichida  o’z  funksional  bo’limlar  yaratilmaydi, 
shuning  uchun  alohida  mutaxassislarning  vazifalari  va  vakolatlari  aynan  loyihaga 
bevosita  aloqador  bo’lganlar,  firma  funksional  bo’limlari  vakolatlari  bilan 
kesishmaydi. 
Loyiha  tugagach,  komanda  ishtirokchilari  o’z  funksional  bo’limlariga  qaytib, 
firmada  ishlashni  davom  ettirishadi.  Loyiha  bo’yicha  ishlar  yakunlanishi,  ularda 
xavotirlanish,  ishonchsizlik  tuyg’usi,  ish  qidirish  zaruratlari  bilan  bog’liq  emas.  Bu 
matritsa tuzilmasining muhim ijobiy omillaridandir. 
 Kamchiliklar: 
- yakkahokimlik asosi yo’qligi; 
- kollektivning vaqtinchaligi; 
- firma «chegaralarida» imkoniyatlarini taqsimlash muammosi; 
- firma ichida o’zaro munosabatning qiyinchiligi. 
Komandaning  matritsa  tuzilmasining  asosiy  kamchiligi  bu  yakka  hokimlik 
asosining buzilishi. Vertikal va gorizontal aloqalarning kesishishi, komandani tashkil 
qilish va boshqarishda qiyinchiliklar yaratadi. 


207 
 
Doimiy dilemma: nima muhimroq funksional bo’limga sodiqligini yoki loyiha 
bajaruvchilar komandasiga mansubligi.  
Yakkaxonlik  yo’qligi,  shu  bilan  birga,  loyiha-menejer  uchun  muhim 
muammolar  tug’diradi.  Boshqa  boshqaruvchiga,  qisman  bo’yicha  ham,  bo’ysungan 
odamlarga rahbarlik qilish qiyin, albatta.  
Loyiha  vaqtinchaligi  tuyg’usi  rahbar,  hamda  butun  guruhini  qiynaydi. 
Komanda  ishtirokchilari  bir-birilarini  tushunishlari,  til  bildirishlari,  do’stona 
munosabatlar  o’rnatishlari  vaqt  zarur.  Kichik  loyihalarda,  ko’pincha,  bu  jarayon 
tugallanmay  qolishi  mumkin.  Ajratilish  juda  tez  sodir  bo’ladi,  o’zaro  munosabatlar 
uziladi.  
Ishtirokchilar  mavqeining  vaqtinchaliligi,  ikki  taraflamaligi  firma  ichida  ham 
kelishmovchiliklarini  yuzaga  keltiradi.  Kelishmovchiliklar,  mutaxassislarni  ajratib 
olish va firma ichida imkoniyatlarning taqsimlanishi kabi muhim masalalar bo’yicha 
yuzaga  keladi.  Loyiha-menejerning  firma  boshlig’i  bilan,  funksional  bo’lim 
rahbarlari bilan o’rnatgan munosabatlari ham ko’pchilik narsaga ta’sir qiladi.  
Komanda tuzimining loyihaviy shakli. 
Katta  hajmdagi  loyihani  boshqarish  uchun,  ko’pchilik  firmalar  maxsus 
loyihaviy  shakldan  foydalanadigan  bo’lishdi.  Yangi  shaklning  funksional  bo’limlari 
esa loyiha bajaruvchilar komandasini tashkil qiladi.  
Bu tashkiliy shakl ham, afzallik va kamchiliklarga ega. 
Imtiyozlar: 
- yakkaxonlik asosi; 
- firma ichida mavqening tayinligi; 
-  imkoniyatlar  to’planib  loyiha  natijasida,  butun  komandaning  diqqat-e’tibori 
to’planishi. 
Komanda  uzoq  muddatga  tuzilayotgani  sababli,  u  to’liq  loyiha  va  uning 
rahbariga 
yo’naltirilgan. 
Loyihaviy 
shaklning 
muhim 
afzalligi 
shundaki, 
ishtirokchilarning diqqat-e’tiborini faqat loyihaning asosiy maqsadiga yo’naltiriladi. 
Komandaning  doimiy  guruhi,  uzoq  muddatga  yig’ilgan  holda,  o’zlarining 
tarkib  topishlarning  vaqtinchaligini  anglab  yetishmaydi  va  firmada  ma’lum  bir 


208 
 
mavqeni  egallashadi.  Qoidaga  muvofiq,  yirik  miqyosdagi  loyihalar, kichik  loyihalar 
bo’lsa  ham,  firmada  martabali  hisoblanadi,  bu  esa  mutahassislar  tanlab  olishda  va 
imkoniyatlarni  taqsimlashda  juda  muhim.  Shu  bois,  loyiha-menejer  bu  kabi  muhim 
masalalardagi qiyinchiliklarga duch kelishi vaziyatlari kamayadi. 
Kamchiliklar: 
- firma ichidagi funksiyalarning; 
- komandani qayta tuzish va rivojlantirishda ixchamlik yo’qligi; 
- loyiha tugagach, komanda a’zolaridagi ishsiz qolish xavfi. 
Loyiha  bajaruvchilar  komandasidagi  firma  funksional  bo’limlari  filiallari 
mavjudligi, funksiyalarning olib keladi. 
Bu, firmaning qo’shimcha harajatlari bilan bog’liq. Komandaning funksiya va 
vakolatlari, 
firmaning 
asosiy 
funksional 
bo’limlari 
bilan 
kelishuvi 
kelishmovchiliklarni  yuzaga  keltiradi.  Loyiha-menejer  komandaning  qaytadan 
tuzilishi yoki rivojlantirish jarayonida, ortiqcha mutaxassislarni ish bilan ta’minlash 
va  firmaning  asosiy  bo’limlaridan  yangilarini  ajratib  olish  kabi  kamchiliklarga  duch 
keladi.  
Yirik loyiha tugashi bilan, ko’pchilik ishtirokchilar avvalgi ish joylariga qaytib 
borish imkoniyatiga ega emaslar. Bu 2 xil usul bilan yuzaga keladi: 
Birinchidan,  xuddi  shu  loyiha-menejeriga  topshiriladigan  yirik  loyihalarga 
yangi buyurtma ko’tarilmoqda.  
Komanda  a’zolari,  loyiha  yakunlanishining  oxirgi  bosqichlarida  ishlab 
chiqarishni  ko’tarishga  harakat  qilishadi,  shu  bilan,  yangi  loyihada  bajaruvchilar 
komandasidagilar o’zlarining zarurliklarini ko’rsatadi.  
Ikkinchidan,  yangi  loyiha  kutilayapti.  Loyiha  yakunlanish  bosqichida  ishlab 
chiqarish  ancha  va  tez  pasayib  ketdi,  chunki  hamma  ishtirokchilar  yangi  ish  joyi 
topish tashvishidalar.  
Ikkinchi  holatda,  proyekt-menejer  vazifasi  komanda  ish  faoliyatini  jadallik 
bilan ko’tarish uchun yangi, undaydigan sabablar topish va loyiha tugagach, qo’lidan 
kelgancha, o’z hamkasblarini ish bilan ta’minlashidir. 


209 
 
Uchinchidan, loyiha bajaruvchilar komandasi, asosan, 5 ta bosqichni boshidan 
o’tqazadi. Ulardan asosiysi «shakllanish» hisoblanadi. 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish